Isbot qilishdan maqsad nima?
экспертнинг xулoсaси далил сифатида
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
экспертнинг xулoсaси далил сифатида
Ekspertning xulosasi bilan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning himoyachilari, jabrlanuvchi va boshqa manfaat¬dor shaslar ish boʻyicha tergov tamomlanganidan soʻng tanishishga haq¬li. Lekin surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tergov oxiriga etmas¬dan ekspert xulosasini manfaatdor shaxslarga tanishish va oʻz fikr-mulohazalarini bildirish uchun taqdim etishi mumkin. Bu ekspert xulosasiga batafsil va xolisona baho berishga xizmat qiladi. Faqat ekspertning xulosasi daliliy ahamiyatga ega boʻlib qol¬masdan, balki bunday xulosaga kelishga asos boʻlgan faktlar ham daliliy ahamiyatga ega boʻladi. Masalan, ikkita yozishmaning solish¬tirma tekshiruvi jarayonida dastxatlarning oʻxshashligining aniq¬lanishi dalil boʻladi, shuningdek ikki dastxat ham bir shaxs tomoni¬dan yozilganligi haqidagi xulosa ham dalil hisoblanadi. Ekspert xulosasidagi maʼlumotlar birlamchi dalil hisoblana¬di, chunki ekspert bu maʼlumotlarni ekspertizaga yuborilgan obʼekt¬larni bevosita tekshirishi natijasida oladi. Ekspert xulosasi bu shaxsiy dalil hisoblanadi, chunki u maxsus bilimga ega boʻlgan shaxs¬dan kelib chiqadi. Ekspert xulosasiga baho berish boshqa dalillarga baho berish kabi amalga oshiriladi, biroq u oʻziga xos ayrim xusu¬siyatga ham ega. Qonunda belgilangan tartiblarga rioya etilmagan holda tayinlanish va oʻtkazish natijasida olingan xulosa nomaqbul hisoblanadi, yaʼni: agarda ekspertiza jinoyat protsessining qonunda belgilanmagan bosqichida masalan, jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash vaqtida oʻtkazilgan boʻlsa; agarda u rad qilinishi lozim boʻlgan shaxs tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa; agarda ekspert bilaturib yolgʻon xulosa bergan boʻlsa; agarda ekspertiza tayinlash vaqtida gu¬mon qilinuvchi, ayblanuvchi va protsessning boshqa ishtirokchilari¬ning huquqlari buzilgan boʻlsa va b.h. Ashyoviy dalilni ekspertga yuborilganda uni ehtiyotkorlik bilan saqlashga oid maxsus qoidalar, jumladan, tik holda, quruq joyda, muayyan haroratda saqlanishi haqida ogohlantiruvchi yozuvlar ashyoviy dalil oʻramining ustida yaqqol joylashtirilishi lozim.Tez buziladigan mahsulotlar kimyoviy oʻzgarishining oldi olinmasa, ularni tekshirish, idensifikatsiyalash imkoniyatlari yoʻqolishini ham eʼtiborga olish kerak. Ashyoviy dalillar ekspert tekshiruvida toʻla sarflanmasligi, ulardan namuna olish uslubidan foydalanilishi lozim. Amaliyotda ayrim hollarda sud tergovida, koʻplab hollarda dastlabki tergovda ekspertiza xulosasiga alohida daliliy ahamiyat beriladi. Ekspert xulosasiga nisbatan tanqidiy yondashuvning yoʻqligi keng tarqalgan tergov va sud xatolaridan biri hisoblanadi. Мaълумки, бeзoрилик сoдир этилгaндa, иш учун oб-ҳaвoнинг ҳoлaти aҳaмиятгa эга эмас, aммo трaнспoрт ҳoдисaси сoдир этилгaндa, йўлнинг кўриниши, aвтoулoв тeзлигини кaмaйтириш имкoнияти вa шу кaбилaрни aниқлaшдa у ҳaл қилувчи aҳaмиятгa эга бўлиши мумкин. Изохланг Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling