Isbot qilishdan maqsad nima?


Download 0.92 Mb.
bet40/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

Jabrlanuvchi bergan koʻrsatuvlar isbotlashning asosiy manb¬laridan biri hisoblanib, alohida oʻrin tutadi. Ushbu koʻrsatuvlar¬ning baʼzi jihatlari gubohlik koʻsatuvlariga oʻxshash boʻlsada, ular¬dan subʼekti, protsessual tabiati, manfaati va olinadigan axborot¬ning mazmuni bilan farxlanib turadi. Chunki bu koʻrsatuvlar jis¬moniy, maʼnaviy yoki moddiy zarar etkazilgan va protsessual holati¬ga koʻra jinoyat hodisasining bevosita ishtirokchisi boʻlgan shaxs tomonidan beriladi. Jabrlanuvchining koʻrsatuvlari muhim protses¬sual hujjat hisoblanib, ular jabrlanuchi shaxsiyatining xususiyat¬lari bilan bogʻliq holda va daliliy ahamiyati nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Jabrlanuvchi koʻrsatuvlari bilan guvohning koʻrsatuvlari oʻrtasidagi asosiy farq shundan iboratki, guvoh ish¬ning pirovad natijasidan manfaatdor emas, jabrlanuvchi esa ish¬ning pirovad natijasidan shaxsiy manfaatga ega. Shu sababli uning koʻrsatuvlari faktlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manbai hisobla¬nadi.
Jinoyat sodir etgan shaxsda jinoyat sodir etishga tayyorgarlik koʻrishdan toki uni sodir etishgacha va undan keyingi barcha holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganligi sababli OʻzR JPKning 81-moddasining 2-qismida maʼlum bir jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan, sudlanayotgan shaxslar dalil man¬balari sifatida eʼtirof etilgan.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi nafaqat sodir etgan jinoyatini, balki jinoyatni sodir etishga koʻrgan tayyorgarligi, ji¬noyatning tashkilotchisi, dalolatchisi, jinoyat sodir etilishiga yor¬dam bergan yordamchilari va boshqalar toʻgʻrisida koʻplab maʼlumolarga ega boʻlgan shaxslardir.
Ayblanuvchining koʻrsatuvlari - bu ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsning, soʻroq qilish bayonnomasi yoki yuzlashtirish bayonnomasida toʻgʻri aks etganligini oʻz imzosi bi¬lan tasdiqlashga tayyor boʻlgan ishga aloqador ogʻzaki gapi hisoblana¬di.
Shuni ham aytish joizki, ayblanuvchining koʻrsatuvlari himoya tarafidan boʻlgan dalil ham hisoblanadi. Ammo, himoya tarafi ayb-lanuvchining aybsizligini isbot qilib berishga majbur emas. Shu¬ning sababli ham, ayblanuvchi koʻrsatuv berish yoki koʻrsatuv berish¬dan bosh tortish huquqiga ega boʻladi.
Bir soʻz bilan aytganda, ayblanuvchining koʻrsatuvlari uning jinoyat ishi boʻyicha sudda yoki sudgacha ish yuritish mobaynida soʻroq qilishda aytib bergan va qonunda belgilangan tartibda rasmiylash¬tirilgan xabarlaridir.
Maʼlumki, koʻrsatuv berish ayblanuvchi uchun majburiyat emas, balki bu uning huquqi hisoblanadi. U yolgʻon koʻrsatuv berganligi yoki koʻrsatuv berishdan bosh tortganligi uchun javobgarlikka tor¬tilmaydi, bu esa uning himoyaga boʻlgan huquqini taʼminlashda aso¬siy kafolatlardan biri boʻlib hisoblanadi.
OʻzR JPKning “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining koʻrsatuv-larini baholash” toʻgʻrisidagi 112-moddasiga binoan, gumon qili-nuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi koʻrsatuvlari va ayblanuv¬chining oʻz aybiga iqror boʻlishi, bu iqror boʻlish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qi¬lib olinishi mumkin. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan koʻrsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi oʻz aybiga iq¬ror boʻlgan taqdirda ham, oʻzining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bogʻlangan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim.
Tergovchi va dastlabki tergovni olib borayotgan prokuror hamda sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy onga amal qilib oʻzlarining ichki ishonchlari boʻyicha barcha dalillarga, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi koʻrsatuvlari¬ga baho beradilar. Har bir dalil, shu jumladan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi koʻrsatuvlari ham ishga aloqadorligi, maq¬bulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Ter¬govchi va dastlabki tergovni olib borayotgan prokuror hamda sud gu¬mon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi koʻrsatuvlariga baho berish natijasida sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik daraja¬sini, uning shaxsini, javobgarligini yengillashtiruvchi va ogʻirlash¬tiruvchi holatlarni inobatga olgan holda unga nisbatan tegishli eh¬tiyot choralaridan faqat bittasini qoʻllashlari mumkin.


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling