NOCYCLE – Ketma-ketlikda maksimum yoki minimum qiymatlarga erishilganda qiymatlar generatsiyasini to‘xtatishni bildiradi.
cache_num – Xotirada saqlanuvchi raqamlar sonini bildiradi. Avtomatik holda u 20 ga teng. Kesh xotira minimum qiymati – 2 ga teng, kesh xotiraning maksimum qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: CEIL(maximum_num –minimum_num)/ABS(increment_num) NOCACHE – keshlashni o‘chiradi.
ORDER – Qiymatlarni tartiblab generatsiyalaydi.
Misol. Ketma-ketlik yaratish.
CREATE SEQUENCE Seq2 MAXVALUE 3 MINVALUE 1 START WITH 2 CYCLE CACHE 2;
SQL> SELECT Seq2.NEXTVAL FROM dual;
DROP SEQUENCE komandasi ketma ketlikni olib tashlash uchun qo‘llaniladi. Komanda sintaksisi:
DROP SEQUENCE [sxema_nomi.] ketma-ketlik_nomi
Misol: Ketma-ketlikni olib tashlash
DROP SEQUENCE Seq1;
Paketlar
Paket obyekt sifatida olib qaralganda ikki qismdan tashkil topadi:
Paket spetsifikatsiyasi; Paket tanasi.
Paket spetsifikatsiyasida protsedura va funksiyalar, global o‘zgaruvchilar, konstantalar, toifalar, tashqi ilovalar kirishi uchun kursor tavsiflar saqlanadi.
Paket tanasida barcha protseduralar, funksiyalar va o‘zgaruvchilar aniqlanadi. Paket tanasida aniqlangan, lekin uning spetsifikatsiyasida tavsiflanmagan protsedura, funksiyalar, o‘zgaruvchilar lokal hisoblanadi.
Misol: Konstantalar, funksiyalar va protseduralar tavsifidan tashkil topgan paket spetsifikatsiyasini yarating.
SQL> CREATE OR REPLACE PACKAGE PACAA AS
PACAA_CONST CONSTANT NUMBER := 1.2;
FUNCTION MULCONST(Argl NUMBER) RETURN NUMBER;
PROCEDURE AUDITMUL; END;
Package created.
Oracle paketini bajariluvchi qismini (tanasini) aniqlash operatorining sintaksisi
Do'stlaringiz bilan baham: |