«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.88 Mb.
bet24/63
Sana20.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1104737
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
15-lab

X4 = X1+X3
bu yerda: X1| -mineral va organik aralashmalarni massa ulushi, %;
X3-puch va kuygan chigitlarni massa ulushi, %.
Umumiy ifloslanishni S (% da) aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.
S = X4+X2/2
bu yerda: X4 - iflos aralashmalarni massa ulushi, %;
X2 - moyli aralashmalarni massa ulushi, %


8.2.Chigitning tukliligini aniqlash
Umumiy tushunchalar. Paxta chigitining tukliligi deb, tola ajratib olingandan so’ng, chigit qobig’ida qolgan kalta tola va tuklarning massasiga nisbatan % hisobidagi miqdoriga aytiladi.
Paxta chigitining tukliligini kimyoviy va mexanik usullar yordamida aniqlash mumkin. Quyida berilgan kimyoviy usul keng tarqalgan.
Kerakli reaktiv va asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; konsentrlangan xlorid kislotasi; sopol idish; quritish shkafi; matodan tikilgan xaltachalar; soat oynasi.
Ishning bajarilishi. Ajratish taxtasiga to’rtburchak shaklida yupqa qatlam holida bir tekis yoyilgan paxta chigitining o’rtacha namunasini har xil joyidan 1,5- l,6gr dan olib, 2 ta 30gr li tortma tayyorlanadi. Ularni 0.1gr aniqlikda tarozida tortib, ostki qismi 5-6 sm, yuqori qismi 7-10 sm va balandligi 8 sm bo’lgan, kuydirilgan va g’ovakli sopol idishga solinadi. Analizni boshlashdan oldin, sopol idishlarga to’ldirib kislota quyib, 15-20 daqiqa davomida singdiriladi. So’ngra, kislota to’kiladi, 5 daqiqadan keyin idishlarga chigit namunasi solinib, soat oynasi bilan yopiladi va 120-1300С gacha qizdirilgan quritish shkafiga qo’yiladi. Quritish shkafida chigitni kislota bug’lari ta’sirida kuyishi sodir bo’ladi.
30 daqiqadan keyin urug’ shkafdan olib sovutiladi va oldindan tortilgan soat oynasiga to’kiladi va tarozida o’lchanadi. Shundan keyin xaltachalarga solinib, 2-3 daqiqa davomida sekin-asta ishqalash bilan kislota ta’sirida parchalangan tola va tuklar chigitdan ajratiladi. So’ngra, urug’ toza qog’oz ustiga to’kilib, mayda sheluxa, tola va tuklar ajratiladi. Tuksizlangan chigit mayda sheluxa bilan birga soat oynasida o’lchanadi. Bu tuksizlangan chigitni tashkil qiladi.

Paxta chigitining tukliligi X (% da) quyidagi formuladan topiladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling