«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.88 Mb.
bet22/63
Sana20.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1104737
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Bog'liq
15-lab

13-rasm. Naab apparati.
a) 1. Qabul qiluvchi kolba. 2. Sovutgich
b) 1. Qabul qiluvchi kolba. 2. Ekstraktor. 3. Sovutgich.
Apparatning 1-qurilmasi qabul qiluvchi kolba 1 va sovutgich 2 dan iborat. Ekstraksion patron ilgaklarga shunday osiladiki, patronning pastki qismi erituvchiga tegmay turadi.
Apparatning 2-qurilmasi qabul qiluvchi kolba 1, ekstraktor 2 va sovutgich 3 dan iborat. Patron sovutgich ilgagiga ilinadi va apparat rasmda ko’rsatilgandek qilib yig’iladi.
Naab apparatlari bilan ishlaganda analiz qilinayotgan materialdan 1-qurilma uchun 5 gr, 2-qurilma uchun l0gr miqdorda tortma olinadi va Sokslet apparatida ishlagandek, tayyorlangan filtr qog’ozli patronlarga joylanadi.
Kolbaning issiq suvga botish chuqurligi va idishdagi suvni temperaturasini o’zgartirish bilan ekstraksiya tezligini o’zgartirish mumkin.
Tezlik shunday mo’ljal bilan o’zgartiriladiki, unda ekstraksion patronning yuqori qismidagi 5 mm chuqurlik har doim butun material hajmi orqali filtrlanayotgan erituvchi bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak.
Petroley efiri bilan ishlaganda hammomda suvning temperaturasi 80-85°C, etil efirida esa undan past bo’lishi kerak.
Ekstraksiya vaqti material turiga va undagi moy miqdoriga qarab belgilanadi.
To’ldirilgan kolbaga 40-55°C temperatura atrofida haydalgan 60 ml petroley efiri solinadi va patronning yuqori qismidagi chuqurlik patronning butun hajmi bo’yicha filtrlanadigan efir qavati bilan doimo to’lib turgan holida 2 soat davomida ekstraksiya olib boriladi. Ikki soatdan keyin yog’ ajratish to’liqligiga namuna olinadi.
Buning uchun ekstraktor sovitgichdan ajratiladi, erituvchini ekstraktordan kolbaga quyib olinadi: erituvchining so’nggi tomchilari quruq va toza soat oynasiga tomiziladi. Agar erituvchi bug’lanib ketgandan keyin oyna ustida yog’ izlari qolmasa, ekstraksiya tugatiladi. Aks holda moslama qayta yig’ilib ekstraksiya davom ettiriladi.
Ekstraksiya jarayoni tugagach efir haydaladi va yog’li kolba 100-105°C temperaturali quritish shkafiga qo’yiladi va doimiy og’irlikkacha quritiladi. Tarozida birinchi tortish 1,0-1,5 soatdan so’ng, keyingilari esa har 3 qaqiqadan so’ng amalga oshiriladi.
Haqiqiy namlikdagi toza chigitdagi moyning massa ulushi X (%da) (5) formula yordamida aniqlanadi.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,5%dan oshmasligi kerak.
Xom moyning massa ulushini aniqlash bilan bir vaqtda chigitdagi namlik miqdori ham aniqlanadi va olingan natija quruq moddaga nisbatan (6) formula yordamida hisoblanadi.
Zarur bo’lgan holda, xom moyning massa ulushini haqiqiy namlik va ifloslanganlikda X2 aniqlanadi. Hisoblashlar (7) formula yordamida amalga oshiriladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling