«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
Chigit tarkibidagi yog’ning kislota sonini aniqlash
Download 0.88 Mb.
|
15-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-LABORATORIYA ISHI CHIGITNING IFLOSLIGINI VA TUKLILIGINI ANIQLASH 8.1.Chigitning iflosligini aniqlash Umumiy tushunchalar.
- Asboblar
7.3.Chigit tarkibidagi yog’ning kislota sonini aniqlash
Kimyoviy idish, reaktiv va apparatlar: Sokslet yoki Naab apparati; sig’imi 150-250sm3 li konussimon kolbalar; 25sm3 li pipetkalar; byuretka; 2-sinf laboratoriya tarozisi; eksikator; maydalagich; petroley efiri; etil spirti; 0,1N kaliy gidroksid eritmasi; l% li fenolftaleinning spirtli eritmasi; gigroskopik paxta, filtr qog’ozi. Ishning bajarilishi. Ajratish taxtasi ustiga to’rtburchak shaklida yupqa qatlam holida yoyilgan chigitni o’rtacha namunasini turli joylaridan l,5-2,0gr olib, 10gr namuna ajratib olinadi. Namuna maydalanib, patronga joylanadi va xuddi moyning massa ulushini aniqlagandagidek petroley efiri bilan Naab apparatida 2 soat davomida ekstraksiyalanadi. Hosil bo’lgan misselladan 25ml olinadi, petroley efiri suvli hammomda haydaladi, neytrallangan spirt-efir (1:2) aralashmasidan 50 ml quyilib, 0.1N li KOH eritmasi bilan titrlanadi. Olingan misselladagi moy miqdorini aniqlash uchun bir vaqtning o’zida quritilgan va tarozida tortilgan kolbaga 25 ml missella quyiladi, efir haydaladi va moy 100-105°C haroratda doimiy og’irlikkacha quritiladi. Tarozida tortishlar 0,000lgr aniqlikda olib boriladi. Chigit tarkibidagi yog’ning kislota soni(8)formula yordamida hisoblanadi. Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,25mg KOH dan oshmasligi kerak. 8-LABORATORIYA ISHI CHIGITNING IFLOSLIGINI VA TUKLILIGINI ANIQLASH 8.1.Chigitning iflosligini aniqlash Umumiy tushunchalar. Paxta chigitining iflosligini aniqlash, iflos va moyli aralashmalarni ajratib olish va ular miqdorini (%) larda ifodalash bilan bajariladi. Asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; chinni kosacha; pichoq yoki skalpel; elak; stakanchalar. Ishning bajarilishi. Paxta chigitining iflosligini aniqlash ikki bosqichda olib boriladi: 1) mineral va organik aralashmalarni ajratish, 2) puch, ezilgan va mag’izini rangi o’zgargan, kuygan urug’larni ajratish. Chigitdagi mineral va organik aralashmalar miqdorini aniqlash uchun, diagonal ajratish usuli bilan 500 gr namuna ajratib olinadi. Uni aniqlik darajasi 0,01 bo’lgan texnik tarozida 0,0lgr aniqlikda tortib, teshiklar o’lchami 3x3 mm bo’lgan elakda mayda mineral aralashma va changdan tozalash uchun, bo’laklarga bo’lib elanadi. Elakdan o’tgan mayda momiq chigit massasiga qo’shiladi. Elashdan keyin namuna toza qog’ozga yoki taxtachaga yoyilib pinset bilan yirik organik va mineral aralashmalardan tozalanadi. Ajratib olingan aralashmalar, elash natijasida ajratilgan aralashma bilan qo’shib tortiladi. Mineral va organik aralashmalarni massa ulushi X (%da) (2) formula yordamida aniqlanadi. Elangan chigitdan tanlamasdan urilgan chigit, mag’iz, yarimtaki chigit va mag’izlarni ham qo’shib 100 donadan ikkita namuna ajratib, 0,0lgr aniqlikda tortiladi va har bir namuna alohida analiz qilinadi. Dastlab, mag’izi yarimtadan kichik bo’lgan ezilgan va urilgan chigitlar, butun mag’izlar ajratiladi. So’ngra butun chigitlar pichoq bilan ikki bo’lakka bo’linib, mag’izining rangiga qarab quyidagi beshta guruhdan biriga ajratiladi: 1) mag’izning rangi o’zgarmagan, tekshirilayotgan navga yoki yuqori navga mos chigit; 2) qoraygan mag’izli chigit; 3) ezilgan, urilgan, mag’izi yarimtadan kam bo’lgan chigit,butun mag’iz; 4) puch chigitlar; 5) kuygan, mag’izi qora rangli chigitlar. Moyli aralashma hisoblangan ikkinchi va uchinchi guruh urug’lari qo’shib tarozida tortiladi va moyli aralashmaning massa ulushi X2 (% da) quyidagi formula bilan aniqlanadi. X2 = m2 *(100-X)/m1 bu yerda: m2 - moyli aralashma miqdori, gr; m1 - 100 dona urug’ massasi, gr; X| - mineral va organik aralashmalarning massa ulushi, %. Puch va kuygan chigitlar miqdorini aniqlash uchun to’rtinchi va beshinchi guruhlarni qo’shib tortiladi. Puch va kuygan chigitlarning massa ulushi X3 (%da) quyidagi formula bilan hisoblanadi: X3 = m3 *(100-X1)/ m1, bu yerda: m3 - puch va kuygan chigitlarni miqdori, gr. Mineral va organik aralashmalar hamda puch va kuygan chigitlarning yig’indisi iflos aralashmalarni umumiy miqdori X 4 ni tashkil qiladi va %da quyidagicha topiladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling