Ish reja “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tavsiya va taqvim – mavzu rejalari” asosida tuzilgan


-sinf Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari


Download 270.46 Kb.
bet2/25
Sana26.09.2023
Hajmi270.46 Kb.
#1687937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Ish reja “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha-fayllar.org

4-sinf Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari


Ta’lim bosqichi


Bitiruvchilar


Standart darajasi


Daraja

Nomlanishi


Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari




A1

Matematika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi




Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta ta’limida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.


Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.


Download 270.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling