Ishchi dasturning qo„shimcha
Download 0.56 Mb.
|
бжс 4 курс Lotin (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAkuniy nazorat quyidagi usullarda o„tkaziladi.
Og„zaki so„rov (kafedra yoki simulyasion o’quv markazida) - 60 %
Test usulida (platformada kunlik mavzu bo’yicha test topshirish)- 40% Oraliq nazorat quyidagi usullarda o„tkaziladi.Og„zaki so„rov (OSKE, OSE usulda kafedra yoki simulyasion o’quv markazida) - 60 %. Test usulida (platformada fanning bir yoki bir nechta bo’limi bo’yicha test topshirish) - 40%. YAkuniy nazorat quyidagi usullarda o„tkaziladi.- Og„zaki so„rov (OSKE, OSE usulda kafedra yoki simulyasion o’quv markazida) -60 %. Nazorat turlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o’zlashtirishini xolis (ob‘ektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart Talabalar tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishi shart. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. -yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo„yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.Talaba uzrli sabablarga ko„ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. Talabaning tugallangan fan bo„yicha o„zlashtirish ko„rsatkichi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarining o„rtacha arifmetik qiymatidan kelib chiqadi va butun sonlarda ifodalanadi.Bunda talaba har-bir nazorat turini kamida 3 ―qoniqarli‖baho olishi lozim. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar-tematik rejaga muvofiq oʼquv-uslubiy boʼlim tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida oʼtkaziladi. Yakuniy nazorat oʼquv siklining oxirida oʼtkaziladi. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball toʼplagan va uzrli sabablarga koʼra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, soʼnggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha boʼlgan muddat beriladi. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakulьtet dekani farmoyishi asosida, oʼqishni boshlaganidan soʼng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi. Semestr yakunida fan boʼyicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri boʼyicha saralash balidan kam ball toʼplagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Аkademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta oʼzlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni oʼzlashtira olmagan talaba fakulьtet dekani tavsiyasiga koʼra belgilangan tartibda rektorning buyrugʼi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. Talaba nazorat natijalaridan norozi boʼlsa, fan boʼyicha nazorat turi natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakulьtet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakulьtet dekanining taqdimnomasiga koʼra rektor buyrugʼi bilan 3 (uch) aʼzodan kam boʼlmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Аpellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini koʼrib chiqib, shu kunning oʼzida xulosasini bildiradi. Baholashning oʼrnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda oʼtkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakulьtet dekani, kafedra mudiri, oʼquv boʼlimi hamda ichki nazorat va monitoring boʼlimi tomonidan nazorat qilinadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling