Ishberuvchining majburiy javobgarligi
-jadval13 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashda naf oluvchining huquqlari
Download 93.27 Kb.
|
Ish beruvchining fuq
4-jadval13 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashda naf oluvchining huquqlari
Sug’urta shartnomasi asosida ish beruvchi sug’urtachiga shartnomada belgilangan sug’urta mukofotini belgilangan muddatda to’laydi. Majburiy sug’urta qilish polisi ish beruvchiga sug’urtalovchining hisob raqamlariga majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofoti kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay taqdim qilinadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash sug’urta polisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi. Sug’urta polisi blankasi sug’urtalovchining buyurtmasi bo’yicha, bosmaxona usulida "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. 13 Sug’urta polisi yo’qolgan taqdirda dublikat eng kam oylik ish haqi miqdorining ko’pi bilan 10 foizi miqdorida to’lagan kundan boshlab ikki kun muddatda beriladi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin ham tugatilganda sug’urta mukofotining bir qismi to’langan sug’urta tovoni summasiga va shartnoma amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytarib beriladi. Quyidagi hollarda u muddatidan oldin to’xtatiladi: ish beruvchi - yuridik shaxs tugatilganda yoki qayta tashkil etilganda; ish beruvchi - jismoniy shaxs vafot etganda; majburiy sug’urta qilish shartnomasi sud qaroriga ko’ra haqiqiy emas deb e’tirof etilganda. Jabrlanuvchi ishchining mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog’lig’iga zarar etganda, o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda vafot etgan hollarda, sug’urta tovonini olish huquqiga ega bo’lgan naf oluvchiga joriy to’lovlar tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sug’urta tovoni to’lash majburiyatini paydo bo’lganda annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi bilan annuitetlar shartnomasi tuziladi. Annuitetlar shartnomasi jabrlanuvchi ishchi mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasi belgilangan muddatga yoki naf oluvchi sug’urta tovonini olish huquqiga ega bo’ladigan muddatga mos ravishda tuziladi. Sug’urta shartnomasini tuzishda tegishli hujjatlar taqdim qilinadi. 5-jadvalga qarang. Download 93.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling