Ish joylarida mikroiqlim korsatkichlarini aniqlash


Indikator naychalarini tayyorlash


Download 2.97 Mb.
bet9/21
Sana20.07.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1661316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Лаборатория кулланма XFX

1.3 Indikator naychalarini tayyorlash
Indikator naychalarini tayyorlash uchun quyidagi narsalar kerak bo’ladi: shishadan yasalgan indikator naychalari (uzunligi 90...91 mm, diametrik 2,5...2,6 mm); indikator poroshokli ampulalar; indikator poroshoki uchun bo’sh ampula; zichlovchi qalamcha; bigizcha; tiqin tayyorlash jihozi (shtir); tiqinlar; uzun jo’mrak; kalta jo’mrak.
Tayyorlanishdan oldin indikator naychalari toza va quruq holatda bo’lishi lozim. Indikator naychalarini tayyorlash gaz va bug’siz, yaxshi ventilyatsiya qilinadigan xonada olib borilishi kerak.
Indikator naychasining bir uchidan zichlovchi qalamcha ichiga kiritiladi, ikkinchi tomonidan oldin tiqin, keyin esa tiqin tayyorlash jihozi (shtir) tiqiladi va ular yordamida tiqin 2...3 mm qalinlikkacha zichlashtiriladi. Zichlovchi qalamcha tortib olinadi. Indikator poroshokli ampula ochiladi va kalta jo’mrak yordamida poroshok indikator naychalariga quyiladi (5...10 ta). Indikator naychasiga zichlovchi qalamcha yordamida sekin urib naychadagi poroshok yetarli darajada zichlantiriladi. Naychadagi zichlangan poroshok qatlami uzunligi zichlovchi qalamchadagi belgidan uning oxirigacha bo’lgan masofa bilan nazorat etiladi. Indikator naychalarining ikkinchi tomoni ham tiqin bilan berkitiladi. Ampuladagi qolgan poroshok bo’sh ampulaga quyiladi va zich qilib berkitiladi.
Indikator naychasidagi poroshokning yetarli darajada zichlangani havo so’rish asbobi shtokining ikkita chuqurcha orasidagi masofaga yurishga ketgan vaqtining aniqlanayotgan gaz shablonida keltirilgan vaqtga mos kelishi bilan nazorat qilinadi. Agarda shtokning yurish vaqti shablondagidan kam bo’lsa poroshok kam zichlantirilgan, aksincha bo’lsa ko’p zichlantirilgan bo’ladi. Amaliy ishdan ortib qolgan indikator naychalarining ikki tomoni polietilenli parafin bilan yaxshilab berkitiladi.
1.3.1. Yutuvchi poroshok (filtr) naychalarini tayyorlash
Yutuvchi poroshok (filtr) naychalarini tayyorlash uchun shishadan bo’g’imli qilib yasalgan belgili maxsus naychalar, yutuvchi poroshokli ampulalar, tiqinlar va tiqin tayyorlovchi shtirlar kerak bo’ladi.
Aniqlanayotgan gazga mos ravishda yutuvchi poroshok (filtr) bir tomoni tiqilgan naychaga belgisigacha voronka yordamida quyiladi, ikkinchi tomoni ham tiqin yordamida berkitiladi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling