Fakultet stomatologiya kafedrasi mudiri Z.Q. Xakimova
ADTI Jarroxlik stomatologiya
kafedrasi mudiri Teshaboyev M.G„. tomonidan tuzilgan 4 - kurs stomatologiya fakulteti uchun
« Bolalar jarroxlik stomatologiyasi » fani bo„yicha tuzilgan ishchi
Ushbu fan ishchi dasturi O’zbekiston Respublikasi Davlat ta‘lim standarti va bakalavriat ta‘lim yo’nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq etib, talabani nazariy ma‘lumotidan boshlang’ich amaliy ko’nikmalarni fantomlarda bajarishga o’rgatib va orttirilgan ko’nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg’unlashtirgan holda mustaqil ravishda bemorlarni tashxislash va qabul qilishga zamin yaratib beradi.
Ishchi dasturda ma‘ruza, amaliy mashg’ulot va TMI mavzulari va ularning mazmuni ko’rsatib o’tilgan. Ma‘ruza va amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar va ularni o’tkazish metodikasi belgilab berilgan. Talabalar bilimini baxolashning reyting Nizomi, joriy va yakuniy baxolash ballarini taqsimoti ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari dasturning informatsion uslubiy ta‘minotida kafedrada mavjud bo’lgan moddiy-texnik bazalar, o’quv-uslubiy materiallar xaqida xam ma‘lumot berilgan.
Fanning o’zlashtirish uchun foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan birgalikda internet saytlari xaqida xam to’xtalib o’tilgan.
Fanning ishchi o’quv dasturi ADTI ning ilmiy kengash majlisida muhokama etilgan va tasdiqlangan.
Ishchi o’quv dastur namunaviy o’quv dasturida keltirilgan barcha ko’rsatmalarni qamrab olgan va u stomatologiya fakultetining 4 – bosqichida Bolalar jarroxlik stomatologiya fani bo’yicha ma‘ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tishda ishchi o’quv dastur sifatida foydalansa bo’ladi.
Jarroxlik stomatologiya kafedrasi mudiri: M.G.Teshaboyev
Do'stlaringiz bilan baham: |