Ishchi o‘quv dasturi
Download 129.36 Kb.
|
малакивий амалиёт ишчи дастур 2 kurs kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MALAKAVIY AMALIYOT bo‘yicha 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari kechki bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-kurslar uchun ISHCHI O‘QUV DASTURIUmumiy soat –118 s. NAMANGAN-2022 Ishchi o‘quv dasturi “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishining davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchilar:o`q. O.O. Jamalov ___________________ o`q. S.T. Nastinov ___________________ Taqrizchilar:p.f.n. prof.N.Otaxanov _____________________ PhD.. M.Dadaxanov _____________________ Ishchi o‘quv dastur Informatika kafedrasining 20___ yil “____” ______________ dagi “____”-son qarori bilan tasdiqlangan. Kafedra mudiri: ________________ Sh. Boltiboyev Ishchi o‘quv dastur Matematika fakultet kengashining 20____ yil “____” ___________dagi “____”-son qarori bilan tasdiqlandi. Fakultet kengashi raisi: _____________ R. Imomov Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i: ______________ X.Mirzaahmedov Kirish Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili ekanligini qalban anglagan holda, ham jismoniy, ham aqliy mehnatga layoqatli xalq xo‘jaligi, ijtimoiy va iqtisodiy hayotning turli jabhalarida samarali faoliyat ko‘rsatishga qodir ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash davrimizning ustuvor vazifalaridan biri deb qaralmoqda. « Axborot tizimlari va texnologiyalari » yo‘nalishida tayyorlanayotgan ilmiy va pedagog kadrlar matematika, fizika, informatika, matematik dasturlash va optimallashtirish, dasturlash kabi fanlardan olgan bilimlarini xalq xo‘jaligining turli jarayonlarini ifodalovchi matematik modellarni yechishda qo‘llay olishlari uchun turli xil sonli, sonli-taqribiy, taqribiy-analitik usullardan foydalanish malakalariga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar bo‘lishligini bugungi zamon talablari taqozo etmoqda. Bo‘lajak pedagog pedagogik, psixologik va metodologik bilimlarni puxta egallashi bilan bir qatorda sonli, sonli-taqribiy, taqribiy-analitik usullarni turli amaliy masalalarning jarayonlarini ifodalovchi matematik modellarni yechishda qo‘llay olishi, masalani yechishning algoritmlarini ishlab chiqishi va ular asosida yuqori darajali dasturlash tillarida modulli dasturlar yarata olishi, turli sinflarga tegishli amaliy masalalarni yechish uchun amaliy dasturlar bog‘lamini yaratishi va ulardan amalda foydalanish tizimlarini ishlab chiqishi, fan bo‘yicha egallagan pedagogik malakasiga asoslanib o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida yangi pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkaza olish uslubiyotini egallashi lozim. Malakaviy amaliyotni o‘tkazishdan maqsad va uning bakalavr tayyorlashdagi o‘rni. Maqsad: Ma’lumki, inson faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy hisoblash texnikasi va dasturiy vositalardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy kompyuterlardan amaliy ish va pedagogik faoliyatida mustaqil foydalana olish XXI asrning asosiy talablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun, kasb ta’limi “Informatika va axborot texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalar murakkab amaliy jarayonlarning hisob ishlarini bajarish, turli texnologik jarayonlarni avtomatik dasturli boshqarish va axborotlar ustida turli amallar bajarish hamda o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘quvchilarga zamonaviy yo‘nalish fanlaridan dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun dasturlash texnologiyalari va algoritmlar nazariyasini mukammal o‘rganishlari zarur. Yuqordagilardan kelib chiqib, fanni o‘qitishdan asosiy maqsad sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: -turli xil amaliy va tadbiqiy jarayonlarning matematik modellarini qurish, matematik modelni yechish usullarini ishlab chiqish, ular asosida algoritmlar va dastur ta’minotlarini yaratish, dasturdan olingan natijalarni xal qilinayotgan jarayonning xolatini to‘g‘ri baholashini tahlil qilish; -masalani yechish dastur ta’minotlarini yaratishda yuqori darajali dasturlash tillaridan unumli foydalana olish; fan bo‘yicha egallagan malakasiga asoslanib, kasb - hunar kollejlarining o‘quvchilariga yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkaza olish uslubiyotini egallash. Download 129.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling