7.1.1.3. ULTRA X-70 asbobida namlikning massa ulushini aniqlash
Bu asbob paxta chigitidagi namlik diapazoni 0-100% gacha bo’lganda namlikning massa ulushini aniqlashga mo’ljallangan. Uskunani ishga tayyorlash, namuna tayyorlash va o’lchashni olib borish boshqa moyli urug’lar kabi bo’ladi. Qurutish vaqti, harorati ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
7.2.Xom yog’ning massa ulushini aniqlash
Umumiy tushunchalar.Paxta chigitidagi xom yog’ning massa ulushi to’liq ekstrakiyalash usuli bilan aniqlanadi. Erituvchi sifatida qaynash harorati 40-55°C bo’lgan petroley efiri ishlatiladi. Analiz boshlanishidan oldin fosfolipid va gossipolni oqsil moddalar bilan bog’lash uchun chigit qizdiriladi. Aniqlashlar maydalash uslubiga qarab, 2 usulda olib boriladi:
1) metall xovonchada yanchish; 2) laboratoriya maydalagichida yanchish.
Ekstraksiya jarayoni Sokslet va Naab apparatlarida bajariladi. Quyida Naab apparati bilan ishning bajarilishi berilgan.
Asbob, reaktiv va materiallar: Naab apparati; quritish shkafi; 2-sinf laboratoriya tarozisi; suv hammomi; 150-250sm3 li kolbalar; yanchish uskunasi; petroley efiri; gigroskopik paxta; filtr qog’ozi.
Ishning bajarilishi.Urug’larning o’rtacha namunasidan diagonal bo’lish usuli bilan 50gr urug’ massasi mineral va organik aralashmalardan tozalanadi (moyli aralashma namunada qoladi).
Metall hovonchada yanchish uchun mo’ljallangan, aralashmalardan tozalangan chigit namunasidan chinni kosachaga 0,0001gr aniqlikda 10-12gr tarozida tortib olinadi va 100-1050C haroratda l soat mobaynida quritiladi. Quritilgan urug’ metal hovonchada yaxshilab yanchiladi va hosil bo'lgan yanchilma filtr qog’ozidan tayyorlangan patronga joylashtiriladi. Hovoncha va uning dastasida qolgan moy avval quruq, so’ngra petroley efiri bilan ho’llangan gigroskopik paxta bilan yaxshilab artiladi va ikkala paxla bo’lagini patrondagi yanchilma ustiga qo’yib, patron o’rab berkitiladi. Shundan so’ng, patron ekstraksiya apparatiga joylanadi.
Mexanik maydalash uskunasida yanchish uchun ajratib olingan, mineral va organik aralashmalardan tozalangan 50g chigit ham quritish shkafida 100-105°C haroratda 2 soat davomida quritiladi. Chigitni yanchish bir jinsli massa hosil bo’lguncha va sheluxa aralashtirmasdan olib boriladi. Yanchilma shpatel yordamida yaxshilab aralashtiriladi va tortib olingan patronga 5-10gr miqdorda solinadi. Shundan so’ng, patron Naab ekstraksiya apparatining sovutgichini ilgagiga ilinadi. Rasmda Naab apparatlari ko’rsatilgan.
Apparat ikki xil qurilmadan iborat: l-qurilma (a) Zaychenko apparati uslubida ishlaydi, 2-qurilma (b) esa Tvisselman apparati uslubida ishlaydi, lekin Naab apparatlari konstruktiv ko’rinishi jihatidan Zaychenko va Tvisselman apparatlaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |