Ishchi daftar


Inventarizasiyani o’tkazish va natijalarini aniqlash


Download 359.05 Kb.
bet41/73
Sana20.12.2022
Hajmi359.05 Kb.
#1040690
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
Bog'liq
Bux.his.ish.daftar 1-qism

8.5. Inventarizasiyani o’tkazish va natijalarini aniqlash.
Inventarizasiya o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish uchun ma’lum tartib mavjud bo’ladi.
Inventarizasiya fermer xo’jaliklari rahbari tomonidan tayinlangan va buyruq bilan tasdiqlanadigan maxsus komissiya tomonidan o’tkaziladi. Inventarizasiya o’tkazish arafasida tekshiriladigan qiymatliklar saqlanadigan joylarda barcha kirim va chiqim hujjatlarining ishlovi tugallangan, analitik hisobdagi barcha yozuvlar qilingan va qoldiqlar chiqarilgan bo’lishi kerak. Inventarizasiya qilingan barcha buyumlar raqami, sanalari, hajmlari bo’yicha joylashtirilgan har xil buyumlar saralanib joylashtirilgan bo’lishi kerak.
Inventarizasiya har bir saqlash joyi va moddiy javobgar shaxs bo’yicha, uning qatnashuvida alohida - alohida o’tkaziladi. Barcha moddiy boyliklar, albatta, sanash, tortish yoki o’lchash yo’li bilan tekshirib chiqiladi.
Aniqlangan va hisoblab chiqilgan qiymatliklar haqidagi ma’lumotlar barcha inventarizasiya komissiyasi a’zolari tomonidan izohlanadigan inventarizasiya ro’yxatiga yozib qo’yiladi. Moddiy javobgar shaxs, ro’yxatda keltirilgan barcha qiymatliklar uning qatnashuvida tekshirilganligi, ularni uning javobgarligida saqlovga qabul qilinganligi va komissiyaga hyech qanday da’vosi yo’qligi haqida tilxat beradi. Agar da’vosi bo’lsa, unda da’volar nimadan iborat ekanligi aniq ko’rsatiladi.
Shunday qilib, inventarizasiya ro’yxatlari xo’jalik mablag’larining haqiqatda mavjudligi va holatini aks ettiruvchi hujjatlardan iborat ekan. Inventarizasiya o’tkazib bo’lingandan keyin bu hujjatlar buxgalteriyaga ularning haqiqiy qoldiqlarini hisob ma’lumotlaridagi bilan solishtirish va ularni inventarizasiyadagi ma’lumotlarga muvofiqlashtirish uchun topshiriladi Inventarizasiya natijalarini aniqlash maqsadida buxgalteriya solishtiruv vedomostini tuzadi. Ular inventarizasiya vedomostlarining ma’lumotlari buxgalteriya hisobining tegishli ma’lumotlari bilan solishtirib tekshiriladi. Shu yerda inventarizasiya natijalarda ortiqcha chiqishi yoki kamomadlari ham aniqlanadi. Barcha ma’lumotlar ham natura, ham pul o’lchov birliklarida ko’rsatiladi. Solishtiruvchi vedomostga barcha inventarizasiya qilingan qiymatliklar bo’yicha ma’lumotlar emas, balki fakat hisob ma’lumotlaridan chetlangan qiymatliklarga tegishli bo’lgan ma’lumotlar kiritiladi. Bunda solishtiruvchi vedomostlardagi ma’lumotlar hisobda qabul qilingan turkumlanishga muvofiq joylashtiriladi.
Inventarizasiya natijalarini rasmiylashtirish uchun inventarizasiya va solishtiruvchi vedomostlarning shakllarini birlashtiruvchi bosma ish qog’ozlari (blanka)dan foydalanish mumkin. Inventarizasiya komissiyasi tomonidan bu bosma ish qog’ozlariga qiymatliklar to’g’risidagi huquqiy ma’lumotlar kiritilgandan keyin unga buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yozib qo’yiladi va har ikkala ko’rsatkichlarni solishtirib tekshirib chiqiladi.
Inventarizasiya komissiyasi o’tkazilgan inventarizasiya natijasida topilgan kamomadlar va ortiqcha chiqishlar sabablarini aniqlaydi. Qiymatliklarning yo’qolishi va buzilishi sabablari haqidagi qarorlarni komissiya tegishli xodimlarning tushuntiruv xatlari va boshqa ma’lumotlari asosida qabul qiladi. Inventarizasiya komissiyasining barcha xulosalari, takliflari va qarorlari fermer xo’jaliklari rahbari tomonidan tasdiqlanadigan majlis bayoni bilan rasmiylashtiriladi. O’zining xulosasida komissiya aniqlangan farqlarni tartibga solishni ham belgilaydi.



Download 359.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling