Ишлаб чиқариш ва давр харажатлари таҳлили


Download 131.89 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi131.89 Kb.
#1413910
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу (2)

Avtotransport korxonalarining hisobot davr (chorak, yil)dagi sof foydasi (qoplanmagan zarari) ulaming tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra turlicha aniqlanadi. Umumdavlat soliqlarni to`lovchi avtotransport korxonalarida sof foyda (qoplanmagan zarar) soliq to‘ lagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma rivojlantirish solig‘i summasini ayirish orqali topiladi.

Yagona soliq to‘lovida ishlovchi avtotransport korxonalarining sof foydasi ularning soliq toiagunga qadar bo‘lgan foyda (zarar) summasidan hisoblangan yagona soliq to‘lovi summasini ayirish orqali topiladi.

Erishilgan sof foyda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:

Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»;

Kredit 8710 «Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)».

Avtotransport korxonasining hisobot yilida faoliyatni zarar bilan yakunlashi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

Debet 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;

Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija».

Aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi avtotransport korxonalarida hisobot yilning sof foydasi kelgusi yilda aksiyadorlar yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aksiya egalariga sof foydanining dividend sifatida taqsimlanishiga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv qilinadi:

Debet 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;

Kredit 6610 «Hisoblangan dividendlar».

Sof foydadan rezerv kapitaliga qilingan ajratma summasiga: Debet 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;

Kredit 8520 «Rezerv kapitali».

Hisobot yilning taqsimlanmay qolgan sof foydasining o‘tgan yillaming taqsimlanmagan foydasiga o‘tkazilishiga:

Debet 8710 «Hisobot davming taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;

Kredit 8720 «O‘tgan yillaming taqsimlamagan foydasi (qoplanmagan zarari)».


Download 131.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling