Ishchi kuchini hududiy joylashtirish
Download 0.87 Mb.
|
ishchi kuchini hududiy joylashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kombinatsiya
Kooperatsiya muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo„lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o’rinlashuvi uncha sezilmaydi va aksincha, ularning tarqoq holda joylashuvi kuzatiladi.
Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqariladigan mahsulotning murakkabligiga bog„liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko’p ehtiyoj qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o„rinlashuvi uncha sezilmaydi va aksincha ularning tarqoq holda joylashuvi kuzatiladi. Kombinatsiya yoki kombinatlash kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu yerda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi, texnologik va tashkiliy birligi tushuniladi. Shu sababli kombinatsiyada, kooperatsiyadan farqli o’laroq, hududiylik xususiyati ko’proq namoyon bo’ladi. Binobarin, unda mujasssamlashuv yaqqol ko’zda tashlanadi, sababi-ko’p hollarda kombinatlashuv muayyan xom ashyoni birgalikda, atroflicha qayta ishlash bilan bog’liq. Bu ikki, yuzaki qaraganda bir- biriga o’xshash tushuncha o’rtasida boshqa farqlar ham bor. Xullas, bu shakli qayerda «kombinat» so’zini uchratsak, uni sohada ko’ramiz, hatto aholiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy xizmat kombinatlari). Ishlab chiqarish tarmoqlari o’z-o’zidan, tasodifan hududiy tarqalmaydi, balki ma‟lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganishga asos bo’ladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish ma‟lum qonuniyat, prinsip va omillar asosida amalga oshiriladi. Qonuniyatlar, eng avvalo, omillarning o„zaro aloqadorligi, ishlab chiqarish korxona va tarmoqlarining ma‟lum hududiy va texnologik majmua shaklida tashkil etilishi, bu tarmoqlar rivojlanishidagi mutanosibliklardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi bozor iqtisodiyotiga o„tish davrini o’zining qonuniyatlari mavjud. Ishlab chiqarishga nisbatan iste‟mol, taklifga ko„ra talabning ustunligi, erkin raqobat, ochiq iqtisodiyot yurgizish, uni liberallashtirish shular jumlasidandir. Bular, albatta, ishlab chiqarishni joylashtirishga, iqtisodiy makonning shakllanishiga katta ta‟sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari. Sodda qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti-bu ishlab chiqarish erkinligi, (raqobat va ochiq iqtisodiyot yurgizishdir. Bunday sharoitda ko’p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va raqobat, (qulay investitsiya makonini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an‟anaviy fikr yuritishlar tamomila o„zgarib ketishi kerak. Chunki, bu sharoitda narsani shu jumladan nimaga ixtisoslashuvni va qayerda joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab belgilaydi, davlat esa o’zining mintaqaviy siyosati orqali bu jarayonni boshqarib, tartibga solib turadi. Bozor iqtisodiyoti E’tiboringiz uchun tashakkur! Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling