ulushini aniqlash
Texnologik jarayondan chiqib ketayotgan qobiqdagi efirda erituvchi moddalarning massa ulushini aniqlash, mag’izni qobiqqa qo’shilib chiqishi va uning moylanish darajasi haqida xulosa qilish imkonini beradi. Bu ko’rsatkichni Sokslet apparatida to’liq ekstraksiyalash, Naab apparatida qisqa muddatli ekstraksiyalash bilan va refraktometrik usul bilan aniqlash mumkin. Kungaboqar pistasi qobig’idagi xom yog’ning massa ulushini qobiqdan ajratib olingan, efirda eruvchi va mumsimon moddalarning massa ulushlari o’rtasidagi farq bo’yicha aniqlash usuli ham ma’lum.
17.2.1.Urug' po’chog’idagi efirda eruvchi moddalarning massa
ulushlarini (paxta chigitidan tashqari) to’liq ekstraksiyalash usuli bilan aniqlash
Apparat, reaktiv va materiallar: 2-sinf laboratoriya tarozisi; quritish shkafi; maydalagich; Sokslet apparati (bundan tashqari Zaychenko yoki Naab apparati ham bo’ladi); suv hammomi; 250 sm3 sig’imli konussimon kolba; dietil efiri; petroley efiri; filtr qog’oz; gigroskopik paxta.
Ishning bajarilishi. Aralashgan chiqindilar bilan birga po’choq olinadi va diagonal bo’lish usuli bilan 20-30gr namuna ajratib olinadi. Kolba quritiladi va
tarozida 0,0001 gr aniqlikda tortiladi.
Ajratib olingan qobiqni hovonchada yoki mexanik maydalagichda, urug’larni ekstraksiyaga tayyorlashdagi kabi maydalanadi.
Bundan so’ng qobiq aralashtiriladi va tortilgan patronga 5-6gr tortma olinadi(tortish o’sha laboratoriya tarozilarida amalga oshiriladi). Parallel ravishda, shu maydalangan qobiqdan 3-5gr. namlikni aniqlash uchun tortma ajratib olinadi.
Patronni Sokslet yoki Zaychenko apparatiga joylashtiriladi. Ekstraksiyani kalsiy xlor bilan quritilgan va 34,5-36°C haroratda haydalgan dietil efiri bilan amalga oshiriladi. Ekstraksiya davomiyligi Sokslet apparatida 1 soatda, 7-8 marta sifonlanganda 5 soat atrofida, Zaychenko apparatida 3 soat atrofida bo’ladi. Bu vaqtning o’tishi bilan moyni to’liq ajralganligi tekshiriladi. Analizni keying yo’nalishi va natijalar hisobi, xuddi urug’lardagi moyni| massa ulushini aniqlashdagidek bo’ladi .
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,15% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |