Ishchi kuchini hududiy joylashtirish
Download 0.87 Mb.
|
ishchi kuchini hududiy joylashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslashuv
Mujassamlashuv, eng avvalo, korxona yoki boshqa ishlab chiqarish ob‟ektlarining katta-kichikligini anglatadi. Tabiiyki, jamiyat rivojlanishi bilan mujassamlashuv darajasi ham oshib boradi. Shu nuqtai nazardan o’ziga xos mujassamlashuv qonuniyati mavjud, bir vaqtlar mahsulotlar uncha katta bo’lmagan korxonalarda ishlab chiqilgan bo’lsa, keyinchalik ular asta-sekin yiriklashib borgan.
Ishlab chiqarishning mujassamlashuvi katta iqtisodiy samaradorlikka (mujassamlashuv, aglomeratsiya samaradorligi) olib kelsa-da, bu jarayon cheksiz emas va uni har qanday sharoitda ham ijobiy baholab bo„lmaydi. Demak, mujassamlashuv qonuniyatining ham O’zining chegarasi, me‟yori mavjud. Ammo, bu bilan mujassamlashuv o’z mohiyatini yo„qotmaydi, balki u o’z shaklini o’zgartiradi, xolos. Ixtisoslashuv ham, ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo„lab, u mehnat taqsimoti bilan chambarchas bog„liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuv uch bosqichi-korxona, shahar yoki rayon, miqyosidagi ixtisoslashuvdir. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma‟lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O’z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo’jaligi bo„lishi ham mumkin), shahar yoki rayonlarning «qiyofasini», ularning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi. Ixtisoslashuvning uch turi – bu qism (detal), texnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidan iborat. Uning bunday ko’rinishlari bir-biri bilan uzviy bog„liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha xususiyatga ega. Ixtisoslashuv oqibatida xo„jalikning turli tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional tiplari shakllanadi. Shu bilan birga, u tashqi iqtisodiy aloqalarini taqazo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste‟moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi va mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joylardan keltiriladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling