Ishchi o‘quv dasturi
Talabalar bilimi va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar
Download 129.36 Kb.
|
малакивий амалиёт ишчи дастур 2 kurs kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malavakiy amaliyotni boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Talabalar bilimi va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar.
Malakaviy amaliyotni bajarish natijasida talabalar egallaydigan bilim va ko‘nikmalarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: -amaliy masalalarning matematik modellari va matematik model qurishning asosiy muammolari bilan tanishish; - dasturlash tajribasining asosiy bosqichlarini bilish va ularni amalda qo‘llay olish; -xatoliklarning asosiy manbaalarini aniqlay olish va ularni kamaytirish choralarini ishlab chiqish; -Net platformasida dasturlashtirish va ularga qo‘yilgan talablarni tushuna olish; -Contest saytlar orqali onlayn masalarni yechish usullarini to‘liq o‘zlashtirish; - Web sayt yaratish usullarini mukammal o‘rganish va ularni amaliy masalalarni xal qilishda unumli qo‘llay olish; - Lokal tarmoqli dasturlar yaratish malakasini egallash; - Sinflar, Interfeyslar, delegatlar va boshqa tushunchalarni mukammal o‘zlashtirish va ulardan foydalanib turli amaliy dasturlarni amalga oshira olish; - Insonni tanib olish usullarini to‘liq o‘rganish, ular asosida dasturiy ta’minot yaratish malakasini egallash; - Yirik hajmdagi dasturiy ta’minotni mukammal o‘rganish. - Visual C# va Visual C++, Phyton dasturlardan unumli va samarali foydalanish malakasini egallash; - Amaliy masalalarni algoritmlarini ishlab chiqish, ularning xatoliklarini baholash va ular asosida modulli dasturlashga asoslangan amaliy dasturlar bog‘lamini yarata olish; - pedagog faoliyatida fan bo‘limlarining ilmiy-uslubiy va amaliy axamiyatini baholay olish. Malavakiy amaliyotni boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Malakaviy amaliyotni o‘tkazish « Sonli usullari », « Axborot xavsizligi » va « Algoritmlar va berilganlar strukturasi » fanlari asosida olib boriladi. Malakaviy amaliyotni o‘tkazishda yangi pedagogik texnologiyalarning qo‘llanishi Ko‘p bosqichli ta’lim tizimi, yangi standart va o‘quv dasturlari joriy etilayotgan hozirgi davrda, o‘qitishni eskicha uslub bilan olib borishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini xukumatimizning qator me’yoriy hujjatlarida ta’kidlab o‘tilmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ham bilim oluvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ta’lim tizimining eng muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri deb e’tirof etilgan edi. Talabalarning bilish jarayonidagi faolligini oshiruvchi va ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi o‘qitish uslublarini ishlab chiqish va ularni ta’lim tizimida qo‘llash masalasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining dolzarb masalalaridan bo‘lib qoldi. Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan va yuqori samara berayotgan yangi pedagogik texnologiyalardan fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanish, yuqoridagi dolzarb masalaning yechimlaridan hisoblanadi. O‘qitishga texnologik yondashuvni o‘zbek xalq pedagogikasi g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirib o‘quv jarayoniga tadbiq etish, respublikamizda kadrlar tayyorlash sifatini jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda aloxida o‘rin tutishi muqarrardir. Pedagogik texnologiya - ta’lim shakllarini maqbullashtirish uchun inson va texnik resurslarni hamda ularning o‘zaro ta’sirini e’tiborga olgan xolda o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli uslubidir (Yunesko ta’rifidan). Shunday qilib, aytishimiz mumkinki, pedagogik texnologiyaning tub mohiyati o‘qitishning an’anaviy, o‘qituvchi tomonidan bayon qilish, talabalarga tayyor bilimlarni berish uslubidan voz kechib ularni ko‘proq mustaqil ta’lim olishga undashdan iborat. Malakaviy amaliyotni o‘tkazishda ham yangi pedagogik texnologiyalarning turli usullaridan oqilona foydalanish dars samaradorligini oshirishda, talabalarning mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda va bilimlarni puxta egallashda muhim omil vazifasini bajaradi. Shu bilan bir qatorda, har bir mavzuni o‘qitish uslubiyotini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatish ham ko‘zda tutilishi lozim. Download 129.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling