Ishlab chiqarish korxonalari bilan integrasiyani ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularning yechimlari to‘g‘risida”


Download 23.27 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi23.27 Kb.
#1551893
  1   2   3
Bog'liq
Integratsiya (2)


Ishlab chiqarish korxonalari bilan integrasiyani ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularning yechimlari to‘g‘risida”

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI” nomli asarida sifatli ta’lim - inson kapitalini rivojlantirishning xal qiluvchi omili to‘g‘risida gapirib, bunda uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy o‘quv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor berib o‘tgan.


Bizga ma’lumki, taraqqiyot va yuksalishlarni ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integrasiya hamda innovatsion jarayonlarsiz tasavvur etish qiyin. Innovasiya, innovatsion markazlar, innovatsion muhit, uning shakllanishi, rivoji bilan bog‘liq texnologiya hamda qonuniyatlar borasida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor bevosita rivojlangan davlatlar tajribasiga nazar tashlash joizdir.
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida» gi Qonunining asosiy maqsadi «Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish» hisoblanadi
Mamlakatimizning ta’lim tizimi o‘ziga xos bo‘lib, bizda ta’limni tashkil etish bir qator xususiyatlariga ko‘ra boshqa davlatlardan farq qiladi. Shuning uchun, ta’lim sifatini ta’minlash va uni baholashda boshqa davlat amaliyotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Bu holat esa mamlakatimizda ta’lim sifatini ta’minlash va uni baholash tizimiga o‘ziga xos yondoshuv zarurligini talab etadi.
Davlat ta’limni huquqiy, tashkiliy va metodologik ta’minotlari masalalarini takomillashtirish, ta’lim tizimiga innovatsion shakllarni joriy etish hamda ta’lim tashkiliy va sifat jihatlarini xalqaro me’yorlar talablariga moslashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirmoqda.
Davlat ta’lim xizmatlarining natijasidan bevosita va bilvosita manfaatdor taraf sifatida o‘z vazifalarini bajarib kelmoqda. Lekin ta’lim sifati va natijasidan manfaatdor taraflarning boshqa ishtirokchilarining ta’lim sifatini oshirishni ta’minlashdagi ishtiroki yetarli emas. Shuning uchun ta’lim muassasalari reytingini aniqlash bo‘yicha mezonlardan biri sifatida iste’mochilardan o‘tkazilayotgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra ayrim yo‘nalishlar va oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlar sifati pasayishi kuzatilayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.


Download 23.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling