Ishdan chiqish sabablari


Kabel elektr uzatish liniyalarining ishdan chiqish sabablari


Download 67.5 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1636125
1   2
Bog'liq
7-MAVZU. ELEKTR TA‘MINOTI TIZIMINING ...

6.3. Kabel elektr uzatish liniyalarining ishdan chiqish sabablari
Kabel elektr uzatish liniyalari ishdan chiqishining asosiy sababi (barcha ishdan chiqishlarning 70%) yer kovlaydigan mashina (ekskvator) va mexanizmlar tufayli elektr uzatish liniyalari mexanik mustahkamligining buzilishidir. Bu esa o‘z navbatida kabellarni yotqizish (o‘tkazish) qanchalik sifatli va qay tarzda (yerning o‘zida, truba, blok yoki tunellar ichida) bajarilganiga bog‘liq. Eng ko‘p buzilishlar kabellarni hech qanday himoyasiz yerga yotqizish (o‘tkazish) sababli yuz beradi.
Kabel muftalaridagi (ulovchi) teshilishlar (proboy) ham kabellar ishdan chiqi-shining sezilarli qismini tashkil qiladi.
Izolyasiyalarning eskirishi va chirib ketishi, kabel liniyalariga namlikning o‘tishi, metall qismlarining zanglashi sababli sodir bo‘ladigan zararlanishlar nisbatan kamroq uchraydi. Undan tashqari qisqa tutashuvlar kabellarning ham ishdan chiqishiga olib keladi.
Kabel liniyalarini tiklash havo liniyalarini tiklashga qaraganda ko‘proq vaqtni (bir necha o‘n soatni) talab qiladi.


6.4. Kuch transformatorlarining ishdan chiqish sabablari
Kuch transformatorlari elektr uzatish liniyalariga nisbatan kamroq shikast-lanadi (povrejdenie) va ularni tiklash uchun yanada ko‘proq vaqt talab qilinadi.
Transformatorlar ishdan chiqishiing asosiy sabablari quyidagilar:
- tashqi va ishki o‘takuchlanishlar, qisqa tutashuv toklari va transformatorni tayyorlash vaqtida bo‘ladigan kamchiliklar (defektlar) oqibatida izolyasiyaning shikastlanishi. Bunday shikastlanishlarning sabablariga transformatorlardagi o‘takuchlanishlar va ularning etarli darajada sovutilmasligi oqibatida yuz beradigan izolyasiyaning shikastlanishi kiradi. Undan tashqari kuchlanish ostida rostlash (RPN) uskunasining shikastlanishi ham transformatorlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi;
- izolyasiyalarning berkilib qolishi tufayli;
- kontakt ulanmalarining shikastlanishi;
- transformator moyining to‘kilishi;
Kichik hajmli transformatorlarni (20 kV gacha) ta‘mirlash markazlashtirilgan holatda bajariladi. Shikastlangan transformator esa qisqa muddatda (bir necha daqiqa ichida) almashtiriladi. Katta hajmli transformatorlar ko‘p vaqt ichida (bir necha o‘n va yuz soatlab) ta‘mirlanadi va bunda ko‘taruvchi mexanizmlardan foydalaniladi.

6.5. Kommutatsion apparatlarning ishdan chiqish sabablari


Kommutatsiya apparatlari ishonchliligi jihatidan murakkab uskunalar hisob-lanadi. Ular avtomatik (o‘chiruvchi, qisqa tutashtirgich-bo‘lgich bloki, avtomatlar, saqlagichlar) va noavtomatik (ajratgich va rubilniklar)ga bo‘linadi.
Kommutatsiya apparatlarining ishdan chiqishi jarayonlarni bajarish (qisqa tutashuvlarni va iste‘molchilarni o‘chirish) paytida va ularning statsionar holatida ro‘y beradi.
Kommutatsiya apparatlarining ishdan chiqishi sabablariga quyidagilar kiradi:
- uzatma (privod)larning ishlamay qolishi;
- mexanik shikastlanishlar;
- yoy o‘chiruvchi kameralarning buzilishi;
- kontaktlarning kuyishi;
- tashqi va ichki o‘takuchlanishlar oqibatida yuz beradigan izolyasiyaning berkilib qolishi.
Hisob-kitob jarayonlarida rele himoyasi va avtomatikaning ishdan chiqishi o‘chirgichlarning ishdan chiqishi bilan umumiy hisoblanadi.
Kommutatsiya apparatlarining ta‘mirlash vaqti elektr qurilmalarining nominal kuchlanishi ortishi bilan ortib boradi va elektr uzatish liniyalarining ta‘mirlanish vaqti bilan deyarli bir xil bo‘ladi (bir necha soat).
Kommutatsiya apparatlari elektr uzatish liniyalari va kuch transformatorlardan farqli ravishda diskret-tanafussiz ishlaydigan elementlar qatoriga kiradi, shuning uchun ularning modellarining ishonchlilik hisob-kitoblari qolgan tanafussiz ishlaydigan elementlarga nisbatan qiyinroq kechadi.
Elektr tarmoqlari elementlari shikastlangandan so‘ng avariyaviy ta‘mirga mo‘htoj bo‘lishi bilan birga, alohida elementlarning shikastlangan paytlarida profilaktik-ogohlantiruvchi ta‘mirga ham mo‘htoj bo‘ladi. Bunday ta‘mirlar ishdan chiqishlar orasidagi vaqtni uzaytiradi. Ushbu holatlar, avariyaviy ta‘mirdan so‘ng elementni "yangi holatda" deb hisoblash imkonini beradi.
Elektr ta‘minot tizimlari asosiy uskunalarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini miqdoriy baholariga quyidagilar kiradi:
- ishdan chiqish oqimining parametri (ishdan chiqish chastotasi), ω(λ) (1/yil);
- elementning o‘rtacha tiklanish vaqti, TT (yil (soat));
- oldindan rejalashtirilgan o‘chirishlar oqimi parametri rejalashtirilgan ta‘mirlar chastotasi), μ(λR) (1/yil);
- rejalashtirilgan ta‘mirlash ishining o‘rtacha davomiyligi, TT (yil (soat));
Elementlarning ishdan chiqish chastotasi (xususiy chastota) birlik vaqt ichida sodir bo‘lgan shikastlanishlar soni bilan baholanadi va ishdan chiqqan uskunalar soni po ni hisob vaqti Δt ning umumiy uskunalar soni p ga ko‘paytmasiga bo‘lish bilan aniqlanadi:
(6.1)
Ishdan chiqishlar chastotasi bir yilda sodir bo‘lgan ishdan chiqishlar soni bilan o‘lchanadi va T ga teskari bo‘lgan songa teng.
Elektr ta‘minot tizimlaridagi asosiy uskunalarning ishonchlilik ko‘rsatkichlari ilovalarda beriladi.


6.6. Nazorat savollari
1. Elektr ta‘minot tizimlarining asosiy elementlarini ishdan chiqish sabablari.
2. Havo elektr uzatish liniyalarining ishdan chiqishining asosiy sabablarini izohlang.
3. Kabel elektr uzatish liniyalarining ishdan chiqishining sabablarini ta‘riflab bering.
4. Kuch transformatorlarining ishdan chiqishining sabablarini gapirib bering.
5. Kommutatsiya apparatlarini ishdan chiqishining asosiy sabablarini tushunti-ring.



Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling