Ishchi kuchini hududiy joylashtirish
Download 0.87 Mb.
|
ishchi kuchini hududiy joylashtirish
Ishchi kuchini hududiy joylashtirish 01 02 03 Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish shakllari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va xududiy rivojlanish qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: 1.Ishlab chiqarishni xududiy oqilona tashkil etish qonuniyati. Unga muvofiq: Ishlab chiqarish korxonalarini ITT ning yutuqlari asosida, iloji boricha manbalarga yaqin joylashtirish kerak. Masalan, suvni ko„p talab qiladigan tarmoqlarni imkon qadar yirik va samarali suv manbalariga yaqin joylashtirish maqsadga muvofiq; Mehanatni ko„p talab qiluvchi (sermehnat) tarmoqlarni esa mehant resurslari shakllangan markazlarga yaqinroq joylashtirish; Kundalik iste‟mol qilinuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini iste‟molchilarga yaqinroq joylashtirish kerak va h.k. lar. 2.Ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati. Bunda biron bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o„rtasidagi eng takomillashgan ishlab chiqarish aloqalarini o„rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki ko’zda tutilgan. 3.Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati. Hududning (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) kompleks rivojlanishi degandaxo„jalikdagi mutanosiblik, ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitga mosligi, ixtisoslashgan tarmoqlar, infratuzilmasini, turli ko’lamdagi shaharlarning rivojlanishi, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ularni oqilona foydalanish va hakozolar nazarda tutiladi. 4.Ishlab chiqarishni hududlarda iloji boricha bir me‟yorda joylashtirish yoki hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tenglashtirish qonuniyati. Unga ko’ra respublikamiz hududlarining iqtisodiy rivojlanishini bir-biriga tenglashtirish, ya‟ni mamlakatimizda ishlab chiqarish kuchlarini bir me‟yorda joylashtirib, kelajakda aholi turmush darajasini oshirish asosiy maqsad qilib olinadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda yuqoridagi qonuniyatlar asosida yondashilsa xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida mehnat unumdorligi oshadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish shakllari. Ishlab chiqarishni iqtisodiy rivojlanishi uning ijtimoiy va hududiy tashkil etilishi bilan bog„liq. Ishlab chiqarishning bunday shakllari esa muayyan bir jarayonning ikki tomoni bo„lib, u mohiyatan ijtimoiy va hududiy (geografik) mehnat taqsimoti xususiyatlaridan kelib chiqadi. Binobarin, ularni bir-biriga mutlaqo teskari qo„yib bo„lmaydi, chunki katta yoki kichik, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish albatta ularni ma‟lum hududda joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tashkil etish shakllari mujassamlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlik va kombinatlashuvdan iborat. Bular ham o’zaro aloqadorlikda rivojlanib boradi va ko’pincha birgalikda sodir bo’ladi. Ularning asta- sekin takomillashib borishi, bir-birlari bilan uyg’unlashuvi fan texnika taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishi bilan hamkorlikda yuz beradi. Mujassamlashuv va ixtisoslashuv ishlab chiqarishni ijtimoiy (hududiy) tashkil qilishning nisbatan oddiyroq shakllari hisoblanadi. Biroq, aynan ana shu shakllarning o’zgarib borishi qolgan shakllar, ishlab chiqarish rivojlanish xususiyatlarga katta ta‟sir etadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling