Ishchi dasturning qo„shimcha
«O„QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA‟LIMDAGI O„RNI
Download 0.56 Mb.
|
бжс 4 курс Lotin (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASI
«O„QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA‟LIMDAGI O„RNIUshbu fan dasturi O’zbekiston Respublikasi Davlat ta‘lim standarti va umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash dasturiga asoslangan xolda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq etib talabani nazariy ma‘lumotidan boshlang’ich amaliy ko’nikmalarni fantomlarda bajarishga o’rgatib va orttirilgan ko’nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg’unlashtirgan xolda mustaqil ravishda bemorlarni tashxislash va qabul qilishga zamin yaratib beradi. Dasturning maqsad va vazifalarini echimi yakunida talaba gorizontal va vertikal integratsiya jarayonlarida olgan bilim va amaliy ko’nikmalarni klinik uyg’unlashtirib, etuk, raqobatdosh, mustaqil klinik fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan umumiy amaliyot stomatologi bo’lib shakillanadi. O„QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASIFanni o„qitishdan maqsad - stomatologiya yunalishida ta‘lim olayotgan talabalarda bolalar jarrox stomatologning xonasini tashkil etish bo’yicha normativlarni o’rgatish, umumiy va maxalliy og’riqsizlantirishlarni o’ziga xosligi, tish olish operatsiyalari, bolalar yoshida uchraydigan parodont to’qimalarining yiringli yallig’lanish kasalliklari, yuz-jag’ soxasidagi odontogen va noodontogen yiringli yallig’lanish kasalliklari, ushbu kasalliklarni to’g’ri tashhislash, bemor bolalarni klinik va laborator usulda tekshirish, davolashning samarali rejasini tuzish, zarur holatlarda tor mutaxassislar(pediatr, endokrinolog, dermatolog, gematolog) nazoratiga yo’llanma berish va ular bilan xamkorlikda faoliyat yurita oladigan umumiy amaliyot shifokor-stomatologlarini shakllantirishdir. Umumiy stomatolog va Davlat ta‘lim standarti kvalifikatsion tavsifnomasi asosida talabalarni klinik fikrlash qobiliyatini o’stirishga karatilgan uslublarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali, ya‘ni bolalarda parodont kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari (etiologiyasi), rivojlanish mexanizmlari (patogenez), klinikalari, tashhis va qiyosiy tashxislari va davolash usullari xamda ularni oldini olish (profilaktika) chora-tadbirlarini o’rgata borish va ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Stomatologiya yo’nalishida ta‘lim olayotgan talabalarga bolalarda og’iz bo’shligi shilliq qavati (OBSHQ) kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari (etiologiyasi) rivojlanish mexanizmi (patogenezi), klinikasi, tashhis va qiyosiy tashxislari, davolash usullari xamda ularning oldini olish (profilaktika) chora-tadbirlari to’g’risida bilim va ko’nikmalarni shakllantirib, mustaqil klinik fikrlash qobiliyatini o’stirishdan iborat. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling