Isbot qilishdan maqsad nima?
-modda. Prokurorning vakolatlari
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimlarni isbot qilishga jalb qilish mumkin
31-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida: ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishishga; ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritishga; agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga jo‘natishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq bo‘lsa, bu choralarni bekor qilishga va o‘z qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy bo‘linmalardan darhol ozod qilishga; ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham so‘rab-surishtirishga; ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga; ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatidan talab qilishga; jazoni ijro etuvchi muassasa boshlig‘ining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish to‘g‘risidagi, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish to‘g‘risidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli. Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida: ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar to‘g‘risida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa ma’lumotlarni darhol ro‘yxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya qilinishini; ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatilishi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatilishi ehtimolini; qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart. Kimlarni isbot qilishga jalb qilish mumkin? 86-modda. Isbot qilish ishtirokchilari Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi. Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar. Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bilan bog‘liq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling