Ishlab chiqarish korxonalari bilan integrasiyani ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularning yechimlari to‘g‘risida”


Mamlakatimizda ta’lim sifati va bozor talablari o‘rtasida yuzaga kelayotgan nomuvofiqliklar sababini quyidagilarda ko‘rish mumkin


Download 23.27 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi23.27 Kb.
#1551893
1   2   3
Bog'liq
Integratsiya (2)

Mamlakatimizda ta’lim sifati va bozor talablari o‘rtasida yuzaga kelayotgan nomuvofiqliklar sababini quyidagilarda ko‘rish mumkin:

- ta’lim xizmatlarini tashkil etishning bozor talablaridan ortda qolishi;


- ta’lim xizmatlari turlarini iste’molchi(korxona va tashkilotlar )bilan o‘zaro bog‘lanmaganligi;
- ta’lim muassasalari va iste’molchilar (korxona va tashkilotlar ) o’rtasidagi korporativ hamkorlik masalalariga yetarli e’tibor berilmasligi;
- ta’lim muassasalarining o‘zaro innovatsion korporativ hamkorligi samaradorligi pastligi va hisobotlar uchun tashkil etilishi.
Bu muammolarni yo‘qotish va ta’lim orqali fanni, fan orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun integrasiyani amalga oshirish zarur.
Har bir ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xosligidan kelib chiqgan holda ishlab chiqarish korxonalarining muammolar bazasi ishlab chiqilishi va bu baza fanlar akademiyasining tegishli muassasalari bilan birgalikda tahlil qilinishi asosida yo‘nalish bo‘yicha maxsus laboratoriya, konstruktorlik byurolari va texnoparklar davlat byudjeti va ishlab chiqarish korxonalari mablag‘lari hisobidan tashkil qilinishi lozim.





Istemolchilar (korxona va tashkilotlar) va institut o’rtasidagi muammolar

Yechimlar

1.

Amaliyot va stajirovkaga yuborilayotgan talabalar uchun korxona tomonidan ma’sulyatdan yani javobgarlikdan qochish.



-Korxona va tashkilotning yuqori turuvchi hodimlarini (Direktor, bosh mehanik, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i ) institutga soatbay asosida dars jarayonlariga jalb qilish;
-Institut tomonidan malakaviy amaliyotga yuborilayotgan talabalarga korxona tomonidan biriktirilgan hodimlariga amaliyot davri uchun muayyan haq to‘lash;

2.

Korxona va tashkilotlar institutga qiziqishlarini oshirish

-Korxona tashkilotlarga institut hudududa o‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun shourmlar ochishga, mehnat yarmarkalari tashkil etishga, turli xil tadbirlar o‘tkazishga ruhsat berish.

3.

Korxonalar uchun instiutni kadrlar tayyorlaydigan bazaga aylantirish

-Korxona tashkilotlar bilan birgalikda institutda ularga mos ravishda labaratoriyalar, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan syexlar tashkil etish va ularga iqtidorli talabalarni jalb qilish (1-kursdan boshlab).

4.

Talabalarni o‘z mutaxasisligiga qiziqtirishga yordam berishlari uchun ota-onalarni jalb qilish

-1-kursga qabul qilingan talabalarni ota onalari bilan suhbatlar olib borib farzandalarining kelakakda o‘rni uchun qaysi sohada faoliyat olib borishini aniqlash va Talabani shu yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli korxonalarga biriktirish, ularning nazoratini birgalikda olib borish.

5.

Korxonalarni ilmiy ishlarga jalb qilish.

-Korxona muammolaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarni ilmiy ishlarini shu muammolarini hal qilishga yo‘naltirish va ularni birgalikda hal qilsh.

6

Ishlab chiqarish sohasidagi yetuk mutaxasislarni institut faoliyatiga jalb qilish

- O‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish;
-Birgalikda ma’ruzalar o‘qish va yakuniy malaka ishlarini yozishni nazorat qilish;
-Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini birgalikda nazorat qilish;
-Korxona ehtiyojlarodan kelib chiqib, kompaniyalari xodimlari uchun qo‘shimcha o‘qitish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash, qisqa muddatli o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish.

Ta’lim va biznes o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holatini tahlil qilar ekanmiz, shuni aytishimiz mumkinki, ta’lim muassasalari va biznes vakillari o‘rtasida hamkorlikning turli shakllari mavjud. Hamkorlik natijasida ushbu jarayon ishtirokchilarining har biri o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘ladi: universitet o‘quv jarayonini diversifikasiya qiladi, talabalar nafaqat nazariy, balki amaliy darajadagi bilimlarga ega bo‘ladilar, ular biznesdan yangi texnologiyalar haqida ma’lumot oladilar. dunyo. Laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari va tayanch bo‘limlarni tashkil etish biznes vakillaridan katta moddiy xarajatlarni talab qiladi va talabalarga muayyan soha bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash, ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatini beradi. Ish beruvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar tomonidan diplom ishlarining bajarilishi korxonalarga nafaqat bilimli kadrlar, balki olim va amaliyot salohiyatini o‘zida mujassam etgan malakali mutaxassisni ham olish imkonini beradi. Korxonalar va universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikning optimal modelini qurish xorijiy printsiplardan farq qiladigan printsiplarga asoslanishi kerak. Gʻarb universitetlarining avtonomiyasi moliyalashtirish va o‘quv dasturlari yo‘nalishi bo‘yicha davlat ta’siriga kamroq bog‘liqlikni ta’minlaydi. Ta’lim xizmatlari bozorida qolish va yaxshi obro‘ga ega bo‘lish uchun Gʻarb universitetlari rahbariyati doimiy ravishda biznes vakillari bilan muloqot olib boradi, ularning ehtiyojlariga javob beradi va talabga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan ta’minlaydi. Ya’ni, ta’lim muassasalari bu borada muvaffaqiyatlarga erishmoqda, abituriyentlar uchun ham, ish beruvchilar uchun ham jozibador bo‘lib bormoqda va bu, o‘z navbatida, moliyaviy barqarorlik garovidir. Shuning uchun ham Gʻarb universitetlari korxonalar bilan samarali hamkorlikning asosiy tashabbuskorlari hisoblanadi.





Download 23.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling