Isbot qilishdan maqsad nima?


Dalillarning qanday konsepsiyalari bor


Download 0.92 Mb.
bet8/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

Dalillarning qanday konsepsiyalari bor

Dalilarni oʻrganish va ularni talqin qilish yuzasidan turlicha fikrlar, yaʼni, dalillarning arxaik konsepsiyasi, mantiqiy modeli, “ikkiyoqlamalik” konsepsiyasi, informatsion modeli, aralash (sin¬tezlashgan) konsepsiyasi mavjud. Dalillarning arxaik konsepsiyasi¬ga binoan dalillarga odatiy faktlar, hayotdagi hodisalar, narsalar, odamlar, hamda odamlarning harakatlariga, dalillarning mantiqiy modeliga koʻra esa dalillar deb real voqyelikda mavjud boʻlgan maʼlumotlarga, dalillarning “ikkiyoqlamalik” konsepsiyasiga koʻra dalil deb faktlarga va ular olingan manbalarga, dalillarning in¬formatsion modeliga koʻra dalil tushunchasiga faktlar emas, balki faktlar toʻgʻrisidagi axborotlar, maʼlumotlarga, dalillarning ara¬lash (sintezlashgan) konsepsiyasiga binoan dalil deb faktlarga, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga, shuningdek ularning manbalariga ayti¬ladi.

  1. Soʻroq qilish tergov harakati

Soʻroq qilish eng muhim tergov harakatlaridan biri boʻlib, uning mohiyati soʻroq qilinuvchining ongida jinoyat hodisasi va umu¬man ishning boshqa holatlari toʻgʻrisida qolgan axborotlarni tergov¬chi tomonidan olinishidir. Soʻroq qilish eng koʻp oʻtkaziladigan ter¬gov harakati hisoblanadi.
Soʻroq qilish joyi OʻzR JPK 96-moddasida koʻrsatilgan boʻlib, sud muhokamasi davrida bu joy sud majlisi zali hisoblanadi. Agar soʻroq qilinuvchi kasal boʻlsa, yoxud soʻroq qilishni kechiktirib boʻlmasa, soʻroq qilish soʻroq qilinuvchi qayerda boʻlsa, oʻsha yerda ham oʻtkazilishi mumkin.
Soʻroq qilish vaqti bir kunda 8 soatdan (OʻzR JPK 107-modda¬si) oshmasligi kerak. Bu muddatga bir soatlik tanaffus kirmaydi. Ayrim koʻp epizodli murakkab jinoyat ishlari boʻyicha ayblanuvchi, jabrlanuvchilar, guvohlar bir necha kun ham soʻroq qilinishlari mumkin. Bunda ham yuqoridagi qoidaga amal qilinishi lozim. Bu holda soʻroq qilish bayonnomasida tanaffus qilingan vaqt aniq koʻr¬satilishi shart.
Soʻroq qilish tartibi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, tergovchi gu¬voh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish uchun OʻzR JPK 97-moddasi tartibida chaqiruv qogʻozi yuboradi. Chaqi¬ruv telefonogramma, telegramma, radiogramma, faks orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Agar ayblanuvchi izolyatorda saqlanayotgan boʻlsa, uni chaqirish uchun u saqlanayotgan hibsxona boshligʻiga mahbusni soqchilar qoʻrigʻi ostida olib kelish (etap qilish) toʻgʻrisida xat yuborilishi kerak.
Soʻroq qilishni boshlashdan oldin tergovchi soʻroqni oʻtkazishga yaxshilab tayyorgarlik koʻrishi, soʻroq qilish rejasini tayyorlab oli¬shi maqsadga muvofiqdir.
Soʻroq qilishning tayyorlov qismida soʻroq qilinuvchining shaxsini aniqlashi lozim; u bilan psixologik kontakt oʻrnatishi; soʻroq qilish predmetiga va ishdagi ayblanuvchi, jabrlanuvchiga boʻlgan munosabati aniqlanishi; soʻroq qilish taktikasini belgilab olish lozim. Tergovchi soʻroq qilishda soʻroq qilinuvchining yoshi, in¬tellekt darajasi, dunyoqarashi kabi faktlarni eʼtiborga olib savol tayyorlashi kerak.
Tergovchi soʻroq qilinuvchining qaysi tilda koʻrsatuv bera oli¬shini aniqlab, lozim boʻlsa, tarjimon chaqirish masalasini hal qi¬lishi lozim. Shundan soʻng tergovchi soʻroq qilinuvchiga uning huquq va majburiyatlarini tushunarli tarzda tushuntirishi kerak boʻladi.
Soʻroq qilishning ikkinchi qismi erkin hikoya deb yuritiladi, yaʼni tergovchi soʻroq qilinuvchiga ish holatlari yuzasidan bilganla¬rini erkin tarzda soʻzlab berishini taklif qiladi. Soʻroq qilish¬ning bu bosqichida soʻroq qilinuvchining fikrlash vazifasini shakl¬lantirish, eslatish, taqqoslash kabi usullardan foydalanilishi lo¬zim.
Soʻroq qilishning uchinchi qismi savol-javob qismi deb atala¬di.
Tergovchining savollarini shartli ravishda 4 ga boʻlish mumkin:
- toʻldiruvchi savol soʻroq qilinuvchi erkin hikoyasida qoldirib ketgan holatlar boʻyicha beriladi. Masalan, guvoh ayblanuvchini qa¬yerda koʻrganligini aytgan boʻlsa, toʻldiruvchi savol ayblanuvchi bu yer¬dan qachon va qayerga ketganligi toʻgʻrisida boʻladi.
- aniqlovchi savol soʻroq qilinuvchining biror fakt boʻyicha ber¬gan koʻrsatuvini aniqlashtirish uchun beriladi;
- eslatuvchi savol soʻroq qilinuvchiga uning yodidan koʻtarilib qolgan holatlarni yodiga tushirish uchun beriladi;
- tekshiruvchi savol soʻroq qilinuvchining u yoki bu fakt toʻgʻri¬sidagi koʻrsatuvining haqiqiyligini tekshirish uchun beriladi.
Haqqoniy koʻrsatuvlar olishning taʼsirli choralaridan biri soʻroq qilinuvchiga ishdagi dalillarni koʻrsatishdir. Soʻroq qilishda ishda mavjud boʻlgan daliliy axborotdan foydalanish vaqti va ket¬ma-ketligini bu axborotning mazmuni va psixologik taʼsir daraja¬sini hisobga olgan holda rasmiylashtirilishi kerak. Bunday dali¬liy axborotdan foydalanishga misol qilib, koʻrsatuvlarni oʻqib bye¬rish; ashyoviy dalillarni koʻrsatish; hujjatlar bilan tanishtirish; ekspert xulosasini koʻrsatishni keltirish mumkin.
Soʻroq jarayoni va natijalari dastlabki tergovda soʻroq bayonnomasida, sud muhokamasida esa sud majlisi ba¬yonnomasida qayd qilinadi. Koʻrsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha, soʻzma-soʻz yozib boriladi. Savollar va ularga berilgan javoblar ketma-ketligi soʻroq qilishda qanday boʻlsa, shu tartibda aks ettirilishi kerak. Soʻroq qilish chogʻida qanday harakat¬lar qilingan boʻlsa, masalan, koʻrsatuv oʻqib eshittirilgan boʻlsa, soʻroq qilinuvchi yozuvdan foydalangan boʻlsa, soʻroq qilinuvchiga nar¬sa va hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa, ovoz yozish, videoyozuv, kino¬tasvirdan foydalanilgan boʻlsa barchasi bayonnomada qayd etilishi lozim. Agar videoyozuv, kinotasvir yoki ovoz yozish qoʻllanilgan boʻlsa, fonogramma, videokasseta va kinotasma bayonnomaga ilova sifatida qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Soʻroq qilinuvchi koʻrsatuvini oʻz qoʻli bilan yozib berishi ham mumkin. Bu yozuv ham bayonnomaga qoʻshiladi va bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Soʻroq qilinuvchi bayonnomaning har bir sahifasiga va oxiriga imzo qoʻyishi kerak. Agar u imzo chekishdan bosh tortsa, bu haqda ba-yonnomaga yozib qoʻyib, uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Imzo qoʻyish-dan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim. Agar soʻroq qilinuvchi jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomaga imzo chekaolmasa, uning ro¬ziligi bilan himoyachi, vakil yoki soʻroq qilinuvchi shaxs ishonadigan boshqa fuqaro imzo chekadi. Bu haqda ham bayonnomaga yozib qoʻyilishi lozim.
Agarda soʻroq qilishda tarjimon qatnashayotgan boʻlsa, bayonno-madagi koʻrsatuvni tarjima qilishi lozim, soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozgan koʻrsatuvini esa yozma tarjima qiladi va bunga ham imzo chekadi.
Shuningdek, tarjimon soʻroq bayonnomasining har bir sahifasi¬ga va oxiriga imzo qoʻyishi kerak.

  1. Erkin hikoya qilish berishning qanday turlari bor?

Erkin hikoya quyidagicha bir necha turda, yaʼni:
- xronologik;
- epizodlar boʻyicha;
- ayrim vaqtlar boʻyicha;
- hodisa yuz bergan joyning ayrim qismlari boʻyicha;
- shaxslar boʻyicha boʻlishi mumkin.

  1. Ekspertiza tekshiruvi uchun olinadigan namunalar olinish mexanizmiga koʻra qanday turga boʻlinadi?

23-bob. EKSPERTIZA TEKShIRUVI UChUN NAMUNALAR OLISh

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling