Ish joylarida mikroiqlim korsatkichlarini aniqlash


Download 2.97 Mb.
bet5/21
Sana20.07.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1661316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Лаборатория кулланма XFX

TЕKSHIRUV SАVOLLАRI
1. Xonаlаr tаbiiy yoritilgаnligini bаholаsh mеzoni nimа?
2. Tаbiiy yoritilgаnlikni mе’yorlаsh tаrtibini аytib bеring?
3. O’rtа Osiyo shаroitlаri uchun tаbiiy yoritilgаnlikning mе’yoriy ko’rsаtkichi qаndаy аniqlаnаdi?
4. Xonаdаgi yoritilgаnlikkа tа’sir qiluvchi omillаrni аytib bеring?
5. Tаbiiy yoritilgаnlik sun’iysigа nisbаtаn qаndаy аfzаlliklаrgа egа?


2-LABORATORIYA ISHI.
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MIKROIQLIM KORSATKICHLARINI ANIQLASH


Mashg‘ulot maqsadi: Ishlab chiqarish joylarida meteorologik sharoitga qo‘yiladigan talablar bilan tanishish.
Ishlab chiqarish joylarida temperatura, namlikni va havo harakatining tezligini aniqlash usullari va ularining me’yorlariga to‘g‘ri kelishini baholash.
Kerakli asbob-uskunalar.
1.Temperaturani o‘lchash uchun qo‛yidagi asboblar ishlatiladi.
a). simobli va spirtli termometr;
b). havo temperaturasini uzoq muddatga yozib oluvchi termometr (termograflar);
v). haqiqiy temperaturasini aniqlovchi bug‘ termometri.
2.1. Havo namligini o‘lchash uchun psixrometr, gigrograflar.
2.2. Havo harakati tezligini o‘lchash uchun katatermometr. Anemometrlar, termoanemometrlar, anemograflar.
2.3. Sekundomer.
2.4. Distillangan suvli kolba, rezina ballonli va qisqichli pepetka, shtativ.
2.5. Issiqlik energiyasini tashkil etuvchi elektroplita.
2.6. Havo oqimini tashkil etuvchi elektroventelyator.
2.7. Barometr.
Umumiy malumotg va ishni bajarish tartibi.
Ishning bajarish tartibi:
Xonalardagi meteorologik sharoit havo temperaturasi; atmosfera bosimi; havo harakati tezligi, havo namligi ishlovchilar atrofidagi yuzalardan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori bilan tavsiflanadi.
Xonalardagi meterologik sharoit ishlovchining jismoniy holatiga, ishlash qobilyatiga va mehnat xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Odam organizmi ma’lum bir chegaraviy qiymatga ega bo‘lgan meteorologik sharoitlarga moslasha olish qobilyatiga ega. Agar meteorologik sharoit qiymatdan oshib yoki kamayib ketsa, tana harorati o‘zgarib, issiqlik balansi buziladi, organizmning fiziologik xususiyati o‘zgaradi.
Tashqi muhit sharoiti qanday o‘zgarishdan qat’iy nazar tana harorati bir xilda saqlanadi, chunki organizmda kimyoviy, fizik termoregulyasiya sharoitlarida o‘zgarishlar bo‘lib turadi. Organizmdagi termoregulyasiya havodagi namlikka bog‘liq bo‘ladi.
-Havo namligi qo‛yidagicha xarakterlanadi:
-Absalyut namlik;
-Wa-berilgan temperaturada (1m3 havodagi suv bug‘i miqdori) g/m3;
-Nisbiy namlik;
-Wn-suv bug‘i miqdorining berilgan temperaturada va hajmda bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘yingan bug‘ miqdoriga nisbatidir.

Tana isib ketmasligi uchun havo harakatini ta’minlash kerak, buning uchun havo ventelyasiyalanadi, dushlanadi va h.k.
1. Havo namligini o‘lchash. Havoning nisbiy namligi stasionar Avgust psixrometri yoki aspirasion Assman psixometri yordamida o‘lchanadi. Ularning asosiy ishlash prinsipi quruq va ho‘llangan termometr ko‘rsatgichlari farqidadir.
Stasionar psixrometr bir korpusga o‘rnatilgan ikkita simobli termometrdan iborat bo‘lib, bittasining shar qismi doka yoki batist bilan o‘ralgan. Dokaning bir qismi pastda o‘rnatilgan vannachaga suvga botib turishi kerak. Bu termometr “nam” ikkinchisi esa “quruq” termometrlar deyiladi. Quruq termometr havo temperaturasini ko‘rsatadi. Dokadagi namlikning bug‘lanishi hisobiga termometr issiqligi kamayadi. Shuning uchun nam termometr ko‘rsatgichi havo temperaturasidan past bo‘ladi. Nisbiy namlik “nam” va “quruq” termometr ko‘rsat-gichlariga asoslangan holda 1-jadvaldan foydalanib aniqlanadi.
Psixrometr nazariyasiga binoan termometrlar ko‘rsatgichlari farqi va boshqa omillarga asoslanib o‘rganilayotgan havoning nisbiy va absolyut namliklarini hisoblash uchun qo‛yidagi formulalar tavsiya etiladi. Nisbiy namlik Wn-quyidagicha aniqlanadi.

Bunda R qur - quruq termometr ko‘rsatgichi bo‘yicha maksimal namlik g/m3 (2 jadvaldan olinadi). A – havoning absalyut namligi quyidagicha aniqlanadi.
A=Rnam – a(tqur – tnam) x V
Bunda R nam – nam termometr ko‘rsatgichi bo‘yicha maksimal namlik g/ sm3 (2 jadvaldan olinadi).
a – havo tezligiga bog‘liq bo‘lgan psixrometrik koeffitsiyent, a=0,0072.
tqur – qurruq termometr ko‘rsatgichi 0S.
tnam – nam termometr ko‘rsatgichi 0S
V – barometrik bosim. mm simob ustuni.
Aniqlangan qiymatlar jadvalga yoziladi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling