Isbot qilishdan maqsad nima?
Ishlarni sudda ko’rish bosqichida prokuror vakolatlari
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi instansiya sudida jinoyat ishlarini ko’rilishida prokuror ishtiroki.
Ishlarni sudda ko’rish bosqichida prokuror vakolatlari.
Jinoyat protsessual qonunchiligi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonun talablaridan kelib chiqib, sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokurorlar quyidagi vakolatlarga ega: • sud muhokamasiga tayyorgarlik qismida jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini ko‘rib chiqadi; • sudda jinoyat ishining ko'rilishida qatnashar ekan, davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etadi; 282 • sud muhokamasi mobaynida paydo bo'ladigan masalalar yuzasidan o‘z xulosasini beradi; • davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini qonuniy himoya qilish talab qilingan hollarda da’vo arizalari bilan sudga murojaat qiladi va ularni sudda quwatlaydi; • g‘ayriqonuniy va asossiz sud hukmlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan protest kiritadi; • protestlar va shikoyatlar asosida apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida xulosalar beradi; • sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini o‘z vaqtida va qonuniy ravishda ijro etilishini tekshiradi; • sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini o‘z vaqtida va qonuniy ravishda ijro etilishini nazorat qiladi. Zarur hollarda sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qonun bilan belgilangan tartibda nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqilishi uchun hamda yangi ochilgan holatlarda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini tiklash uchun kerakli choralarni ko‘radi'. Jinoyat ishlarining barcha instansiyalarda sudlar tomonidan ko'rilishi mobaynida yo‘1 qo‘yilgan xatolarni prokurorlar tomonidan turli uslublar bilan aniqlanishi mumkin: • prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlarni qonuniyligi va asoslanganligini qonun bilan belgilangan 10 kunlik apellatsiya muddatida ко‘rib, tekshirib chiqish; • prokurorlar tomonidan apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida ishtirok etish; • hukmlarning ijroga qaratilishi qonuniyligini va ijroga qaratish muddatiga qanday amal qilinayotganligini tekshirish hamda hukmlarni ijro etishda ishtirok etishning umumiy tartib va qoidalari bo‘yicha qonun talablarining bajarilayotganligini tekshirish; • jinoyat ishlari yuzasidan yoxud alohida bir toifa jinoyat ishlari yuzasidan ma’lum bir vaqt oralig‘i bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish. Birinchi instansiya sudida jinoyat ishlarini ko’rilishida prokuror ishtiroki. Ayblanuvchining aybdorligi haqidagi ichki ishonch bo‘lishi 1-instansiya sudida o‘zining funksional vazifasini bajarishga kirishadigan prokuror uchun juda ham zarurdir. Aniq protsessual 1 B.M. Савицкий. Логика судебном исследовании. М., 1958, стр. 214. 2 В. Ф.Армус. Учение логики о доказательстве и опровержении. М., «Госполитиздат», 1954, стр. 4. 297 holatlarda prokurorning ushbu aybdorlik masalasiga nisbatan ichki ishonchi o‘zgarishi mumkin. Sud muhokamasi mobaynida dalillarni tekshirish jarayonida ayblanuvchining aybdorligiga nisbatan prokurorning subyektiv munosabati boshqacha bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Sudlanuvchining aybdorligiga qat’iy ishonish o‘miga, ishonchsizlik, ikkilanish, hatto sudlanuvchini, umuman, aybsizligi haqida ishonch paydo bo£lishi mumkin. Bunday hollarda prokuror o‘zining dastlabki ayblovini o‘zgartirishi yoki to£liq ayblovdan voz kechishga haqli. Sudda ayblovni quwatlash uchun kelayotgan prokuror o£zining ayblov nuqtayi nazarini o‘zgarmas, qat’iy bo'lishi lozim degan tushunchadan, ya’ni bundan o'zgacha bo£lishi mumkin emas degan bir yoqlama fikrga ega bo‘lmasligi lozim. Sud muhokamasi mobaynida uning sudlanuvchini aybdorligiga nisbatan munosabati, dalillarni sudda tekshirib, o£rganib chiqish borasida o£zgarishi mumkinligi ehtimolini esdan chiqarmasligi kerak. Qolaversa, sudda yangi ochilgan holatlar bo‘lishi mumkinligini, yangi dalillar sudga protsess ishtirokchilari tomonidan taqdim qilinishi va voqea holatlariga bu o£z-o£zidan ta’sir qilishi hamda dalilga baho berish o£zgacharoq tus olishini nazardan chetda qoldirmasligi lozim. Shunday holatda prokuror o£zining dastlabki ayblov nuqtayi nazarini o£zgartirishi kerak. Umuman olganda, prokuror hamma vaqt shunday o£zgarish yuz berishiga tayyor bo£lishi va sud tergovi natijalari bo£yicha ayblovni o‘zgartirishi yoki ayblovdan voz kechishi mumkin. Ayblovdan voz kechish — aybsizlik prezumpsiyasi bilan bevosita bog‘liq. Prokurorning ayblovdan voz kechishi ushbu prinsipning hamda odil sudlovning tantanasi hisoblanadi. Sudlanuvchining aybi sud muhokamasida o£z tasdig‘ini topmasa, jazo tayinlash o£rniga, to£liq reabilitatsiya qilinishini qonuniy ta’minlash lozim. Ushbu masalalar ayblovdan qisman voz kechish holatlariga ham taalluqlidir. Sudda o£z tasdig£ini topmagan ayblovning bir qismi prokuror tomonidan ayblovdan chiqarib tashlanishi va shu qismi bo£yicha suddan reabilitatsiyani talab qilinishi kerak. Ayblovdan voz kechishga asos bo£ladigan ikki sabab bo'lishi mumkin: • birinchi sabab, sud tergovi shuni ko‘rsatadiki, prokuror ayblovni tuzayotganda, dalillarni baholashda chalkashlikka yo£l qo'ygan bo£ladi. Dalillarga noto£g£ri talqinda yondashadi; • ikkinchi sabab, sud tergovi mobaynida yangi holatning ochilishi, dastlabki tergovda o£rganilmagan yangi dalillarni sudga taqdim 298 qilinishi va ayblov bo‘yicha faktlarni to‘liq o‘rganilmaganligi hisoblanadi. Prokuror tomonidan ayblovdan voz kechish sudlanuvchining oqlash lozimligini, ya’ni oqlov hukmi chiqarish kerakligini bildiradi. Sud tomonidan oqlov hukmini chiqarishga uch holatda yo‘l qo‘yiladi: 1. Jinoyat hodisasi sodir bo‘lmaganligi aniqlansa. 2. Sudlanuvchini harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmasa. 3. Jinoyat sodir qilishda sudlanuvchini ishtiroki isbotlanmagan bo‘lsa. Ayblovdan voz kechish prokuromi asosiy funksiyasidan chetlashtirmaydi, obro‘yini tushirmaydi, aksincha, qonuniylikni ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirishda ko‘maklashish, aybsiz shaxslaming g‘ayriqonuniy javobgarlikka tortilishi oldini olish kabi vazifalarni bajarishda o‘z aksini topadi. Prokuror ayblovning mazmunini o‘zgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart ( 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 409-moddasi). Davlat ayblovchilari faoliyatida dastlabki tergov hujjatlariga tanqidiy baho bermaslik, isbotlanmagan ayblovni sud tergovida aniqlangan holatga zid ravishda quwatlash hollariga qat’iy chek qo‘yishlari, ayblov sudda isbotlanmagan hollarda ayblovning quwatlanishini talab qilishga yo‘l qo‘ymasliklari lozim. Sudda ishtirok etayotgan va davlat ayblovini quwatlayotgan prokurorlar notiqlik mahoratiga ega bo‘lishlari, sudyalaming mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunish, o‘zaro tortishuv tamoyiliga, sud muhokamasi va madaniyati qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, dalil-isbotlarni tekshirishda faol ishtirok etib, ishni ko‘rishda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha asosli xulosalar berishlari, taraflar muzokarasida qatnashib, sudda aniqlangan holat hujjatlariga baho berib, jinoyat sodir qilganlarga murosasiz bo‘lib, tergov va suddagi ma’lumotlar aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga kelishsa, ayblovdan voz kechib, o‘z faoliyatlari bilan odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashishlari lozim. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling