Ish haqidan daromad soliği va boshqa ushlanmalar hisobi
to’g’ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay tizim
Download 31.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqIshchi va xizmatchilardan daromad solig’ini ushlash hisobi. Reja
to’g’ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay tizim.
Mehnatga vaqtbay shaklida haq to’langanda ish haqi hisoblash bo’yicha asos qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi. Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog’liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo’yicha hisoblangan ish haqiga qo’shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg’ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va agregatlarni to’xtovsiz ishlashi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi. Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi mehnatga haq to’lashlar yakka va umumiy bo’lishi mumkin. Ish jarayonida kasblarni birga qo’shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog’liqlik zarurati bo’lsa, mehnatga haq to’lash umumiy bo’lishi mumkin. Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo’llash ishlab chiqarishning xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash tizimiga, shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga bog’liq. Тasdiqlangan qonunga binoan sanoatda quyidagi dastlabki hujjatlar qo’llaniladi: ishbay ish naryadi, marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to’g’risida raport, tayyorlangan mahsulotni hisobga olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan normalashtirilgan topshiriq va boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan ishlar hisobi bo’yicha dastlabki hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun yiriklashtirilgan, kompleks me’yor va baholarni qo’llash, shuningdek bir yo’la tuziladigan bir kunlik hujjatlar o’rniga ko’p kunlik (yig’ma hujjatlar) haftada ishbay ishlarning bajarilishi (Т-28-shakl) ga o’xshagan hujjatlarni qo’llash tavsiya qilinadi. Ish haqini to’g’ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish joyi (sex, uchastka, bo’lim); hisoblash davri (sana); familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel raqami va ishchining razryadi; ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo’yicha norma-soat miqdori Тexnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko’rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so’ng texnik nazorat bo’limi (OТK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko’rsatadi. Yakka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo’yicha asosiy hujjat bo’lib bir yo’la tuziluvchi, yig’ib boruvchi, shuningdek yakka va brigada bo’yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo’la naryad smena yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish turlari bo’yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a’zolarining malakasi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar keltiriladi. Naryadlar bo’yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), biri ikkinchisi bilan bog’lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. Shuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o’zida seriya (guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo’llaniladi. Marshrut varaqasi bo’yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan ikkinchisiga o’tkazilishi ketma-ketlikda ko’rsatilgan bo’lib, ishlab chiqarishdagi yo’qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo’yicha ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab chiqarish raportida yig’ib boriladi. Ko’plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o’zlariga berkitilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo’yicha tuziladigan yig’ma qaydnomaslarda yuritiladi. O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq to’lanadi. Bunday to’lovlarni hisoblash o’rtacha ish haqiga asoslanadi. O’rtacha ish haqini hisoblash va qo’llash tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan o’rtacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi belgilangan: ta’til haqi, ishdan bo’shaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik bo’yicha nafaqa tarifikatsiya bo’yicha o’rtacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o’n ikkidan birga (1/12) (to’liq olti oy ishlaganlar bo’yicha oltidan birga, to’liq yetti oy ishlaganlar bo’yicha – yettidan birga va h. k.) ko’paytirib topiladi. o’rta maxsus va hunar – texnika bilim yurtlari o’qituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini o’ndan birga ko’paytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo’shimcha haqlar va boshqa ijtimoiy sug’urtaga badal hisoblanuvchi to’lanmalar kiradi. o’rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi o’qituvchilarga ortiqcha bajarilgan soatlari bo’yicha qo’shimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan vaqtda harakatda bo’lgan stavkalar bo’yicha hisoblanadi. xodimlar salomatligiga yetkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga yetkazilgan zararlarni ish beruvchilar tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi. ishga qobiliyatsizligi to’g’risidagi varaqalar, homiladorlik va tug’ish bo’yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa hisoblash tartibi to’g’risidagi nizomga binoan olib boriladi. boshqa (1-4 bandlarida ko’rsatilgandan tashqari) barcha hollarda o’rtacha oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o’rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi. xodimlar mehnat ta’tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda, ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar, lavozimlik okladlar oshgan bo’lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga haq to’lashning yangi sharoitiga to’g’ri keladigan haqiqiy ish kuni bo’yicha hisoblab chiqiladi.Qonunchilik bilan o’rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi o’rnatilgan hollarda, ko’rsatilgan qoidalar qo’llanilmaydi. Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan qonunchilik bilan kafolatlangan o’rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlariga asosan o’rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi. Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O’rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi.Тa’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo’yicha o’rtacha oylik ish kunining davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi uchun hisoblab to’lanadigan haqning qoplash manbai bo’lib tannarx yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug’urta organlarining mablag’lari hisoblanadi.Тo’lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo’lib ish vaqtidan foydalanishni hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining bergan vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi to’g’risidagi varaqasi hisoblanadi. Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan hujjatga binoan ish qobiliyatini yo’qotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan aniqlanadi. Amaldagi qarorga binoan1 ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat’iy nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha nafaqa 100 % to’lanadi: ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga; baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga; qaramog’ida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan (o’quvchilar 18 yosh) farzandlari bo’lgan xodimlarga; Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga; Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan zonalardan ko’chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o’xshagan kasalliklarga duchor bo’lganda; Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bo’lganlarga; homiladorlik va tug’ish bo’yicha. Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to’lanadi: a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan, xodimlarga ish haqining 100 % miqdorida; b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining 80 % miqdorida; v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining 60 % miqdorida. Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to’lanadi: - umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan xodimlarga, shuningdek 21 yoshga chiqmagan yetim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida; - umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 % miqdorida. Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha to’lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish haqidan ko’p bo’lmasligi kerak. Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug’urta hisoblanadigan, mehnat haqiga kiritilmaydigan bir yo’la to’lovlardan tashqari, barcha turdagi to’lanmalar kiradi. Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy oyligiga amaldagi Nizomga2 binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi. Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo’shimcha haqlar inobatga olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom» ga binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shilad 1 ЎзР ВМнинг «Вақтинчалик иш қобилиятини йўқотганлиги бўйича нафақалар тўлаш доирасини такомиллаштириш тўғрисида»ги 71-сонли қарори. 2002 йил 28 феврал 2 «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақа тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги Низоми Download 31.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling