Ishchi daftar


Inventarizasiya haqida tushuncha va uning turlari


Download 359.05 Kb.
bet40/73
Sana20.12.2022
Hajmi359.05 Kb.
#1040690
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
Bux.his.ish.daftar 1-qism

8.4. Inventarizasiya haqida tushuncha va uning turlari.
Buxgalteriya hisobining oldiga qo’yiladigan muhim talablardan biri uning ko’rsatkichlarining realliga (to’g’riligi)ni ta’minlashdir. Bu talabga javob berganda buxgalteriya hisobining ma’lumotlarn haqikatga to’la -to’kis muvofiq bo’ladi.
Hisob ma’lumotlari ba’zilarda haqiqatga to’g’ri kelavermaydi. Bu quyidagi sabablar bilan sodir bo’lishi mumkin:

  1. Tabiiy sabablar - materiallarning og’irligi yoki sifati, havoning harorati yoki namligining o’zgarishi, kemiruvchi hashoratlar, mikroblar va boshqalar tomonidan buzilishi, ularni saklash, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish paytida zurish, parlanish, to’kilish va shu kabilar natijasida ko’rilgan yo’qotishlardan iborat;

  2. Moddiy qiymatliklarni qabul kilish yoki berishdagi noaniqliklar kam o’lchash, xato hisoblash, kam tortish natijasida mablag’ning boshqa miqdori yoki sifati (hajm, nav)ni hayd etilishidir. Moddiy boyliklarning bir navini (sifatini) boshqasi bilan aralashish xillarni almashtirish (peresortisa) deb nomlanadi;

  3. Hisobdaga xatolar - dastlabki hujjatlardaga xato yozuvlar, hisoblab chiqishdagi arifmetik xatolar, schyotlarda hujjat ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirish va shu kabilardan iborat;

  4. Suiste’molliklar - o’g’riliklar, kam tortish yoki kam o’lchash, pullar va boshqalarni berishdagi kam hisoblash hamda mablag’larni to’g’ridan - to’g’ri o’zlashtirib olishdan iborat.

Haqiqiy qoldiqlarni inventarizasiya (inventarizasiya) qilish deb nomlanadigan maxsus ro’yxatga olish yo’li bilan aniqlanadi.
Inventarizasiya (inventarizasiya) o’tkazish tartibi 19 - BHMS «Inventarizasiyani tashkil etish va o’tkazish» bilan belgilanadi.
Inventarizasiya-bu xo’jalik aktivlari va majburiyatlarini haqiqatda mavjudligini hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash jarayoniga aytiladi. Inventarizasiya buxgalteriya hisobi usulining elementlaridan biridir.
Shunday qilib, inventarizasiya qilish hujjatlashtirishning majburiy qo’shimchasidir. Faqat shu usullarning har ikkalasi - hujjatlashtirish va inventarizasiya qilishning yordamidagina barcha xo’jalik hodisalari to’la-to’kis aks ettirilishi ta’minlanadi.
Mablag’larni to’la qamrab olishligiga qarab inventarizasiya qilish ikki turga, ya’ni to’la va qisman inventarizasiya qilishga bo’linadi.
To’la inventarizasiya qilish beistisno barcha xo’jalik mablag’larini o’z ichiga oladi. U qoidaga ko’ra, yillik hisobotdan oldin, keyingi yilning 1 yanvaridagi holatda tuziladi. Lekin uning juda murakkabligi va ko’p mehnat talabligi tufayli mablag’larning ayrim turlarining inventarizasiyasini oldinroq o’tkazsa ham bo’laveradi. Masalan, asosiy vositalarni 1 noyabrdan, kapital sarflarni 1 dekabrdan, tovarlar, tayer mahsulot, ishlab chnqarish zahiralarini 1 oktyabrdan oldin emas va hokazo.
Qisman inventarizasiya qilish xo’jalik mablag’larining biror turini o’z ichiga oladi, masalan, faqat materiallarni yoki faqat mol yetkazib beruvchilar bilan hisob - kitoblarni. Ular to’la inventarizasiyadan tashqari, yil davomida bir necha marta hisob ma’lumotlarining aniqligini ta’minlash, o’g’riliklarga va talofatlarga qarshi kurashni kuchaytirish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirish maqsadida o’tkazilishi kerak.
19-BHMSga ko’ra, hisobot yilida o’tkaziladigan inventarizasiyalar soni, ularni o’tkazish sanasi, ularning har birida tekshiriladigan mulklar va majburiyatlar ro’yxati, inventarizasiya o’tkazish majburiy bo’lmagan boshqa hollarda, fermer xo’jaliklarining o’zi tomonidan belgilanadi. Inventarizasiya o’tkazish quyidagi hollarda majburiydir: fermer xo’jaliklari mulki ijaraga berilganda; sotilganda; moddiy javobgar shaxslar almashtirilganda (ishlarnn qabul qilish - topshirish kuniga); o’g’irliklar va suiste’molliklar hamda qimmatliklarning buzilishi holatlari aniqlanganda; yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin.Imoratlar, inshootlar va boshqa harakatsiz vositalarning inventarizasiyasi har ikki - uch yilda bir marta, kutubxona obyektlariniki esa besh yilda bir marta o’tkazilishi mumkin.
Asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, tayyor mahsulot va shu kabilarning inventarizasiyasi bir yilda kamida bir marta o’tkazilishi kerak (to’la inventarizasiya o’tkazilganda). Boshqa mablag’larning inventarizasiyasini tez - tez o’tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Masalan, debitor va kreditorlar bilan hisob -kitobning inventarizasiyasi bir yilda kamida ikki marta, byudjetga to’lovlar bo’yicha hisob - kitobni har chorakda kamida bir marta, pul mablag’larini har oyda bir marta, banklar bilan hisob - kitobni xar oyning birinchi kuniga o’tkazish lozim.
Inventarizasiya o’tkazish o’zining xarakteriga ko’ra rejali va to’satdan (rejadan tashqari) o’tkaziladigan inventarizasiyaga bo’linadi.
Rejali inventarizasiya, uning maqsadga muvofiqligi va yaxshiroq o’tkazilishidan kelib chiqqan holda, oldindan belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. To’satdan (rejadan tashqari)o’tkaziladigan inventarizasiya fermer xo’jaliklari rahbarining farmoyishi bilan bilan tabiiy ofatlar (o’t ketishi, suv toshqini)lardan keyin hamda moddiy javobgar shaxslar almashganida o’tkaziladi.



Download 359.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling