Ish sudda koʻrilgach, quyidagi mazmunda hal qiluv qarori chiqarilgan


Download 22.05 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi22.05 Kb.
#147353
Bog'liq
fpk oraliq


1-KAZUS

Daʼvogar Ye.E.Yepiskop javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boshqarmasiga nisbatan buyruqni bekor qilish va ishga tiklash haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etgan.

Javobgar vakili ish yuritishni tugatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.

Ish sudda koʻrilgach, quyidagi mazmunda hal qiluv qarori chiqarilgan:

QAROR QILADI:

Daʼvogar Yevgeniy Yepiskop Yenayevich javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boshqarmasiga nisbatan buyruqni bekor qilish va ishga tiklash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi − qanoatlantirilsin.

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boshqarmasining 2019-yil 27-yanvardagi daʼvogar Ye.E.Yepiskopni lavozimidan ozod qilish haqidagi 99-sonli buyrugʻi gʻayriqonuniy deb topilsin va bekor qilinsin.

Daʼvogar Daʼvogar Yevgeniy Yepiskop Yenayevich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boʻlimiga elektr-energiya va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish shoʻbasi davlat inspektori lavozimiga ishga tiklansin.

???..............boj masalasi ................Ushbu bandni Siz toʻldiring!.................???

???.......apelatsiya .......................Ushbu bandni Siz toʻldiring!.................???

Raislik qiluvchi: (imzo) FIO

Nusxasi asliga toʻgʻri, sudya imzo) FIO

Ammo hal qiluv qarori ustidan daʼvogar Ye.E.Yepiskop sudga darhol ariza berib, hal qiluv qarorining qaror qismiga ikkita masalani qoʻshishni soʻraydi:

• “Hal qiluv qarorining ishga tiklash qismi darhol ijro etilishi lozim”ligini kiritib berishni;

• Tashkilot aybi bilan majburiy bekor yurganlik uchun daʼvogarga yetkazilgan olti oylik zararni MIB hisobidan undirib berish majburiyatini yuklashni qoʻshishni.

SAVOL???


Daʼvogar Ye.E.Yepiskop arizasiga sudya qanday javob beradi?

Ish boʻyicha sud xarajatlarini undirish masalasini tahlil qiling.

Hal qiluv qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan qanday harakatlar amalga oshiriladi?

Byuro va uning xodimlari oʻrtasidagi mehnat shartlari va ijtimoiy kafolatlarni belgilab beruvchi lokal xujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida”gi Nizom bilan tanishing, 2020-yil 1-avgust holatiga koʻra Byuroda qanday islohotlar amalga oshirildi?

Daʼvo arizasini qanoatlantirishga asos boʻlgan dalillarni koʻrsating.

Sudga murojaat qilgan javobgar vakilining eʼtirozlarini tahlil qiling.

• “Ishga tiklash va majburiy bekor yurganlik oqibatida yetkazilgan zararni undirish haqida”gi daʼvo arizasi loyihasini tayyorlang.

Ushbu kazusga huquqiy baho berishda bir qator qonun-hujjatlariga, jumladan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudning hal qiluv qarori haqida»gi qaroriga, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo’llanish haqida " gi qaroriga, , O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Fuqarolik ishlarini ko’rishda sudlar tomondan dalillarga oid qonun normalarini qo’llashning ayrim masalalari to'g'risida»gi qarorlariga murojaat etamiz.



Daʼvogar Ye.E.Yepiskop arizasiga sudya qanday javob beradi?

Da’vogar Yepiskopning arizasiga FPK va boshqa qonunlardan javob izlaymiz.

FPK ning 149-moddasida shunday deyilgan.

149-modda. Arizaning mazmuni

Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

1) ariza berilayotgan sudning nomi;

2) da’vogarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi va qayerda joylashganligi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili;

3) javobgarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi va qayerda joylashganligi;

4) da’vogarning talabi;

5) agar da’voni baholash lozim bo‘lsa, uning bahosi;

6) da’vogar o‘zining talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar;

7) arizaga ilova qilingan hujjatlarning ro‘yxati.

Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki uning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.

Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizalarda, shu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari, ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili ko‘rsatilishi lozim.

27-modda. O‘zaro bog‘liq bir nechta talabning sudga taalluqliligi

O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi kerak.

O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa, ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi kerak.

46. Mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy bekor qilingan yoki gʻayriqonuniy boshqa ishga oʻtkazilgan hollarda xodim avvalgi ishiga tiklanishi shart.

Nizolarni koʻrishda mehnat shartnomasi bekor qilinishining yoki boshqa ishga oʻtkazishning asosliligini isbotlab berish majburiyati MKning 111-moddasiga koʻra ish beruvchiga yuklatilishini nazarda tutishlari lozim.

Xodimni ishga tiklashda unga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati ish beruvchiga yuklanadi.

Xodimga yetkazilgan zararni qoplash quyidagilardan iborat ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin:

majburiy progul vaqti uchun soʻzsiz haq toʻlash (MKning 275-moddasi);

mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish yuzasidan shikoyat qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni (mutaxassislar maslahati, ishni yurgizish xarajatlari, yoʻlkira va boshqalarni) qoplash;

maʼnaviy zararni qoplash. Maʼnaviy zarar miqdori ish beruvchining xatti-harakatlariga baho bergan holda aniqlanib, u xodimning oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas.

275-modda. Xodimning pul undirishga doir talablarini qondirish

Ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday muhlat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishga haqlidir.

Ish haqini undirish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, mehnat nizolarini koʻruvchi organ xodimning pul undirishga doir quyidagi talablarini toʻliq qondiradi:

mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga mehnat daftarchasini oʻz vaqtida bermaganlik oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq toʻlash toʻgʻrisidagi;

Mazkur Kodeksning 108-moddasi.

mehnat nizolarini koʻruvchi organning xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi qarorini ish beruvchi ijro etmaganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq toʻlash toʻgʻrisidagi;

foydalanilmagan taʼtil uchun xodimga tegishli boʻlgan kompensatsiyani toʻlash toʻgʻrisidagi.

Mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi, boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganligi yoki ishdan gʻayriqonuniy ravishda chetlatilganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun xodimga haq toʻlash toʻgʻrisidagi mehnat nizolarini koʻrib chiqish chogʻida mehnat nizolarini koʻruvchi organ tomonidan xodimning pul undirishga doir talablari bir yildan ortiq boʻlmagan muddat uchun qondiriladi.

Xodimning pul undirishga doir boshqa talablari uch yildan ortiq boʻlmagan muddat uchun qondiriladi.

138-modda. Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash

Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi.

Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan bo‘lsa, ushbu moddada ko‘rsatilgan summalar javobgardan da’vogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa da’vogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi.

Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.

Agar da’vogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan bo‘lsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim bo‘lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi.

Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.

Agar yuqori turuvchi instansiya sudi ishlarni yangidan ko‘rib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini o‘zgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha o‘zgartiradi.

Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlarini berganda taraflar to‘lagan davlat bojiga ham taalluqlidir.

`182-modda. Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar

Sud tomonidan da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga, agar qonun hujjatlarida ularni ko‘rishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha ishlar kiradi.

184-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha uchinchi shaxslarni jalb qilish

Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga o‘tkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun o‘z tashabbusi bilan jalb qilishi shart.

Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga o‘tkazish ochiqdan-ochiq qonunni buzgan holda amalga oshirilganligini aniqlasa, shu protsessning o‘zidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to‘lash sababli tashkilotga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini yuklatadi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summalarning miqdori mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

188-modda. Ariza berish

Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi.

189-modda. Arizaning mazmuni

Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

1) ariza berilayotgan sudning nomi;

2) da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;

3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;

4) da’vogarning talabi;

5) agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;

6) da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;

8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.

Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.

Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili ko‘rsatilishi kerak.

Arizada da’vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.

Arizada elektron manzili ko‘rsatilganligi arizachining sud chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining ko‘chirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga bo‘lgan roziligidir.

191-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

Arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:

1) arz qilinayotgan talablarga asos bo‘lgan holatlarni;

2) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;

Oldingi tahrirga qarang.

3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;

4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa.

193-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish

Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.

Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga tegishli iltimosnomalar ilova qilingan, bunday iltimosnomalarni hal qilish qonun bilan sudyaning vakolatlariga berilgan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.

Sudyaning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.



Mehnat kodeksi

100-modda. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish

Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli bo‘lishi shart.

Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi:

1) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;

2) xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi;

3) xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi. Avval mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi;

4) xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning ro‘yxati:

ichki mehnat tartibi qoidalari;

korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi.

Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi;

5) o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;

6) korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi. Mazkur asos bo‘yicha mehnat shartnomasini korxona mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor qilishga yo‘l qo‘yiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan vaqti, uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlari bu muddatga kiritilmaydi;

.

7) xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda.



Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.

106-modda. Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi

Mehnat shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

1) xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda;

2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosi vakolatlari muddati tugaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytgan taqdirda;

3) xodimni jazoga mahkum etgan sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, basharti buning natijasida xodim avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsa, shuningdek xodim sudning qaroriga binoan ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yo‘llangan taqdirda;

4) ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilsa;

5) xodimning vafoti munosabati bilan;

6) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

111-modda. Ishga tiklash

Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.

Nizoni ko‘rish vaqtida ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlab berish mas’uliyati yuklatiladi.



Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan bo‘lsa, sud kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi.
Download 22.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling