Isbot qilishdan maqsad nima?
Dalillar nazariyasi tushunchasi nima?
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalillar nazariyasi fanining boshqa yuridik fanlar bilan o’zaro aloqadorligi
- Dalillar nazariyasi fanining tizimi necha qismdan iborat
- Dalillar nazariyasi fanining tizimi bo’yicha umumiy qismi nimani o’rgatadi
Dalillar nazariyasi tushunchasi nima?
Далиллар назарияси – ижтимоий xавфли қилмишнинг юз берган-бермаганлигини, шу қилмишни содир этган шаxснинг айбли-айбсизлигини ва ишни тўғри ҳал қилиш учун аҳамиятга молик бошқа ҳолатларни суриштирувчи, терговчи, прoкурoр ва суднинг қонунда белгиланган тартибда аниқлашига асос бўладиган ҳар қандай ҳақиқий маълумотларни ўрганувчи мустақил фан Dalillar nazariyasi fanining boshqa yuridik fanlar bilan o’zaro aloqadorligi Dalillar nazariyasi muammolari fanining jinoyat huquqi bi¬lan aloqasi jinoyat–protsessual huquqining istiqbolli maqsadlari¬ning, yaʼni jinoyatchilikni, uni yuzaga chiqaruvchi sabablarni va uning sodir etilishiga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni tag-tugi bilan quritish birligi bilan belgilanadi. Jinoyat-protsessual va fuqarolik-protsessual huquq meyorlari¬ning oʻzaro aloqasi va uzviyligi jinoyat-protsessual huquqi va fuqa¬rolik-protsessual huquqi fanlaridagi dalillar nazariyalarining oʻzaro aloqasi va uzviyligini ham belgilaydi. Dalillar nazariyasi muammolari fanining kriminalistika bi¬lan aloqasi ayniqsa mustahkamdir. Zero, jinoyat-protsessual dalil¬lar nazariyasi muammolari ham, kriminalistika ham dalillarni aniqlash, ularni mustahkamlashning shakllari va usullari, dalil¬larni tekshirish va ularga baho berish bilan shugʻullanadi. Dalillarni toʻplash, tekshirish va ularga baho berish jarayonida davlatning vakolatli organlariga, yaʼni surishtiruv, tergov, proku¬ratura va sud organlariga, ushbu faoliyatlarining hal etilishi uchun amaliy fanlar – sud meditsinasi, sud psixiatriyasi, sud psixo¬logiyasi va shu kabi fanlar sohasidagi muayyan bilimlarni talab qi¬luvchi masalalarga duch kelishga toʻgʻri keladi. Dalillar nazariyasi fanining tizimi necha qismdan iborat? dalillar nazariyasi muammolari fanining tizi¬mi ikki qismdan, yaʼni umumiy va maxsus qismlardan iboratdir. Dalillar nazariyasi muammolari fanining umumiy qismida da¬lillar nazariyasining mazmuni va tizimiga, predmeti hamda vazifa¬siga, uning ilmiy bilimlar tizimida tutgan oʻrniga tushuncha beri¬ladi. Jinoyat protsessida dalillar nazariyasining huquqiy va meto¬dologik asoslari keltiriladi. Shuningdek dalillarning xususiyat¬lari, dalillarning tasniflanishi, isbot qilish tushunchasi, isbot qilish predmeti, isbot qilish doirasi, isbot qilish subʼektlari¬ning oʻrni va faoliyatlari va boshqa masalalar koʻrib chiqiladi. Dalillar nazariyasi muammolari fanining maxsus qismida esa dalillarning ayrim turlari, isbot qilishning ayrim bosqichlari, surishtiruv, tergov va sud harakatlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek dalil manbalari tushunchasi, dalillarning turlari: guvoh koʻrsatuv¬lari, jabrlanuvchi koʻrsatuvlari, gumon qilinuvchi koʻrsatuvlari, ayblanuvchi koʻrsatuvlari, ashyoviy dalillar, hujjatlar, tergov va sud bayonnomalari va boshqalar haqida fikr yuritiladi. Dalillar nazariyasi muammolari fani dalillarga oldindan baho berib qoʻyishni taʼqiqlaydi va dalillarning bir turiga ikkin¬chisiga nisbatan koʻproq ahamiyat qaratmaydi. Shuning uchun dalil¬larni taʼriflayotganda ularning ketma-ketligiga ularning ahamiyati koʻpayayotgani yoki kamayayotgani prinsipi taʼsir etmasligi kerak. Nasariyaning maxsus qismida dalillarning ayrim turlari Jinoyat-protsessual qonunda qabul qilingan tartibda koʻrib chiqiladi. Dalillar nazariyasi fanining tizimi bo’yicha umumiy qismi nimani o’rgatadi? Dalillar nazariyasi muammolari fanining umumiy qismida da¬lillar nazariyasining mazmuni va tizimiga, predmeti hamda vazifa¬siga, uning ilmiy bilimlar tizimida tutgan oʻrniga tushuncha beri¬ladi. Jinoyat protsessida dalillar nazariyasining huquqiy va meto¬dologik asoslari keltiriladi. Shuningdek dalillarning xususiyat¬lari, dalillarning tasniflanishi, isbot qilish tushunchasi, isbot qilish predmeti, isbot qilish doirasi, isbot qilish subʼektlari¬ning oʻrni va faoliyatlari va boshqa masalalar koʻrib chiqiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling