«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
Download 0.88 Mb.
|
15-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqlashni olib horish.
Graduirovka grafigini chizish. Graduirovka grafigini chizish uchun sifati bo’yicha bir-biridan farq qiladigan 2 tadan kam bo’lmagan namunalar olinadi va urug’dagi moyning kislota soni dietil efiri bilan moyni ajratib olish usuliga asoslangan holatda aniqlanadi.
Kislota soni bilan xarakterlangan urug’ namunalari yuqorida ko’rsatilgandek qilib maydalanadi. Maydalangan urug’dan har biri 2gr dan kamida 4 ta tortma olinadi, o’lchash 0,1 gr aniqlikda olib boriladi. Tortmalarga navbat bilan 25sm3 trietanolamin eritmasidan quyib, 1 minut davomida shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi va aralashmani pHi o’lchanadi. Graduirovka grafigi pHi va lg k.s. koordinatalarida pH ni 4 marta parallel aniqlashni o’rtacha arifmetik qiymatiga asosan chiziladi (hisob pH 8,0 dan boshlanadi). To’g’ri chiziq tekislikka nisbatan ~45° qiyalikda (±2-3) bo’lishi kerak. Uskunani yangi ishga tushirganda yoki shisha elektrodni almashtirganda o’zgarmas graduirovka grafigini hosil qilish uchun, har kuni o’zgarmas graduirovka grafigi hosil bo’lguncha, keyinchalik esa 3 kunda 1 marta chiziladi. Tekshirish har biri уаngi tayyorlangan trietanolamin uchun amalga oshiriladi. Aniqlashni olib horish. Tahlilni olib borish uchun maydalangan urug’dan shisha stakanchaga 0,1gr aniqlikda tarozida torlib 2gr dan namuna olinadi. Har bir namunaga 25sm3 trietanolamin eritmasidan quyiladi. Stakandagi aralashma 1 daqiqa davomida aralashtiriladi, keyin uni pH metr stolchasiga qo’yib, ularga elektrodlar tushiriladi.1 daqiqadan so’ng, aralashmani pH aniqlanadi. pH metrda ishlaganda, uskuna 3 soatdan ko’proq vaqt ishlamay turgan bo'lsa, birinchi o’lchash uchun 4 ta parallel namuna olinadi. Oxirgi natija sifatida keyingi o’lchash olinadi. Har bir o’lchashdan keyin elektrodlar spirtxloroform aralashmasi bilan ho’llangan paxta bilan ehtiyotkorona artiladi. O’lchashlar orasidagi tanaffus vaqtida elektrodlar spirtxloroformli aralashmaga solib qo’yiladi. Urug’dagi moyning kislota soni quyidagicha aniqlanadi: Tekshirilayotgan eritmani aniqlangan pH qiymati bo’yicha graduirovka grafigi yordamida kislota soni logarifmi aniqlanadi, keyin jadval yordamida kislota aniqlanadi. Oxirgi natija sifatida ikkita parallel namunadan olingan natijalarni o’rtachasi qabul qilinadi. Ular orasidagi farq o’rtacha qiymatining 25%dan oshmasligi kerak. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling