Ishlab chiqarish amaliyotidan


Download 73.04 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi73.04 Kb.
#165663
Bog'liq
Pukharov T.A Hisobot


“O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI”

AKSIYADORLIK JAMIYATI


TOSHKENT TEMIR YO`L MUHANDISLARI INSTITUTI

“Buhgalteriya hisobi va audit” kafedrasi



ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTIDAN

HISOBOT
Bajardi: BHA-39 guruh talabasi

Puxarov Temur

Qabul qildi: Ismoilova N.Y


TOSHKENT-2019

MUNDARIJA:
I. Kirish……………………………………………………………….

II. Asosiy qism:

1. Ishlab chiqarish amaliyoti bilan tanishuv…………………………

II.1. Materiallar hisob-kitobi………………………………………….

II.2. Asosiy vositalar hisobi……………………………………………

II.3. Ish haqi hisob-kitobi……………………………………………..

2. Ishlab chiqarish amaliyotida “1C” dasturining samaradorligi……..

III. Xulosa va takliflar………………………………………………..

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati…………………………………..

Kirish
Men nazariy bilimlarimni amalda o`rganish hamda uni yanada mustahkamlashda “Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi”ning buhgalteriya yo`nalishida ishlab chiqarish amaliyotini o`tadim. Barcha o`rganganlarimni hisobot shaklida Sizga taqdim etmoqchiman.

Mening ishlab chiqarish amaliyotidagi hisobotimning asosiy qismidagi 1-bo`lim, asosan materiallar hisobi unda hujjatlarning to`ldirilishi hamda aylanishi tartibi, oy ohirida yakunlovchi materiallar hisoboti va uning yuritilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 2-bo`limda asosiy vositalarning hisobi, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, inventar kartochkalari hamda inventarizatsiya o`tkazish tartibi haqida bundan tashqari temir yo`l tarnsportida asosiy vositalarning O`zbekiston iqtisodiyotidagi muhim ahamiyat kasb etuvchi o`rni haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan. 3-bo`limda ish haqi hisobi, unda hodimlarni ishga qabul qilish tartibi, qonun-qoidasi, bundan tashqari ishchi hodimlarning ish vaqti me’yorlari, tarif stavkasi hamda tarif koeffitsientlari, razryadi va soliqqa tortish tartib qoidalari, namunalari haqida jadvallarda boyitilgan. “Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi”ning buhgalteriya yo`nalishiga oid hujjatlarning “1C dasturi”ga kiritilishi, unda qo`llanilishi hamda “1C dasturi” samaradorligi haqida bir muncha ma’lumotlar keltirilgan. Ilova hujjatlar bo`limida esa men ishlab chiqarish amaliyotida o`rgangan barcha hujjatlarning ilova nusxasini kiritdim. Hisobot so`nggida esa o`z fikr-mulohazalarimni hamda takliflarimni kiritdim.

Shu o`rinda yangiliklarga keladigan bo`lsak, Yurtboshimiz qarori bilan “O`zbekko`mir” hamda “Sharg`unko`mir” korxonalari “O`zbekiston temir yo`llari” tarkibiga o`tkazildi. Bundan maqsad esa ko`mir sohasini boshqarish hamda 2017-2021-yillarda ko`mir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish hamda ko`mir sanoatini rivojlantirish bo`yicha qo`yilgan vazifalarni o`z vaqtida va samarali bajarilishi, respublika aholisi hamda ijtimoiy ob’yektlarni kerakli va sifatli ko`mir mahsuloti bilan ta’minlashdir.1
1. Ishlab chiqarish amaliyoti bilan tanishuv
“Jizzax ПЧ-5 “Yo’l xo’jaligi”ga nazariy bilimlarimni amalda sinash uchun yo`llanma olgach 28-iyunda ishlab chiqarish amaliyotiga keldim. U yerda 1-kun tanishuv bo`lib o`tdi. Ob’yekt bilan tanishuvda ichki tartib-intizomni, undagi ish tartibi ertalab 8:00dan 18:00 gacha bo`lishi, ishchilarning qat’iy formada bo`lishi, og`ir mehnat sharoitida ishlovchilar maxsus himoya kiyimlarida bo`lishlari, texnika xavfsizligiga qat’iy rioya qilinishi va mehnat muhofazasi bilan tanishib chiqdim. Tanishuvda eng ajoyibi bu – ishlab chiqarish amaliyoti hududiga kirib borishda e’tiborni o`ziga tortuvchi turli xil mehnat muhofazasi, ishga bo`lgan ma’suliyat, oila haqidagi bannerlarni ko`rib, unda bayon qilingan so`zlarni o`qib, to`g`risi, odam o`zida qandaydir ma’suliyatni, ishga ehtiyotkorlik bilan yondashishni, motivatsiyani olar ekan. Og`ir mehnat sharoitida ishlaydiganlarga esa o`zining xavfsizligi o`z qo`lida ekani unga eslatma bo`lib turar ekan.

Temir yo'l tizimi korxonalarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilishini ta'minlash asosiy vazifalardan biri. Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligining yo’l va uning ehtiyot qismlarini ta'mirlash sexlarida bunga alohida ahamiyat qaratiladi. Chunki tarmoq korxonalarida sodir bo'layotgan noxush holatlarning yuzaga kelishi mehnat muhofazasi talablarining buzilishi bilan chambarchas bog'liq. Bunga esa, avvalo, inson omili sabab bo'layotgani achinarli holat. Shu bois xo’jalikda xodimlar ish faoliyatida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qat'iy rioya etgan holda, mehnat qilishlariga e'tibor qaratiladi. Yo’lsozlar ish jarayonida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yishsa, darhol belgilangan tartib va yo'riqnomalarga asosan chora ko'rilmoqda. Bu esa ushbu maskanda noxush holatlarning oldini olish, mehnat muhofazasi bo'yicha jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'yilmasligini ta'minlamoqda. Bugungi kunda Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligida 460 nafar mutaxassis va  xodim(440ta erkak va 20 ta ayol) faoliyat ko'rsatayotgan jamoada qat'iy tartib, intizom mavjud. Salomatlik uchun zararli sharoitlarda mehnat qilayotganlarning sog'lig'i doimiy  nazoratga olingan. Shuningdek, sex va texnik xizmat ko'rsatish shoxobchalarida  38 ta banner va mehnat muhofazasini targ'ib etuvchi plakatlar o'rnatildi.

Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi ga 21 ta sex qarashli bo`lib,

ular bilan o`zaro shartnomalar tuziladi,shu yo`sinda hujjatlar ham aylanadi. Korxona bilan tanishuvda asosan hujjatlarni qay tarzda tuzish, to`ldirish, imzolash(kimlarga) va hullas xizmat hujjatlarining aylanish yo`l-yo`riqlarini ko`rib chiqdim. Shu o`rinda institutda 1-kursda men ish hujjatlarini yuritish fanidan barcha olgan nazariy bilimlarimni ana shu ishlab chiqarish korxonasining buhgalteriya hisobi bo`limida amalda qo`lladim. Mening ta’lim yo`nalishim temir yo`l transportida “Buhgalteriya hisobi va audit” bo`lganligi munosabati bilan men ishlab chiqarish korxonasining buhgalteriya yo`nalishida amaliyot o`tadim. Buhgalteriya hisobi yo`nalishida men asosan asosiy vositalar, materiallar hisobi hamda ish haqi hisob-kitobi bo`limlarining ish tartibi, ichki tartib-intizomi, hujjatlarni yuritish qonun-qoidalari bilan tanishib chiqdim. Shunga amin bo`ldimki, har bir ishchi hodim o`z ishiga ma’suliyat bilan yondashishi, o`z ishini sevishi, barcha hujjatlarni-yu, hisob-kitoblarni behatolik bilan yuritishni burchi deb biladi. Men ham o`z amaliyotchi talabalik burchimga suyangan holda ishlab chiqarish amaliyot dasturi bo`yicha barcha savollarga sidqidildan javobni topishga kirishdim. Har kuni ishlab chiqarish amaliyoti ob’yektiga kelgach albatta «регистрация инструктажа по охране труда» jurnaliga kelganligim to`g`risida sana, ism-sharifim, vazifam hamda imzomni qo`yaman. Bu tartib-intizomga chaqirishdir. O`z vaqtida ish joyida bo`lish ma’suliyatidir.


II.1.Materiallar hisob-kitobi
1-qadamni buhgalteriya hisobining materiallar hisob-kitobi bo`limida o`z bilimlarimni amaliyotda qo`llashni boshladim. Materiallar hisob-kitobi deganda, asosan materiallar bilan bog`liq oldi-berdisi hujjatlarda aks ettirilishidir. Misol tariqasida aytadigan bo`lsam, Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligiga buhgalteriya hisobining materiallar hisob-kitobi bo`yicha mas’ul shaxsga shu ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo`lgan sexdan hodim o`z talabnomasi bilan murajaat qiladi. Talabnomaga binoan tegishli sexdan kelgan hodimning 30 ta ishchilariga 1 poy qo`lqopdan, 10 ta xavfsizlik jileti va 10 ta xafvsizlik boshkiyimi kerakligi bayon etilgan. Materiallar hisob-kitobi buhgalteri talabnomaga binoan “Tovar-transport hujjati” blankasini to`ldira boshlaydi.

“Tovar-transport hujjati” namunasini ilova hujjatlari bo`limidagi 1-ilovada ko`rishingiz mumkin. Ushbu hujjat 3 nusxada yoziladi. Ya’ni:

1-nusxasi talabnoma egasiga bariladi;

2-nusxasi materiallar hisob-kitobi buhgalteriga qoladi;

3-nusxasi esa posbonga beriladi.

“Tovar-transport hujjati” tuzilgach unga materiallar hisob-kitobi buhgalteri imzosi, bosh buhgalter imzosi va muhri qo`yiladi hamda talabnoma egasining imzosi ham chekiladi. “Tovar-transport hujjati” materiallar hisobi registoriga tuzilgan sanasi va tartib raqami qo`yilib yozib olinadi hamda talabnoma egasining imzosi qo`yiladi. O`z vaqtida posbon 3-nusxadagi “Tovar-transport hujjati” blankasini materiallar hisob-kitobi buhgalteriga qaytarib beradi. Bundan maqsad esa haqiqatda yuk oluvchi bilan shartnoma tuzilganligini tekshirishdir.



Materiallar hisobida yana shunday hujjat borki uning nomi “Schyo`t faktura”. Schyo`t faktura nima? Va u qanday hujjat? Degan savol meni oz muncha qiynab qo`ydi. Keyin bilsam, u asosan sotuvchi hamda sotib oluvchi o`rtasida tuziladigan hujjat ekan. Misol qilib aytadigan bo`lsam, korxonaga kraska kerak bo`lib qoldi. Shu payt “Schyo`t faktura” tuziladi. Ishchi hodim schyo`t fakturani kraska ishlab chiqaradigan korxonaga borib, u yerda “Schyo`t faktura”da belgilangan miqdordagi kraskaning umumiy narxini belgilab, kraskani ishonchnoma bilan birgalikda oladi. O`rtada schyo`t faktura nima bo`ldi deysizmi? Uning ro`li pul o`tkazish bilan yakunlanadi. Ya’ni bank orqali kraska sotib olgan korxonaning schyo`tidan kraska ishlab chiqaruvchi korxona schyo`tiga to`lanishi kerak bo`lgan summa o`tkaziladi. “Schyo`t faktura” 2 nusxada yozilib korxona rahbari ruxsati bilan beriladi. 1-nusxa sotib oluvchida 2-nusxasi esa sotuvchida qoladi. “Schyo`t faktura”ning vazifasi ana shunaqa.
Buhgalteriya hisobiga kelgan barcha hujjatlardagi ma’lumotlar “1C dasturi”ga kiritiladi va hujjatlarni o`zini esa kirim-chiqimga va ularning har biriga naryad qo`ygan holda papkaga yig`ib boriladi. Naryadga binoan hujjatdagi ma’lumotlar soni, qayerdan va qaysi sexga tegishliligi, yuritilgan sanasi kiritiladi. Oy ohirida papakaga yig`ib borilgan hujjatlarga hisobot tuziladi. “Materiallar hisoboti”ni ilova hujjatlari bo`limidan korishingiz mumkun. Hisobot asosan kirim-chiqimdan iborat bo`lib, hisobotning chap tomoniga kirimlar tikiladi, o`ng tomoniga esa chiqim hujjatlarining yig`ilmasi alohida tikilib qo`yiladi. Kirim-chiqimdan keyin saldo qayerda qoldi degan savol tug`ilishi tabiiy. Saldo esa “1C dasturi”da avtomatik tarzda keyingi oy boshiga qoldiq bo`lib o`tadi. Bu juda oddiy hamda o`z navbatida “1C dasturi”ning o`z ishida ko`rsatgan mahoratidir.
II.2.Asosiy vositalar hisobi
Ishlab chiqarish ob’yektlarida xo`jalik sub’yektining ishlab chiqarish-xo`jalik jarayoni nafaqat material, mehnat va moliyaviy resurslaridan foydalanish hisobiga, balki asosiy vositalardan foydalanish hisobiga ham ta’minlanadi. Ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida belgilangan prognoz raqamlarini to`liq va o`z muddatida bajarish uchun albatta ishlab chiqarish korxonalari asosiy vositalarga ega bo`lishlari lozim. Biz bilamizki, mamlakat iqtisodiyotida eng katta fond sig`imiga ega bo`lgan tarmoqlaridan biri, bu temir yo`l transporti tarmog`idir. Temir yo`ltransportining asosiy ishlab chiqarish vositalari, uning ishlab chiqarish xususiyatiga mos tarzda, yil sayin ilmiy texnika rivoji natijasida ortib bormoqda. Temir yo`l transporti asosiy vositalari mamlakat iqtisodiyotidagi barcha asosiy vositalarning taxminan 10 foizini tashkil etadi. Asosiy vositalar – mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni yetkazib berish, xizmatlarni ko`rsatish, boshqa tomonlarga ijaraga berish, ma’muriy maqsadlarda foydalanish hamda bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanish uchun mo`ljallangan moddiy vositalardir. Shu o`rinda korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashi mumkin. Bundan tashqari ob’yektlardan foydalanishda asosiy vositalar asosan foydalanishdagi, zaxiradagi hamda ishlamayotgan asosiy vositalarga turkumlanadi. Eng qizig`i, asosiy vositalarni buhgalteriya hisobini va ularni saqlanishi nazoratini tashkil etish maqsadida asosiy vositalarning har bir inventar ob’yektiga ularni buhgalteriya hisobiga qabul qilishda va qabul qilish boshlang`ich hujjatlarini rasmiylashtirishda tartibli tizim bo`yicha tegishli inventar raqamlari beriladi. Inventar raqami inventar ob’yektining o`zida bo`yoq, temir beton va shu kabi usullar bilan aks ettiriladi. Bilasizmi, hozirgi kunda korxonalarda asosiy vositalarni turkumlash, baholash, texnik va texnologik qayta qurollantirish va audit nazoratidan o`tkazish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni bilamizki, asosiy vositalar korxonaning mulki hisoblanib, ularning mavjudligi korxona faoliyatini ijobiy baholash imkonini beradi. Ya’ni asosiy vositalarni yangilash korxonani modernizatsiya qilish holatini beradi. Bunda zamon talabiga mos ravishda ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi hamda sifatli xizmat ko`rsatish imkoniga ega bo`ladi.

Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi buhgalteriya hisobida asosiy vositalarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:




Kodi:

Nomi:

Kodi:

Nomi:

000000001

Yer maydonlari

000000008

Hisoblash texnikasi

000000002

Yer obodonchiligi

000000009

Transport vositalari

000000003

Binolar

000000010

Ishchi va mahsuldor hayvonlar

000000004

Inshoot va qurilmalar

000000011

Xo`jalik inventarlari

000000005

Topshiriladigan uskunalar

000000012

Boshqa asosiy fondler

000000006

Mashina va jihozlar

000000014

VAGONLAR PARKI

000000007

Mebel va jihozlar

Asosiy vositalarning harakati, ularning kelib tushishi, chiqib ketishi va korxona ichidagi harakatiga bog`liq bo`lgan xo`jalik jarayonlari ta’siri ostida sodir bo`ladi. Ushbu xo`jalik jarayonlari tegishli hisob hujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi. Korxonaga kelib tushgan asosiy vositani korxona raxbari tomonidan tayinlangan komissiya qabul qiladi va komissiya qabul qilgan har bir ob’yekt uchun alohida bir nusxada asosiy vositani qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi va uni korxona rahbari tasdiqlaydi.

1. Maxsus kirim komissiyasi korxona rahbari tomonidan buyruq asosida tuziladi.

2. Maxsus komissiya quyidagilarni bajaradi:

a) asosiy vositaga oid barcha hujjatlarning qonuniy ekanligini tekshiradi;

b) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi;

c) rasmiylashtirilgan hujjatlarni tasdiqlaydi;

d) barcha hujjatlarni buhgalteriyaga taqdim etadi.

3. Buhgalteriyada quyidagi amallar bajariladi:

a) inventar varaqa ochadi;

b) inventar ro`yhatga kiritadi;

c) buhgalteriya schyo`tlarida aks ettiriladi.

Korxonaning asosiy vositalar harakatini hisobga olishda asosan asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasida dalolatnoma har bir ob’yekt uchun yozilib, buhgalteriyaga beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkalariga yozish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan ob’yektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ham yuritiladi. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi esa asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va ushbu ob’yekt texnik hujjatlari asosida har bir ob’yektga inventar kartochkasi ochiladi. Asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha inventar kartochkalari ro`yxati ham tuziladi. Dalolatnomada ob’yekt tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbayi, chiqarilgan yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan sana, ob’yektning sinov natijalari, uning texnik shartlarga muvofiqligi ko`rsatiladi.Qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga pasportlar, ishlatish tartibi, yo`riqnomalar ilova qilinadi. Hisobga qabul qilingan asosiy vositalar har bir ob’yektiga inventar raqami beriladi. Belgilangan inventar raqami asosiy vositalar ob’yektiga metal jetonni qoqib qo`yish, bo`yoq bilan belgi qo`yish va boshqa usullarda belgilab qo`yiladi. Bu belgi ob’yektdan foydalanishda bo`lgan jami davr uchun saqlanadi va buhgalteriya hisobining barcha boshlang`ich hujjatlari hamda registrlarida ko`rsatiladi. Ob’yekt chiqim qilinganda uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ilova hujjatlar bilan birga korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Buhgalteriya dalolatnoma asosida belgilangnan namunadagi inventar varaqasi ochadi. Bu varaqada ob’yekt haqidagi barcha ma’lumotlar qayd etiladi. So`ngra inventar varaqalari asosiy vositalarning tasnif guruhlari bo`yicha maxsus ro`yhat tuziladi. Ro`yhatda qayd qilingan varaqalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoq tasnif guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo`yicha guruhlangan tartibda saqlanadi. Asosiy vositalarning chiqimi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va bu haqda inventar varaqasiga qayd qilinadi, so`ngra varaqa kartotekadan olib qo`yiladi.

Ishlab chiqarish ob’yektida asosiy vositalarni asosan boshlang`ich, joriy, tugatish, tiklash hamda qoldiq qiymatlari bo`yicha baholanar ekan. Yana shuni bildimki, Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi sexlarida inventarizatsiya oktyabr oyiga nisbatan tekshirilar ekan. Boshqarma tomonidan buyruq asosida esa bir yilda bir marotaba inventarizatsiya o`tkazilishi ko`zda tutilar ekan. Asosiy vositalarning analitik hisobi ob’yekt bo`lsa, sintetik hisobi esa ob’yektning ichki hisobi tushuniladi. Umuman olganda esa inventarizatsiya qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yo`riqnomasiga ko`ra har 3 yilda bir marotaba o`tkaziladi. Asosiy vositalarning inventariatsiyasi korxona rahbarining buyrug`i bilan tashkil qilingan ishchi komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va unda albatta buhgalteriya hodimlaridan vakillar ishtirok etadi. Eng qizig`i, inventarizatsiyani komissiya a’zolari to`la bo`lmagan holatda o`tkazish mumkin emas ekan. Inventarizatsiya natijasida ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlangan holda, ham ro`yhatga olinadi va ularni komissiya a’zolari ekspertiza yo`li bilan baholaydi, haqiqiy texnik holatiga ko`ra eskirish miqdori aniqlanadi va dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi. Shu bilan birgalikda komissiya ushbu asosiy vosita qachon, kimning farmoyishiga binoan ishlatilgan, ularning harajatlari hisobda qanday aks ettirilganligi borasida dalolatnomada ma’lumotlar keltiriladi.

Asosiy vositalar harakatining buhgalteriya schyo`tlarida ifodalanishini qiyidagicha misollar bilan ko`rib chiqamiz:

1. 600 ming so`mga dastgoh sotib olindi:

Debet 0710 ”O`rnatiladigan asbob-uskunalar”

Kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchiga to`lanadigan schyo`t”

2. Dastgohni o`rnatishga berilganda:

Debet 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish” – 600 ming so`m

Kredit 0710 “O`rnatiladigan asbob-uskunalar” – 600 ming so`m

3. O`rnatilishiga va ishga tushirilishiga 50 ming so`mlik qurilish materiallari sarf qilindi:

Debet 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish”

Kredit 1050 “Qurilish materiallari”

4. Dastgohni o`rnatish va ishga tuhsirish uchun ishchilarga 40 ming so`m mehnat haqi hisoblangan:

Debet 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish”

Kredit 6710 “Mehnat haqi bo`yicha hodim bilan hisob-kitob”

5. Mehnat haqidan ijtimoiy sug`urtaga ajratma 14 ming so`m:

Debet 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish”

Kredit 6520 “Maqsadli davlat jamg`armalariga to`lovlar”

6. Dastgoh foydalanishga topshirildi:

Debet 0130 “Mashina va asbob-uskunalar” – 704 ming so`m

Kredit 0820 “Asosiy vositalarni harid qilish” – 704 ming so`m

Demak, yuqoridagilardan ma’lumki 600 ming so`mlik dastgoh o`rnatish, ishga tushirish va boshqa harajatlar bilan uning qiymati 704 ming so`mni tashkil etmoqda.


II.3.Ish haqi hisob-kitobi
Mehnat haqi hisob-kitobi bo`limida nazariy bilimlarimni amalda ko`rar ekanman, juda ko`p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo`ldim. Avvalambor, Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligidagi barcha ishchi hodimlarning 2019-yil uchun ish vaqti me’yorining davomiyligini ko`rib chiqdim. Bundan tashqari xo’jalikdagi turli yo`nalishdagi barcha ishchi hodimlarning 2018-yildagi buyruqga asosan tarif stavkalari bilan ham tanishib chiqdim. Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligidagi barcha ishchi hodimlarning mehnat razryadi hamda tariff koeffirsientlari bo`yicha oylik hisoblash jadvali bilan ham tanishib chiqdim. Eng asosiysi esa O`zbekiston Respublikasida Temir yo`l transportida 2019-yil uchun ishlab chiqilgan soliqqa tortish tartibi jadvali bilan tanishib chiqdim. Ish haqini hisoblashga oid barcha kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqar ekanman, endilikda “лицевой счёт” ochishni ham o`rganib oldim. Ya’ni ishga qabul qilingan shaxsning ma’lumoti, qaysi bo`limda ishlashi nomi hamda raqamlari, kasb yo`nalishi yozilgan bo`lib, qachon ta’tilga chiqishi va qaytishi va boshqalar yozib boriladi. Har oyda hisoblangan oylik koreshogi ham oyma-oy yopishtirib yig`ib boriladi. Mehnat haqi hisoblashda asos bo`luvchi asosiy hujjatlardan biri bua “Tabel”dir. Tabelda barcha ishchi hodimlarning ishlagan vaqti, tungi yoki kunduzgi ish vaqti, qoldirilgan ish vaqti kuni, kasal bo`lgan kunlari hamda dam olgan kuni hisoblab boriladi. Shu to`ldirib borilgan tabel asosida hodimlarga ish haqi hisoblanib boriladi. Ish haqi hisobida “1C dasturi”dan ham foydalaniladi. Unda asosan “1C dasturi”ga nisbatan o`zi hisob-kitob qilgan hujjatlarni faqatgina solishtirib chiqadi holos. Chunki “1C dasturi” ham har oyda unga kiritilgan hodimlar davomati, ta’tili, kasal bo`lgan kunlari, qo`shimcha ishlagan vaqti va hokazolar kiritiladi va avtomatik tarzda oylik maoshini hisoblab beradi.

Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligida



ishchilar soni (2019-yil uchun)
Yuqoridagi diagrammada asosan Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligining 2019-yil choragidagi ishchilarning statistik ko`rsatkichi keltirilgan. Bu ko`rsatkichga binoan ishchilar umumiy soni 460taga teng bo`lib, shulardan erkaklar 440 tani tashkil etsa ayollar esa 20 tani tashkil qiladi. Shundan ko`rinib turibdiki, Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligida 95.65% ishchi hodimlar erkaklar, 4.35% ishchi hodimalar esa ayollardir.
2. “1C” dasturining samaradorligi
Bilasizmi, buhgalteriya hisob-kitobi bilan tanishib chiqayotganimda menga eng yoqqani bu hujjatdagi ma’lumotlarni “1C dasturi”ga kiritishdir. Uni o`zlashtirish boshida ancha mukammal ishga o`xshab tuyulardi, lekin bitta hujjatni kiritishni o`rgangach u men o`ylaganimdan ham oson ekan. Mana buni zamonaviy innovatsiya desa bo`ladi. U nafaqat hujjatlarni elektron ko`rinishga keltiradi, balki u juda ko`p hujjatlarning tez, aniq va behatolik bilan aylanishini ham ta’minlab beradi. “1C dasturi”da ishlar ekanmiz, uning yana eng katta yutug`i shundaki, har oy ohirida hujjatlar yopilayotganda eng muhim ishni bajaradi ya’ni hujjatlardagi aks etgan ma’lumotlarning hech qanday bir kamchiliksiz yopishidadir. “1C dasturi” oy boshidan kiritib kelinayotgan ma’lumotlarni o`zida avtomat hisob-kitoblarni yuritadi va oy ohirida hisobotini beradi. Buhgalterlarning vazifasi esa ularni qo`ldagi hujjatlar bilan solishtirib, hujjatlarni yopishdir.

III. Xulosa va takliflar
Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligida buhgalteriya hisobi yo`nalishida ishlab chiqarish amaliyotimni o`tagan ekanman, menda bir fikr uyg`ondi. Ya’ni taklif desa ham bo`ldi. Demak, taklifim shundan iborat, amaliyotda hujjatlarning aylanishini, qay tarzda to`ldirilishini, “1C dasturi”ga kiritilishini ham o`rgangan ekanman, bir g`oya keldi, qani edi hujjatlarni qo`lda to`ldirish o`rniga kompyuterda to`ldirib, elektronlashtirilsa, barcha ishlarni ancha yengillashtirarmidi degan hulosa paydo bo`ldi. Ya’ni agar hujjatlar kompyuterlashtirilsa, hujjat to`ldirish bilan bog`liq hato-kamchiliklar bo`lmaydi. Bu esa buhgalter hodimlarining barcha hisob-kitob bilan bog`liq qiyinchiliklari yengillashar edi. Bundan tashqari ishlash samaradorligi ham ko`ngilday bo`ladi. Bu ham korxona uchun yuqori ko`rsatkichni ta’minlab beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
Asosiy adabiyotlar ro`yhati:

1. O`zbekiston Respublikasi Buhgalteriya Hisobining Milliy Standartlari (21-son BHMS), Toshkent - ”Norma” - 2012


Qo`shimcha axborot manbalari:

1. ИНСТРУКЦИЯ по организации делопроизводства в «Ўзбекистон темир йўллари»

2. Jizzax ПЧ-5 Yo’l xo’jaligi ning 2019-yil chorak hisoboti
Internet manbalari:

1. www.railway.uz



2. www.kun.uz

1



Download 73.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling