Isbot qilishdan maqsad nima?


далиллар манбаларининг турлари


Download 0.92 Mb.
bet23/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

далиллар манбаларининг турлари

dalillar manbalarining quyidagi turlari mavjud:
Dalillar manbalari sifatida guvoh va jabrlanuvchining koʻrsatuvlari
Dalillar manbalari sifatida-gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining koʻrsatuvlari
Dalillar manbalari sifatida ekspert va mutaxassis xulosasi hamda koʻrsatuvlari
Guvoh isbotlovchi axborotning manbai sifatida tergov qili­nayotgan hodisaning holatlaridan tashkil topadi va shuning uchun uning jinoyat protsessining ishtirokchisi–dalil manbai sifatidagi oʻrnini hech kim bosaolmaydi. Uning almashilmasligi guvohning majburiyatlarini protsessning boshqa ishtirokchilarining majburi­yatlari bilan bogʻlashga yoʻl qoʻymaydi.
Jabrlanuvchi bergan koʻrsatuvlar isbotlashning asosiy manb¬laridan biri hisoblanib, alohida oʻrin tutadi. Ushbu koʻrsatuvlar¬ning baʼzi jihatlari gubohlik koʻsatuvlariga oʻxshash boʻlsada, ular¬dan subʼekti, protsessual tabiati, manfaati va olinadigan axborot¬ning mazmuni bilan farxlanib turadi. Chunki bu koʻrsatuvlar jis¬moniy, maʼnaviy yoki moddiy zarar etkazilgan va protsessual holati¬ga koʻra jinoyat hodisasining bevosita ishtirokchisi boʻlgan shaxs tomonidan beriladi. Jabrlanuvchining koʻrsatuvlari muhim protses¬sual hujjat hisoblanib, ular jabrlanuchi shaxsiyatining xususiyat¬lari bilan bogʻliq holda va daliliy ahamiyati nuqtai nazaridan baholanishi kerak
Jinoyat sodir etgan shaxsda jinoyat sodir etishga tayyorgarlik koʻrishdan toki uni sodir etishgacha va undan keyingi barcha holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganligi sababli OʻzR JPKning 81-moddasining 2-qismida maʼlum bir jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan, sudlanayotgan shaxslar dalil man­balari sifatida eʼtirof etilgan.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi nafaqat sodir etgan jinoyatini, balki jinoyatni sodir etishga koʻrgan tayyorgarligi, ji­noyatning tashkilotchisi, dalolatchisi, jinoyat sodir etilishiga yor­dam bergan yordamchilari va boshqalar toʻgʻrisida koʻplab maʼlumolarga ega boʻlgan shaxslardir.

  1. суд босқичига қадар исбот қилиш

Sudgacha boʻlgan bosqichda dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan tergov va boshqa harakatlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Isbotlash faoliyatida ishtirok etish uchun protsessning barcha ishtirokchilariga muayyan huquqlar belgilangan. Masalan, tergovchi jinoyat hodisasi sodir boʻlganmi, basharti sodir boʻlgan boʻlsa, kim tomonidan va qanday harakatlar sodir etilganligini aniqlash uchun dalillar toʻplaydi. Tergovchi va prokuror ishni sudga yuborish uchun yetarli dalillar toʻplanganligini hal etadi.
OʻzR JPK da belgilangan tartibda surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan jinoyat ishi yurituvida isbotlanishi lozim boʻlgan holatlarning bor yoki yoʻqligini aniqlash imkonini beruvchi har qanday maʼlumotlar jinoyat ishi boʻyicha dalil deb topilishi mumkin.
Ish boʻyicha protsessual qaror qabul qilish uchun dalillar yetar¬liligini belgilash dalillarni baholashning mustaqil vazifasi hisoblanadi. Isbotlanishi kerak boʻlgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini soʻzsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalil¬lar toʻplangan boʻlsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi (JPKning 95-m., 5-q.). Ish boʻyicha toʻplangan dalil¬lar oʻz mazmuniga koʻra ishga aloqador, maqbul va ishonchli boʻlishi mumkin, ammo isbotlash yakunida aniqlanganligini eʼtirof etish uchun ular yetarli boʻlmasligi ham mumkin. Shunday holat ham yuzaga kelishi mumkinki, dalillar isbotlash predmetiga kiradigan ayrim holatlarga nisbatangina yetarli, shuningdek boshqa qidirilayotgan faktlarning mavjudligi haqida ishonchli boʻlishi uchun yetarli boʻlmasligi mumkin.
U yoki bu protsessual qaror qabul qilish uchun sifatli dalillar yigʻindisi qanday boʻlishi kerak, degan savol deyarli hamma vaqt qonun chiqaruvchining, olimlar va amaliyotchilarning diqqat markazi¬da boʻlgan.
Boshqa faktlar bilan bogʻliqlikdan ajratib olingan dalil shaxs aybdorligi haqida xulosa chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qi¬lishi mumkin emas. Shu munosabat bilan ayblanuvchining oʻz aybini tan olishi faqat mavjud dalillar yigʻindisi bilan u tasdiqlangan¬dagina ayblov asosiga olinishi mumkinligi, bizning nazarimizda, toʻgʻridir.
OʻzR JPKsida dalillarni toʻplash usullari qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Fransiyani olib qaralganda esa, qonunda belgilanmagan boʻlsa yoki toʻgʻridan toʻgʻri taqiqlash mavjud boʻlmasa, masalan, dalil¬larni qonuniy tartibda toʻplash faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsga qonunda belgilangan normalarni buzmagan holda oʻz ishonchiga koʻra har qanday faoliyatni amalga oshirishga ruhsat beriladi. Bu norma Fransiya JPKsining 81-moddasining birinchi qismida mus¬tahkamlanligini koʻramiz, unga koʻra tergov sudyasi haqiqatni oʻrna¬tish uchun zarur boʻlgan barcha tergov harakatlarini oʻtkazishga haqli . Germaniya JPKsida ham isbotlash predmetini tartibga soluvchi bi¬ror norma mavjud emas. Faqat qonunda umumiy qoida mavjud boʻlib, unga binoan sud ishga aloqador barcha dalil va faktlarni aniqlashi lozim boʻladi .
Maʼlumki, OʻzR JPKsida ishlarni sudga qadar yuritish surish-tiruv va dastlabki tergovdan iboratdir.


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling