Ishlab chiqarish samaradorligi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana17.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1680359
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ishlab chiqarish samaradorligi lapsov diyor 1-mavzu

Ishchi 
kuchi deb
, insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining 
yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin 
ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. 
Кapital” tushunchasi har xil yondashuvlarda turlicha mazmunga ega. Iqtisodiy resurs sifatidagi 
kapital ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan investitsion vositalardan, 
ya’ni 
barcha turdagi mashinalar
, asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, ombor xo‘jaliklari, saqlash 
va transport vositalari hamda boshqa shu kabilardan iborat bo‘ladi. “Кapital” tushunchasiga 
birinchi yondashuvda uning iqtisodiy resurs sifatidagi moddiy va ashyoviy ko‘rinishini, ikkinchi 


yondashuvda esa uning umumiy ma’nodagi qiymat ko‘rinishi e’tiborga olinadi. Umumiy 
ma’noda kapital tushunchasi o‘z egalariga daromad keltiradigan barcha sohalarda 
ishlatiladigan 
ishlab chiqarish vositalarini
, sotishga tayyor turgan tovarlarni, moliyaviy resurslar 
va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini qamrab oladi. 
Bu yerda umumiy ma’nodagi kapital turli shaklda: pul, ishlab chiqarish vositalari, tovar 
va 
boshqa 
moddiy 
vositalar 
shaklida 
bo‘lishi 
mumkin. 
Кapital omil sifatida inson tomonidan yaratilgan 
ishlab chiqarish vositalar
, ya’ni mehnat 
vositalari va predmetlarini o‘z ichiga oladi. Mehnat vositalari deb, inson uning yordamida 
tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, 
stanoklar

traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat 
predmetlari
 esa bevosita mehnat ta’sir 
qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xomashyo va boshqa turli 
materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi 
davrdagi 
mehnat mahsuloti
, ya’ni xomashyo bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari 
birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining 
tabiatidan 
kelib chiqadi
, shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, 
insoniyat jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling