Ishchi daftar


Inventarizasiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi


Download 359.05 Kb.
bet42/73
Sana20.12.2022
Hajmi359.05 Kb.
#1040690
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Bog'liq
Bux.his.ish.daftar 1-qism

8.6. Inventarizasiya natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
Inventarizasiya o’tkazish va boshqa tekshiruvlar natijasida qiymatliklarning haqiqiy qoldiqlari bilan buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlari o’rtasida aniqlangan farqlar quyidagicha tartibga solinadi.
Moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa mulklarning kamomadlari quyidagi yo’l bilan hisobdan chiqariladi: tabiiy yo’qolish me’yorlari chegarasidagi yo’qolishlar, agar aybdor shaxslar aniqlanmagan bo’lsa yoki aybdorlar undirib olish sud tomonidan inkor qilingan bo’lsa, ishlab chiqarish, operasion, davr xarajatlariga; me’yorlardan ortiqcha hamda buzilishlardan ko’rilgan talofatlar aybdor shaxslar hisobidan undiriladi. Bunda kam chiqqan tovarlar (material, mulklar) qiymatining kamomadi aybdor shaxslardan ushbu yoki shu kabi tovarlar (boshqa moddiy boyliklar)ning kamomadi aniqlangan daqiqasiga bo’lgan bozor bahosidagi qiymati undirib olinadi. Baholardagi farqlar moliyaviy natijalarga olib boriladi.
Bu operasiyalar buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Aniqlangan kamomad qiymatita hisob bahosida
D-t 5910 «Kamomad va moddiy boyliklarning buzilishi keladigan nobudgarchiliklar»
K-t Kamomad bo’lgan moddiy boyliklarni hisobga oladigan schyotlar
2.Moddiy javobgar shaxslardan undirib olinadigan (bozor bahosidagi) summaga
D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi» (bozor bahosida undirilib olinadigan summaga)
K-t 5910 «Kamomadlar va moddiy boyliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» (kamomadning balans qiymati)
K-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» (Moddiy javobgar shaxslardan undirib olinadigan summa bilan qiymati orasidagi farq summaga) qiymati o’rtasidagi farq - baholardagi farq summasiga.
3.Kamomad summasi undirilganda quyidagi buxgalteriya operasiyalari
beriladi.
D-t 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki 6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisob - kitoblar»
K-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimning qarzi» Ushbu operasiya undirilgan kamomadning bozor bahosidagi summasiga beriladi.
Shu bilan birga moddiy javobgar shaxsdan undiriladigan summa bilan qiymatliklarning balans bahosi o’rtasidagi farq quyidagi operasiya bilan daromadga o’tkaziladi:
D-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
K-t 9390 «Boshqa operasion daromadlar»
Bir davrning o’zida va bir moddiy javobgar shaxsda bir turdagi tovar -moddiy boyliklarning kamomadi va ortiqcha chiqishlari o’zaro xo’jalik hisobiga o’tkazilishi mumkin. Kam chiqqan boyliklar qiymati aybdor shaxslar hisobiga olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarni ortiqcha chiqishi aniqlanganda u 19- BHMS ning 5.7 bandiga binoan kirimga olinib, xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga o’tkaziladi. Bu operasiya quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi:
D-t Tegishli moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlar.
K-t 9390 «Boshqa operasion daromadlar»
Kamomadlar va ortiqcha chikishlarning har bir hodisasida farqlarning yuzaga kelish sabablari chuqur va har tomonlama o’rganshshshi zarur.
Buni quyida keltirilgan chizmadan ko’rish mumkin:
Tabiiy yo’qolish me’yorlari chegarasidagi yoki undan yuqori bo’lgan kamomadlar, aybdor shaxslar bo’lmaganda, tabiiy talofat hisoblanib, paydo bo’lgan joyiga qarab, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yoki davr xarajatlarini oshirishi kerak.
Ortiqcha chiqishlar fermer xo’jaliklari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga tegishli qiymatliklar schyotlariga kirim qilinadi. Ortiqcha chiqishlar aniqlanganda, albatta, ularning kelib chikish sabablari va aybdorlari surishtirib topiladi.
Ortiqcha chiqqan moddiy boyliklar birinchi navbatda tegishli qiymatliklar schyotlarining debetida va boshqa operasion daromadlar schyotining kreditida aks ettiriladi.

9390 «Boshqa operasion
daromadlar»




«Moddiy boyliklarni hisobga oladigan schyotlar»

D-t K-t

D-t K-t













Shu bilan ushbu qiymatliklarning qoldig’ini inventarizasiya natijasida aniqlangan ularning xaqiqiy miqdorlari bilan muvofiqlikka olib kelish ta’minlanadi. Ortiqcha chiqishlar, odatda, materiallarning haqikiy harakatini hujjatlar bilan noto’g’ri rasmiylashtirish natijasida yuzaga keladi va shuning uchun bunday yozuv zarurdir.


Haqiqatda ham, ishlab chiqarish zahiralarining ortiqcha chiqishi ularning haqiqatda qilingan sarflariga qaraganda ko’proq miqdorda hisobdan chiqarilganligi, tayyor mahsulotning ortiqcha chiqishi esa, aksincha, ularning kelishini kamroq miqdorda yozilishi natijasidir.
Kamomadlarni hisobdan chiqarish va ortiqcha chiqishlarni kirimga olish tegishli tovar-moddiy boyliklarning ham sintetik, ham analitik hisobida aks ettiriladi. Bu ularning buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlari bo’yicha qoldiqlarning inventarizasiya o’tkazish yo’li bilan aniqlangan haqiqiy mavjudligiga muvofiqligini ta’minlaydi.
Amaldagi Nizomda da’vo muddati o’tib ketgan qarzlarni qoplash va hisobdan chiqarish tartibi ham belgilab qo’yilgan. Da’vo qilish muddati o’tib ketgan kreditorlik va deponentlik qarzlar daromadga o’tkazilishi kerak.
Da’vo qilish muddati o’tib ketgan kreditor va deponent qarzlar hisobdan chiqarilganda 6720 «Deponentlangan meqnat haqi» va 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari debetlanib 9360 «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyoti kreditlanadi.
Da’vo muddati o’tib ketgan debitor qarzlar hisobidan chiqarilganda 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schyoti debetlanib, debitorlik qarzlar hisobga olinadigan schyotlar kreditlanadi.

Download 359.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling