Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


Ishchi kuchiga talab va uning taklif nisbati tahlili


Download 0.58 Mb.
bet30/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1153692
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
makro yakuniy javoblar

45. Ishchi kuchiga talab va uning taklif nisbati tahlili
Doimiy ishchi va xodimlar – bu korxonalarda ishlash uchun kelgan xodimga ayni muddati ko’rsatilmagan ischilarga aytiladi.
Vaqtincha ishchi yoki xodimlar – bu, ikki oy muddatgacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o‘rniga ishlashga 4 oygacha qabul qilinganlar kiritiladi.
Mavsumiy ishchi va xodimlarga olti oygacha mavsumiy ish bajarish uchun qabul qilinganlar kiritildi.
Mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatani belgilovchi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va siyosiy shart-sharoitlarga ko‘ra, ishsizlik turli shakllarda bo‘lishi mumkin.



Tuzilmaviy ishsizlik


ishchi kuchi talab va taklifi miqdorini kasbiy va geografik nomuvofiqligi oqibati hisoblanadigan ishsizlik.


Konyunktur ishsizlik


butun iqtisodiyot doirasida tovar hamda xizmatlarga talabning pasayishi (konyunktur o‘zgarishlar) sababli ishchi kuchiga talabning kamayishi oqibatida paydo bo‘ladigan ishsizlikdir.


Ishchi kuchiga sarflar bilan bog‘liq ishsizlik


mehnat sarflari darajasining o‘ta yuqoriligidan kelib chiqadi, qoidaga ko‘ra, eng kam ish haqi darajasining yuqoriligi ish beruvchilarni ish joylarini qisqartirishga majbur qiladi.

Qisqa muddatli ishsizlikka texnologik, friksion va mavsumiy ishsizlik kiritiladi
Texnologik ishsizlik – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan ishsizlik. Friksion ishsizlik – yangi ish o‘rni yoki turar joyni izlash maqsadida ishdan ixtiyoriy ketish bilan bog‘liq ishsizlik. Mavsumiy ishsizlik – faqat ma’lum davrlarda (masalan, qishloq xo‘jaligi ishlari qizg‘in davrda) ishga ega bo‘ladigan, yilning boshqa davrlarida band bo‘lmaydigan shaxslarga xos ishsizlik.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling