Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasining infologik va mantiqiy modelini, er diagrammalarini yaratishni o‘rganish. Topshiriqlar
Download 1.49 Mb.
|
2 5375303174699622638
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 - laboratoriya ishi
- Nazariy ma’lumotlar
Nazorat savollariQueryBuilder interfeysi va komponentlarini aytib bering. QueryBuilder imkoniyatlarini aytib bering. Conditions, SQL, Results, Saved SQL bo‘limlari vazifalari? QueryBuilder yordamida so‘rov tuzishda jadval maydonlariga qanday qilib “alias” lar o‘rnatiladi? QueryBuilderda shartlarni o‘rnatish 6. QueryBuilderda yozuvlarni guruhlash? QueryBuilderda yozuvlarni tartiblash? QueryBuilderda jadvallar orasida bog‘lanishlarni o‘rnatish 8 - laboratoriya ishiKo‘rinishlar (VIEW)Ishdan maqsad: Oracle ХЕ da ko‘rinishlar (view) yaratishni o‘rganish. Topshiriqlar: Oracle Application Express ilovasini ishga tushiring hamda ma’lumotlar bazasiga bog‘lanishni o‘rnating. “Read Only” turidagi ikki xil ko‘rinish (view) yarating. Yuqorida yaratilgan ko‘rinishlardan birini “yangilanuvchi” ko‘rinishga keltiring. Yangilanuvchi ko‘rinish yarating; Yangilanuvchi ko‘rinishni bog‘lanish (JOIN )bilan yarating; SQLda ko‘rinish yaratish buyruqlarini konspekt qiling; 2–5 topshiriqlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni “Ko‘rinishlar” nomli hisobot tayyorlang. Nazorat savollariga javob berib, laboratoriya ishini himoya qiling. Nazariy ma’lumotlarSQL da ko‘rinishlar (view) – jadvaldagi ma’lumotlarni ifodalovchi ma’lumotlar bazasining obyekti hisobanadi. Ko‘rinishlarni virtual jadvallar deb ham atash mumkin. Ko‘rinishlarni quyidagi hollarda qo‘llash mumkin: Jadvalning barcha satrlarini va maydonlarini ko‘rsatish, biroq ayni paytda tegishli jadvalning haqiqiy nomini yashirish. Misol uchun, STUDENTS jadvalidagi barcha talaba yozuvlarini ifodalovchi STUD nomli ko‘rinishni yaratishingiz mumkin; Jadvalning yozuv yoki maydonlaridagi ma’lumotlarning biror qismini ko‘rsatish orqali ma’lum jadvalning ma’lumotlarini himoya qilish. Masalan, Iqtisodiyot fakultetida tahsil olayotgan talabalar uchun STUDENTS jadvalining faqat LASTNAME, FIRSTNAME va PHONE maydonlarini ko‘rsatadigan STUD_CA deb nomlangan ko‘rinish yaratishingiz mumkin; Ilova yaratish jarayonini soddalashtirish. Bir nechta jadvallarni bog‘lash natijasida bitta ko‘rinishga murojaat qilib ishlash imkoniyati. Misol uchun, STUD_STIPENDIA ko‘rinishini yaratishingiz mumkin, unda STUDENTLAR va STIPENDIA jadval yozuvlari birlashtirilgan bo‘lishi mumkin; Jadvallarda aslida saqlanmagan ma’lumotlarni ifodalash (hisoblanuvchi maydonlar). Misol uchun, STIPENDIA jadvalining ko‘rinishini barcha yozuvlarning qiymatlari yig‘indisi hisoblangan TOTAL maydonidan yaratishingiz mumkin. Yuqoridagilarga ko‘ra, ko‘rinishlar bazaviy jadvallardan ma’lumotlarni mos shaklda ko‘rsatishning moslashuvchan usuli hisoblanadi. Ko‘rinishlarni yaratish Ko‘rinishlar “yangilanuvchi” hamda “faqat o‘qish uchun” turlarida yaratiladi. “Yangilanuvchi” ko‘rinishlar yordamida bazaviy jadvallarga o‘zgartirishlar (INSERT, UPDATE, DELETE) kiritish mumkin bo‘lsa, “faqat o‘qish uchun” ko‘rinish yordamida esa bazaviy jadvallardagi ma’lumotlarni faqat o‘qish uchun ruxsat beriladi (o‘zgartirib bo‘lmaydi). Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling