«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.88 Mb.
bet20/63
Sana20.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1104737
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
Bog'liq
15-lab

7-LABORATORIYA ISHI
PAXTA CHIGITINI ANALIZ QILISH USULLARI


7.1.1.Namlikning massa ulushini aniqlash
Paxta chigitining namligini aniqlash uchun ikkita usuldan bittasi qo’llaniladi. Quritish shkafida doimiy og’irlikgacha quritish va namlik o’lchagich yordamida aniqlash.
7.1.1.1.Namlikning massa ulushini quritish shkafida
quritib aniqlash
Asboblar:quritish shkafi; 2-sinf laboratoriya tarozisi; eksikator; shliflangan qopqoqli stakanchalar.
Ishning bajarilishi: Berilgan chigitning har joyidan taxminan 10gr dan 4 ta namuna olinadi. Har bir namuna hovonchada maydalanib, oldindan quritib tortilgan stakanga solinadi va 0.0001gr. aniqlikda tarozida tortiladi. Chigitni quritish jarayoni quritish shkafida 100-1050C da 2 soat 30 daqiqa davomida olib boriladi. Shu vaqt o’tgandan keyin stakanlarning bittasi olinib eksikatorga qo’yiladi. Stakan sovugandan so’ng tortilib yana quritish shkafida 30 daqiqa davomida quritlib va sovutilib yana tortiladi. Bu holat doimiy og’irlikkacha takrorlanadi. Shundan keyin quritish shkafidan qolgan 3 ta stakan olinadi va sovutilib tortiladi.
Namlikning massa ulushi X (%da) (1) formula bilan topiladi. 4 ta namunada aniqlangan namliklarni kattasi va kichkinasi orasidagi farq 0.5% dan oshmasligi kerak.
7.1.1.2.Namlikning massa ulushini PVZ-10D (M) namlik
o’lchagichida aniqlash
PVZ-10D (M) asbobi yog’-moy korxonalarida paxta chigitidagi 5-20% intervaldagi namlikning massa ulushini tez tahlil qilish uchun mo’ljallangan. Bu asbob atrof muhit harorati 10÷400C va havo namligi 90% gacha bo’lganda o’lchashlarni olib borishni ta’minlaydi.
Namlik o’lchagichni ishga tushirish va analiz uchun namuna olish, xuddi soya va kungaboqar urug’larida namlikning massa ulushini aniqlagandagidek olib boriladi. Paxta chigiti analizi uchun namuna 80gr olinadi. Tarozida tortish 0,1gr aniqlikda ishlaydigan har qanday tarozida olib borilishi mumkin.
Chigitni o’zgartiruvchi bunkerga joylash faqat platforma yordamida amalga oshriladi. Namunaning har bir bo’lagi (hammasi bo’lib 7÷10) asbobga ilova qilingan zichlash taxtachasi bilan zichlanadi. PVZ-10D (M) asbobida paxta chigiti namligining massa ulushini aniqlash, soya va kungaboqar urug’laridagidek olib boriladi va 2- ilovadagi jadvaldan foydalaniladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling