100-satr «Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)»da avtotransport korxonasining asosiy faoliyatdan olgan foydasi yoki ko‘rgan zarari ko‘rsatiladi. 110-satr «Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami»da avtotransport korxonasining hisobot davrida moliyaviy va investisiya faoliyat turlaridan oigan daromadlarining umumiy summasi ko‘rsatiladi. 170-satr «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, jami»da avtotransport korxonasining hisobot davrida moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi. 220-satr «Umum xo‘jalik faoliyati foydasi (zarari)»da avtotransport korxonasining umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydasi yoki ko‘rgan zarari ko‘rsatiladi. 230-satr «Favqulocldagi foyda va zararlar»da avtotransport korxonasining hisobot davrida olgan favquloddagi foydasi hamda ko‘rgan zarari aks ettiriladi. 240-satr «Daromad (foyda) solig‘ini toiagunga qadar foyda (zarar)da avtotransport korxonasining hisobot davrdagi daromad (foyda) soligini toiagunga qadar foydasi (zarari) ko‘rsatiladi. 250-satr «Daromad (foyda) solig‘i umumdavlat soliqlarini to`lovchi avtotransport korxonalari tomonidan to`ldiriladi. Hisoblangan daromad (foyda) soligi summasi hisobotning «Xarajatlar» ustunchasida aks ettiriladi. 260-satr «Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar>> satri turli maqomdagi avtotransport korxonalaridaturlicha to`ldiriladi. 270-satr «Hisobot davrining sof foydasi (zarari)da avtotransport korxonalarining hisobot davrda olgan sof foydasi (zarari) aks ettiriladi. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |