«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
Sokslet apparatida ekstraksiyalab moy olish
Download 0.88 Mb.
|
15-lab
Sokslet apparatida ekstraksiyalab moy olish
30gr maydalangan urug’ patronga joylanib Sokslet apparatida 1 soat davomida dietil efiri bilan ekstraksiya qilinadi. Keyin, olingan efirli ekstraktdan 2 ta kolbaga 25 sm3 dan pipetka bilan olib, solinadi: kolbalardan bittasi titrlashga, ikkinchisi esa 25 sm3 aralashmadagi moyni massa ulushini aniqlash uchun foydalaniladi. 25 sm3 eritmadagi moyning miqdori 0,5gr dan kam bo’lmasligi kerak. Tahlilning davomi Sokslet apparatida urug’lardagi moyni to’liq ekstraksiya usuli bilan aniqlash laboratoriya ishidagidek davom etadi. Laboratoriya gidravlik pressida moyni presslab olish Bu usul zavodga keltirilayotgan urug’dagi moyning kislota soninianiqlash uuchun ishlatiladi. Bu usul juda tezkor bo’lib, urug’ni maydalash, yong’inga xavfli va zararli erituvchilar ishlatilmaydi. 10-rasm. Laboratoriya gidravlik pressining umumiy ko’rinishi. 1 – katta silindr; 2 – porshen plitasi; 3 – yuqorigi plita; 4,8 – tutashtirish trubkalari; 5 - salnik, 6 - manometr; 7 – krestsimon kolonka; 9 - taglik; 10 — dastakni o’qi; 11 - dastak, 12 – nasos porsheni; 13 – kichik silindr. Moyni siqib oluvchi gidravlik press quyidagi asosiy qismlardan iborat(10- rasm). Katta silindr (1), ehtiyot klapanli va monometrli krestsimon kolonka (7) bilan ta’minlangan porshenli kichik silindr (13) va asbob o’rnatilgan taglik(9) dan iborat. Katta silindrda porshen plita (2) bilan harakatlanadi. Porshen silindrning yuqori qismidan zich holatda kiritiladi. Bu yerda charm manjet bo’lib, u silindr devori va porshen orasida jipslikni ta’minlaydi. Silindr devorida jo’mrak bo’lib, u havoni chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Porshen ustida 2 ta po’lat sterjenga yuqorigi plita (3) qotirilgan. Sterjenlarda ko’ndalangiga chizilgan chiziqlar bo’lib, ular porshenni qanchagacha ko’tarilishi mumkinligini ko’rsatib turadi. Krestsimon kolonkaga 15-20 MPa bo’lgan bosimni o’lchash uchun monometr (6) o’rnatilgan. Gidravlik pressni markaziy qismida ehtiyot klapanli trubka mavjud, silindrni orqasida moyni olish uchun jo’mrak joylashgan. Kolonka, katta va kichik silindrlar bilan oxirida salnigi (5) bo’lgan trubkalar (4,8) yordamida tutashtirilgan porshenli kichik silindr moyni bosim bilan berish uchin xizmat qiladi. Nasosning porsheni (12) dastak (11) yordamida harakatga keltiriladi. Kichkina silindrning pastki qismida joylashgan so’ruvchi va damlovchi klapanlarda diametri 8mm bo’lgan po’lat zo’ldirlar bor. So’ruvchi klapanning harakati yuqori tarafdan krestsimon saqlovchi plastinka bilan chegaralangan. Damlovchi klapan esa spiralsimon prujina bilan ta’minlangan bo’lib, porshen to’xtatishi bilan klapan tezlik bilan yopiladi. Klapanlarning bunday tuzilishi nasosning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Nasosga moy, bakning tubigacha tushib turgan vertikal holatdagi so’rish trubkasi orqali keladi. Nasosdan silindrga joy (4, 8) trubkalar orqali boradi, silindrdan bakga esa trubka (4) orqali jo’mrakni ochganda o’tadi. Kichik silindrdagi dastag ko’tarilgan vaqtda kichik silindr ichida bo'shliq (vakuum) hosil bo’ladi va atmosfera bosimi ostida yoki moy bosimi ta’sirida damlovchi klapan pastga siqiladi. Shu vaqtni ichida bakdagi moyga atmosfera bosimi ta’sirida so’ruvchi klapan ko’tariladi va moy kichik silindrga kiradi. Dastak pastga tushirilganda, moy so’ruvchi klapanga bosim bilan ta’sir qilib, yig’uvchi idishga boruvchi trubkani yopadi. Agar kichkina silindr ichidagi bosim katta silindr ichidagi bosimdan yuqori bo’lsa bosim hosil qiluvchi klapan ochilib, moy katta silindr tarafga harakatlanadi va bu esa porshenni yuqoriga ko’tarilishga majburlaydi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling