Ish reja “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tavsiya va taqvim – mavzu rejalari” asosida tuzilgan


O’quv yili davomida o’rganilgan materialni takrorlash


Download 270.46 Kb.
bet9/25
Sana26.09.2023
Hajmi270.46 Kb.
#1687937
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Ish reja “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha-fayllar.org

O’quv yili davomida o’rganilgan materialni takrorlash

151

Ko’p xonali sonlarni raqamlash haqidagi bilimlarni tartibga solish va umumlashtirish.

1









152

Sonlarni yozish ko’nikmasini tekshirish. 1- tekshirish ishi.

1









153

Jadvalli ko’paytirish va bo’lishni takrorlash.

1









154

100 ichidagi sonlar bilan og’zaki hisoblash ko’nikvalarini mustahkamlash. 2-, 3- tekshirish ishi.

1









155

Yozma hisoblash ko’nikmalarini hisoblash.

1









156

3 – 4 amalli misollarda amalkarning bajarilish tartib qoidalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.

1









157

Sodda va tarkibli masalalarni yechish. 4 – tekshirish ishi.

1









158

Arifmetik amallar haqidagi tasavvurlarni umumlashtirish.

1









159

Qo’shish va ayirish amallari haqidagi bilimlarni tartibga solish.

1









160

Ko’p xonali sonlarni yozma qo’shish va ayirish algoritmlarini bilish va ularni hisoblash amaliyotida qo’llay olish. 5 – tekshirish ishi.

1









161

Og’zaki hisoblash ko’nikmalarini tekshirish. 6 – tekshirish ishi.

1









162

Amallar tartibi haqidagi qoidalarni bilishni mustahkamlash va ularni 3 – 4 amalli ifodalarning qiymatlarini hisoblashda qo’llay olishni tekshirish. 7- tekshirish ishi.

1









163

3 – 4 amalli (shuningdek, to’g’ri to’rtburchakning perimetrini hisoblashga doir) tarkibli masalalar.

1









164

Ko’paytirish va bo’lish amallari haqidagi bilimlarni umumlashtirish va tartibga solish. 8-tekshiri ishi.

1









165

Ko’p xonali sonlarni yozma ko’paytirish va bo’lishni bajarish ko’nikmalarni ishlab chiqish. 9 – tekshirish ishi.

1









166

Ko’p xonali sonlarni yozma ko’paytirish va bo’lishni bajarish ko’nikmalarni ishlab chiqish. 9 – tekshirish ishi.

1









167

Yozma hisoblash ko’nikmalarini ( 4 ta amallar misolida) mustahkamlash. 10 – tekshirish ishi.

1









168

Yozma hisoblash ko’nikmalarini ( 4 ta amallar misolida) mustahkamlash. 10 – tekshirish ishi.

1









169

Yakuniy nazorat ishi (masalalar).

1









170

Xatolar ustida ishlash.

1











ONA TILI FANIDAN UQTIRISH XATI

1-4 SINF
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.


Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.

2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
"Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Download 270.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling