Ishlab chiqarish muhitining ob-havo sharoiti Reja
Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash
Download 128.62 Kb.
|
8. Atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash
Sanoat ishlab chiqarishi zonalaridagi havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishda chang manbalarini va chang hosil bo'lish sabablarini belgilash, ma'lum hajmdagi havoda bo'lgan'changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda gigienik baho berilishi zarur. Buning asosida chang omilining ahamiyati baholanadi, zarur bo'lganda ishchilarning salomatligi haqidagi ma'lumotlar to'planadi va bu dalillar asosida changga qarshi kurash chora-tadbirlari belgilanadi. Sanoat korxonasida mavjud bo'lgan chang omillarini o'rganish, texnologik jarayonni, jihozlarni, xomashyoni, uning tashilishvva ishlanish usullarini, o'rganishdan boshlanadi. Shu bosqichdayoq, odatda, changning kimyoviy tarkibini belgilash mumkim Biroq xomashyoga har xil usullar bilan ishlov berilganda ajralib chiqadigan chang xomashyo changidan farq qilishi mumkin. Bunday holatlarda chang tarkibidagi salomatlik uchun zarari ko’proq chang turlari masalan, kremniy (II) oksidini qo'shimcha aniqlash zarur bo’ladi. Texnologiyani o'rganishda xomashyo mexanik, termik va boshqa ishlov berishning qaysi turiga uchrashini, ishlab chiqarish jarayonlarida aerozollar ajralishi mumkinligi va ularning tarkibi, shuningdek; oxirgi olingan mahsulotning fagregatv holati qandayligi belgilanadi. Maydalash yoki tumansimon aerozollar hosil bo'ladigan maydalash, charxlash, sayqal berish, silliqlash, tashish, sochiladigan materiallarni tortish va joylash, metallarva boshqa detallardan bug Earning uchishi, ularning keyin tumanga aylanishi va chang zarralarining hosil bo'lishiga olib keladigan boshqa ishlar borligini aniqlash zarur. Texnologik jarayonning to'xtalibto'xtalib borishiga va odatda havo muhitining ifloslanish imkoniyati ko’p bo'lgan qo'l ishlarining borligiga alohida e'tibor berish kerak. Bunda yana changning havoda doimo yoki davriy qo'shilishi aniqlanadi vaashunga qarab turli ish joylaridangina emas, balki turli smena davrlarida ham havodan sinama olish planlashtiriladi. Ba'zidalyilning turli yaqtida tahlil qilish zarurati tug'iladi. Havoda chang miqdorining o'zgarish holatini tegishli davrlar muddati xronometrik kuzatishlar yordamida aniqlanadi. Ish zonasidagi havo tarkibidagi chang miqdorim aniqlashda, havo sinamasi taxminan 1,5 m balandlikda (bu nafas olish zonasiga to'g'ri keladi) ish joyiga bevosita yaqin joydan olinadi. Sex bo'ylab changning tarqalishini , baholash uchun neytral nuqtalar deb ataladigan, ya'ni chang hosil bo'ladigan yerdan ma'lum masofada (1-3-5 m va undan ortiq), shuningdek, o'tish yo'llaridagi havo muhitidan sinama olinadi. Ba'zida ishlatilayotgaa tozalovchi qurilmaning yoki ular qayta jihozlangandan keyin samaradorliginir aniqlash uchun havo sinamasi qurilma o'rnatishdan oldin va o'rnatilgandan keyin, ularning ishlamayotgan, va ishlayotgan holatlarida olinadi. Havo sinamasini olish davridagi sharoitlar: ish joyidagi harorat, bajarilayotgan ish turi, havoning changligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan omillar (deraza va eshiklarning ochiq yoki yopiqligi, shamollatishning ishlayotgan yoki ishlamayotganligi va boshqalar): havo sinamasi olish yaqti va muddati, havoning so'rilish tezligi albatta yozib boriladi. Havodagi chang miqdorini aniqlashda ihavoning hajm birligida (1m3) changning. og'irligi milligramlarda belgilanadi va luning dispersligiga har xil kattalikdagi chang zarrachalarining foiz nisbatiga ta'rif beriladi. Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan og'irlik usuli asosida olib boriladi. Bu usul changlangan havoning chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali so'rilishiga asoslangan. Havo sinamasi olinguncha va olingandan keyin filtr og'irligini, shuningdek, so'rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo'Igan chang miqdorini aniqlash mumkin. Filtrlarni tayyorlashda ko'pincha perxlorvinil mato ishlatiladi (AFA filtrlari, FPP matosidan ishlangan filtrlar). Bu matolar havoni katta tezlik bilan o'tkazishga imkon beradi (100 1/min gacha). Bundan tashqari, bu filtrlar kimyoviy zararli va yemiruvchi muhitga chidamli bo'lib, har qanday zarrachalarni yuqori samaradorlikda ushlab qoladi. Tayyorgarlik ishlari laboratoriyada analitik torozilarda flltrlarni tortishdan, filtrlarning nomeri va og'irligini jurnalga yozishdan boshlanadi. Taxmin qilingan analizlar soniga qarab, bir nechta ortig'i bilan tegishli sondagi filtrlar tayyorianadi. Korxonada sinashga havo olishdan oldin filtrlar maxsus chang patronlariga joylanadi, ularga rezina trubkaning bir uchi ulanib, ikkinchi uchi havoni harakatga, keltiradigan va uning hajmini o'lchaydigan asbobga (reometr) ega bo'lgan elektr aspiratoriga ulanadi. Agar tok manbayi bo'lmasa yoki portlash, xavfi bo'lgan joylarda elektr aspiratori o'rniga AERA qo'llaniladi. Elektr aspirator (5-rasm) havoni so'rib chiqaradigan ventilator, elektromotor va to'rtta reometrdan iborat. Reometrlardan ikkitasi 0 dan 20 1/min gacha darajalarga bo'lingan bo’lib, changni aniqlash uchun olinadigan havo sinamalarini olishga mo’jallangan, boshqa ikkitasi 0 dan 1 1/min gacha darajali bo'lib, gazlar va bug’lar miqdorini aniqlash uchun olinadigan havo , sinamalariga mo'ljallangan. Patronlar filtri bilan, rezina trubkalar orqali havo so'ruvchi reometr uchlariga ulanadi. Havo filtrdan o'tish tezligi. Selgilanib, masalan, 15 1/min, aspirator to'xtatiladi, patronlar havo sinamasi olinadigan zonaga joylashtiriladi va sinama olishning boshlanishini sekundomer bilan belgilab, qaytadan aspirator ishga tushiriladi. Havo sinamasini olishda patron gorizontal, holatda namuna olish yeriga o'rnatilgan shtativga bog'lanadi, ba'zida esa patronni nafas olish zonasiga maksimal yaqinlashtirish uchun ishchining yelkasiga bog’lanadi. Sezilarli chang oqimi bo'lgan yerlarga, masalan, patron og'zi charx toshidan otilayotgan oqim qarshisiga o'rnatmaslik kerak, chunki yirik chang zarralarining tasodifan kirishi (odatdagi sharoitda ular havo oqimi bilan tortilmaydi) analiz natijalarini o'zgartirib yuborishi mumkin. Havoning changlanish darajasiga qarab, sinama olish muddati 2—5 minutdan 20—30 min gacha va undan ko’proq bo’lishi mumkin. Sinama olib bo'lingandan keyin aspirator to'xtatiladi va vaqt belgilanadi. Filtr chiqarib olinib laboratoriyaga keltiriladi, qaytadan tortiladi va havo tarkibidagi chang miqdori hisoblanadi. 5-rasm Elektr aspiratori allonji bilan Filtrdan o'tkazilgan havo hajmini me'yoriy sharoitga keltirish uchun quyidagi fbrmuladan foydalaniladi: Vo= VxV/760x273/273+t bu yerda, Vo — me'yoriy sharoitga keltirilgan havo hajmi; V — so'rilgan havo hajmi; V — sinama olish vaqtidagi barometrik bosim; 273— mutlaq hjarorat; t— sinama olish vaqtidagi havoning harorati. Amalda haroratga tuzatish kiritishning o’zi odatda yetarli bo’ladi, chunki bosimga tuzatish kiritish natijaning aniq bo'lishiga juda kam ta'sir ko'rsatadi. Oddiylashtirilgan formula bilan hisob olib boriladi: v0 273Vx273t Havo tarkibidagi chang miqdoii quyidagicha aniqlanadi: G q1 q x1000 V0 bunda, q1— changlangan flltrning og'irligi; q—toza filtrning og'irligi; Vo—filtrdan o'tkazilgan havoning me'yor sharoitga tkeltirilgan hajmi mg larda olinadi. Download 128.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling