Ishchi daftar
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollar
Download 359.05 Kb.
|
Bux.his.ish.daftar 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaydlar uchun
- 9-mavzu. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari. Reja. 9.1.Hisob registrlari haqida tushuncha, ularning roli va ahamiyati.
- 9.4.Buxgalteriya hisobi shakllari. 9.5.Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli. 9.6.Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollar
Buxgalteriya hujjatlari haqida tushuncha.
Hujjatlashtirish va uning ahamiyati.
Hujjatlar aylanishi haqida tushuncha.
Hujjatlar aylanishi grafigi.
Hujjatlarni majburiy rekvizitlari
Inventarizasiya va uning ahamiyati.
Inventarizasiyaning turlari.
Inventarizasiya natijalarini rasmiylashtirish.
Qaydlar uchun
Qaydlar uchun
9-mavzu. Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari. Reja. 9.1.Hisob registrlari haqida tushuncha, ularning roli va ahamiyati. 9.2.Hisob registrlarining turkumlanishi va shakllari. 9.3.Registrlardagi xato yozuvlar tuzatish usullari. Hisob registrlarida yozuvlarni olib borish. 9.4.Buxgalteriya hisobi shakllari. 9.5.Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli. 9.6.Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. 9.1.Hisob registrlari haqida tushuncha, ularning roli va ahamiyati. Xo’jalik faoliyati to’g’risida tegishli ko’rsatkichlarni olish uchun hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar kerak bo’ladi. Buning uchun bu ma’lumotlar hujjatlarda iqtisodiy mazmuniga qarab guruhlangan va ro’yxatga olingan bo’lishi kerak. Bunday ro’yxatga olish hujjatlarning saqlanishi ustidan nazorat qilish hamda ularda aks ettirilgan ma’lumotlarning aniqligini ta’minlovchi hisob registrlari yordamida amalga oshiriladi.Hisob registrlari dastlabki axborot tashuvchilarda qayd etilgan mavjud mablag’lar va operasiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni ro’yxatga olish, guruhlash uchun moslangan qog’oz varaqlaridan iborat yoki hisob registrlari deb-hisob yozuvlarini olib borishga mo’ljallangan maxsus grafalangan qog’ozlarga aytiladi. Hisob registrlari har xil tuzilishga ega bo’lib, ikki belgisi - mazmunning hajmi va yozuv xarakteriga qarab guruhlanadi. Mazmunning hajmiga qarab sintetik va analitik registrlarga bo’linadi. Bunday bo’linish sintetik va analitik ma’lumotlarning hisobda har xil vazifalarni bajarishi bilan bog’liqdir. Sintetik va analitik hisob registrlari bir-birlaridan ma’lumotlarning mukammallik darajasi hamda ko’rsatkichlarining guruhlanishi bilan farq qiladi. Sintetik registrlarning tuzilishi, eng avvalo, buxgalteriya hisobining shakliga bog’liq bo’ladi, ko’pgina analitik registrlarniki esa ularda hisobga olinadigan obyektlarning xususiyatlariga bog’liq. Analitik hisobda eng keng tarqalgan kartochkalarning shakllarini ko’rib chiqamiz. Ikki tomonlama shaklda debet va kredit schyotlarining chap va o’ng tomonlari joylashtirilgan bo’ladi. Har bir tomonida sana, yozuv raqami, matn va summa uchun mustaqil ustunlar ajratiladi. Kartochkaning chap tomoni 200_y._______________________________ (schyotning nomi)
Faqat pulda ifodalanadigan debitorlar , kreditorlar, banklar bilan va boshqa hisob - kitoblar bo’yicha operasiyalarni hisobga olish uchun kartochkalarning kontokorrentli shakli qo’llaniladi. Kontokorrent shakl
Moddiy boyliklarning hisobi omborlarda miqdoriy shakldagi kartochkalarda yuritiladi, chunki unda pul ko’rsatkichlari yo’q. Qoldiq ko’rsatkichi bo’yicha moddiy boyliklarning mavjudligi ustidan kuzatishda katta ahamiyatga ega bo’lgan qoldiq ko’rsatkichi uchun bu kartochkalarda alohida ustun ajratilgan. Miqdoriy shakl
«Nazorat» ustuni qilingan yozuvlarning turliligini tekshiruvchi buxgalterning imzosini qo’yish uchun xizmat qiladi. Har xil xarajatlarni hisobga oladigan analitik hisob kartochkalarining tuzilishi alohida, boshqa ko’rinishga ega. Uning yordamida birinchi navbatda har bir xarajat turi bo’yicha alohida summalar to’grisidagi yakunii ma’lumotlar olinishi kerak. Shuning uchun bunday kartochkalarda bir summali ustun (odatda debetli) xarajatlarning ayrim turlarini hisobga olish uchun ajratilgan qator ustunlarga bo’linadi. Bunday shakl ko’p ustunli deb nomlanadi. Ko’p ustunli shakl
Ko’p ustunli shaklga yozuvlar amalga oshirilayotganda xususiy ustunlarga yozilayotgan har bir summa «Debet-kredit» bo’limning yakuniy ustuniga ham, albatta, yozib qo’yiladi. Ba’zi fermer xo’jaliklarilarda tovar - moddiy boyliklar ham natura, ham pul ko’rsatkichlarida hisobga olinadi. Buning uchun miqdor - summa shakl xizmat qiladi. Miqdor – summa shakl
Bu ko’rib chiqilgan ustunli kartochkalarni ustunlarga ajratish usulidan boshqa hisob registrlari uchun, masalan, analitik hisob - kitoblari yoki yordamchi hisob vedomostlari uchun ham foydalanish mumkin. Download 359.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling