Query Builder yordamida so‘rovlar yaratish
Ishdan maqsad: Query Builder yordamida so‘rovlar yaratishni o‘rganish.
Topshiriqlar:
“Oracle Application Express” ning bosh sahifasini ishga tushirib, login-parol bilan tizimga kiring;
Query Builder ilovasini ishga tushiring;
Bitta jadvalga nisbatan sodda so‘rovlarni tuzing;
Avvalgi laboratoriya ishida berilgan so‘rovlarni Query Builder yordamida bajaring;
Loyihalash panelining turli bo‘limlarini o‘rganib chiqing (Conditions, SQL, Results, SavedSQL);
“Query Builder yordamida so‘rovlar yaratishni o‘rganish” hisobotini tayyorlang;
Nazorat savollariga javob berib, laboratoriya ishini himoya qiling.
Nazariy ma’lumotlar
Oracle Application Expressning Query Builder utilitasi foydalanuvchilarga SQL so‘rovlar yaratish imkonini beradi. Buning uchun SQL – Query Builder buyrug‘ini bajaring.
Query builder oynasining asosiy komponentlari quyidagilar:
Obyektlarni tanlash paneli: oynaning chap tarafida joylashgan bo‘lib, sql so‘rovda qatnashuvchi obyektlarni tanlash imkonini beradi (jadval, ko‘rinish va hokazo);
Loyihalash paneli: tanlangan obyektlarni oynaning o‘ng tarafida ko‘rsatadi.
So‘rovni chiqarish paneli: loyihalash paneli ostida joylashgan bo‘lib, 4 ta bo‘limdan iborat bo‘ladi:
Conditions – so‘rovda shart o‘rnatish imkonini beradi;
SQL – foydalanuvchi tomonidan loyihalangan so‘rovning sql ko‘rinishi avtomatik tarzda yaratiladi. Bu so‘rovni tahlil qilish imkonini beradi;
Results – foydalanuvchi tomonidan loyihalangan so‘rov natijasini ko‘rsatadi;
Saved sql – tizimda avval saqlangan SQL so‘rovlarni ishga tushirish imkonini beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |