Ishlab chiqarish samaradorligi


Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1680359
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ishlab chiqarish samaradorligi lapsov diyor 1-mavzu

Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari 
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot 
nazariyasi fanining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Samaradorlikning 
iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan 
unga qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbat tushuniladi. 
Boshqacha aytganda

samaradorlik “natija” va “xarajat” nisbatini aks ettirishi tufayli, natija/xarajat 
ko‘rinishini oladi. 
Butun milliy iqtisodiyot darajasida uning natijalarining iqtisodiy resurs sarf-
xarajatlariga nisbati ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy 
ko‘rsatkichidir. Samaradorlikning mavjud darajasida jamiyat ehtiyojlari ancha 
to‘liq 
qondirilganda uning
, biror a’zosi iqtisodiy ahvolini yomonlashtirmasdan 
boshqasining ehtiyoj- lari qondirilish darajasini oshirish mumkin emas. Bunday 
holat Pareto – samarasi deb nomlanadi. (Italiyan iqtisodchisi V. Pareto nomi bilan). 
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib 
chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli 
har bir iqtisodiy subyekt foydasini oshirib borishga intiladi. Shuning uchun ham 
ishlab chiqarishning samaradorligi ( ) olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga 
sarflangan 
resurs 
xarajatlariga 
(W) 
nisbati 
bilan 
aniqlanadi

ya’ni: 
Bu yerda, R1 – foyda normasi, W – ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish 


samaradorligi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, qayd qilingan birgina asosiy 
ko‘rsatkichda, uni to‘liq ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi. Shuning 
uchun ishlab chiqarish samaradorligini to‘laroq 
ifodalashda
, unda qatnashgan 
omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar 
tizimidan 
foydalaniladi. 
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. 
Mehnat unumdorligi deb
, ishchi kuchining 
vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan 
mahsulotning /iste’mol qiymatining/ sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan 
belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, 
kishi kuni
, kishi 
soati va h.k. bilan belgilanadi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling