Ish joylarida mikroiqlim korsatkichlarini aniqlash


Download 2.97 Mb.
bet7/21
Sana20.07.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1661316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Лаборатория кулланма XFX

UMUMIY MA’LUMOTLAR
Ishlab chiqarish xonalari va ish o’rinlari havosi ko’p hollarda texnologik jarayonlarda qo’llaniladigan zararli gazlar, aerozollar va zaharli va zararli moddalarning bug’lari bilan ifloslanadi. Bu ishlab chiqarishdagi tashkiliy, texnik va boshqa sabablar tufayli sodir bo’ladi. Masalan, meliorativ mashinalarni ta’mirlash korxonalarining detallarni yuvish, gaz va elektr payvandlash, temirchilik, akkumulyatorlarni zaryadlash va boshqa xonalarida neft mahsulotlari, kislotalar, ishqorlar bug’lari va boshqa turli xil zararli gaz va bug’lar hosil bo’lib ishlovchilar sog’lig’i va ish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Zaharli moddalar organizmga nafas olish organlari, oshqozon-ichak, teri va boshqa organlar orqali o’tishi mumkin. Organizmga kirgan moddalar tezda tarqalib hayotiy zarur organlardan yurak, bosh miya, jigar va buyrakda to’plana boshlaydi.
Zaharli moddalarning ta’siri natijasida ishlovchilarda o’tkir yoki xronik zaharlanish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Zaharlanish oqibati ishlovchining yoshiga, jinsiga, organizmning xususiyatlariga, ish og’irligiga, zaharli moddaning kimyoviy tuzilishi va fizik xossalariga, havodagi miqdoriga (konsentratsiyasiga), ta’sir qilish davomiyligiga va mikroiqlim ko’rsatkichlariga bog’liq.
Zaharli va zararli moddalar organizmga ta’sir qilish xususiyati bo’yicha umumiy zaharlovchi (pestitsidlar, mineral o’g’itlar, dvigatellar qoldiq gazlari, benzin va kerosin bug’lari, fosfor va simobning organik birikmalari), yallig’lantiruvchi (kislotalar, ishqorlar, xlor, ftor, oltingugurt va azot birikmalari), sezgirlikni oshiruvchi (simob birikmalari, al’degidlar, erituvchilar, nitrolaklar va boshqa), konseragen (asbest changi, margimush, arezin, kalsiy arsenat va boshqa) va mutagen (qo’rg’oshin, marganets, etilenamin, nikotin va boshqa) ta’sir qiluvchi guruhlarga bo’linadi.
Ko’pgina zaharli moddalar haroratning ko’tarilishi bilan suyuq holatdan bug’simon holatga o’tib nafas yo’llari orqali organizmga o’tadi. O’pkaning nafas olish yuzasi 100 kv.m ga yaqin bo’lib, uchuvchi moddalar u orqali havo bilan qonga so’rilada. Keyin katta qon aylanish sistemasiga o’tadi va ta’sir kuchi oshadi. Avtomobil benzini xona haroratida 1 kv.m yuzadan 400 g/sek tezlik bilan bug’lanadi va boshqa neft mahsulotlariga qaraganda 6 ko’proq zaharlaydi. Benzinning havodagi 3-4 g/kub.m miqdori 2-3 minutdan keyin yo’talishni, ko’zdan yosh oqishini, chayqalib yurishni keltirib chiqaradi, 30-40 g/kub.m miqdori esa 3-4 marta nafas olgandan keyin odamni zaharlab, xushidan ketkazadi.
Ayrim zaharli moddalarning bug’lari va gazlarning havo bilan aralashmalarida portlash uchun xavfli pastki va yuqori konsentratsiya chegaralari mavjud. Masalan, hajmga nisbatan foiz hisobida, ammiakning pastki chegarasi 17, yuqori chegarasi 27, benzinning (qaynash temperaturasi 64...94 ºS bo’lganiniki) pastki chegarasi 1,9, yuqori chegarasi 5,1, kerosinniki mos ravishda 0,64 va 7,0, atsetonniki mos ravishda 2,91 va 13, benzolniki mos ravishda 1,43 va 9,5 teng.
Hozirgi vaqtda zaharli va zararli moddalar bug’larining havoga tarqalishini butunlay bartaraf qilish juda mushkul texnik vazifa bo’lib, uni amalga oshirish katta moddiy xarajatlar bilan bog’liqdir. Shunga ko’ra, ishlab chiqarish sanitariyasida zaharli va zararli moddalarning havodagi eng yuqori yo’l qo’yiladigan konsentratsiyalarini (EYUK), ya’ni bezarar miqdorlarini asoslash zarurati vujudga keladi. SN 245-71 va GOST 12.1.005-88 tomonidan ba’zibir moddalar bug’larining va gazlarning havo tarkibidagi konsentratsiyalariga me’yorlar belgilangan (1-ilova). Bu moddalar havodagi eng yuqori yo’l qo’yiladigan konsentratsiyalari bo’yicha ham 4 ta sinfga bo’linadi: o’ta xavfli sinf (EYUK<0,1 mg/m3); yuqori xavfli sinf (0,110 mg/m3)
Ishlab chiqarishda ishlovchilarning zaharlanishlarini, portlash hamda yong’in chiqishining oldini olish uchun havo tarkibidagi zararli va zaharli moddalarning miqdorini nazorat qilib turish lozim. Buning uchun laboratoriya, chiziqiy–koloristik (tezkor uslub) va avtomatik tahlillash uslublaridan foydalaniladi.
Amaliy ish uslubida ifloslangan havodan nasos yordamida namuna olinadi va laboratoriya sharoitida uning kimyoviy tarkibi mukammal tahlil qilinadi. Bu uslub o’zining aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turadi. Lekin u maxsus jihozlangan laboratoriyani talab qiladi.
Chiziqiy–koloristik uslubda esa ko’chma universal gaz tahlillagich (UG-2) qo’llaniladi (1-rasm). Bu uskuna yordamida, ishlab chiqarishning har qanday sharoitida, ish joyining o’zida tezkor ravishda gaz va bug’larning havodagi konsentratsiyalari aniqlanadi.
Avtomatik uslub esa maxsus avtomatik uskunalarni qo’llashga asoslangan. Bu uskunalar bilan o’ta xavfli sinfga (1-sinf) kiruvchi zararli va zaharli moddalarning havodagi konsentratsiyasi doimiy ravishda nazorat qilib turiladi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling