Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik normalari
Download 426.64 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar
- O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar
- Og‘ir jismoniy ishlar
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik normalari.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi "Ish zonasi mikroiqlimi" (GOST 12,1005-76)ga asosan belgilangan. Ular gigiyenik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan. Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan. Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (1 kategoriya)-o‘tirib, tik turib yoki yurish bilan bog‘liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo‘riqish yoki yuklarni ko‘tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkalni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi. O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar ( II kategoriya)-soatiga 150-250 kkal energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘ir bo‘lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Masalan, yig‘iruv-to‘qish ishlari, mexanik-yig‘uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir. Og‘ir jismoniy ishlar ( III kategoriya)-muntazam jismoniy zo‘riqish xususan og‘ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko‘tarish bilan bog‘liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkaldan yuqori bo‘ladi. Bunday ishlar temirchilik, kuyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi. Ishlab chiqarish xonalari ish xonasidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining risoladagi normalari.
Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo‘l qo‘yiladigan normalari
Download 426.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling