«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.88 Mb.
bet11/63
Sana05.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1428689
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Bog'liq
17-lab

3-LABORATORIYA ISHI
URUG’LARNI HAJMIY (UYMA) OG'IRLIGINI ANIQLASH


Umumiy tushunchalar. Hajmiy (uyma) og’irlik deb, ma’lum bir hajmdagi to’кiluvchan material og’irligiga aytiladi.
Asbob: litrli purka.
Ishning bajarilishi. Hajmiy og’irlik litrli purka(4-rasm) yordamida aniqlanadi. Litrli purka o’lchagich (3), to’ldirg’ch (6), voronkali silindr (7), tushuvchi yuk(4), pichoq (5), tarozi (2)dan tashkil topgan. Purka yashik (1) ustiga o’rnatilgan.
Hajmiy og’irlik iflosliklarni ajratmasdan aniqlanadi. Aniqlashdan oldin o’lchagichlar, undagi tushuvchi yuk bilan muvozanat holga keltiriladi. So’ng tushuvchi yuk o’lchagichdan olinib, o’lchagich esa yashik qopqog’ining maxsus qismiga o’rnatiladi va uni ustiga tushuvchi yuk qo’yiladi. Yuqoriga to’ldirgich o’rnatilib uning ustiga voronkali silindr o’rnatiladi.
Urug’lar voronkali silindrga bir tekis to’kiladi. Silindrning yuqori chekkasi bilan urug’lar sathi orasida 1 sm oraliq bo’lishi kerak. So’ng zatvor ochiladi va voronkadagi urug’lar to’kdirgichga to’kiladi. Yuqoridagi bo’shatilgan silindr yechilib, o’lchagichdagi pichoq chiqarib olinadi. Tushayotgan yuk o'zi bilan birga urug’larni o’lchov silindriga olib tushadi. O’lchagich urug’lar bilan to’lishi bilanoq, pichoq teshikka yana tiqiladi, bunda urug’larning bir qismi pichoq ustida qoladi. To’ldirgich yechiladi, pichoqdagi urug’lar olib tashlanadi, so’ng pichoq olinadi. O’lchagichni esa urug’lar bilan birga tortiladi. Urug’ solingan silindrni muvozanatga keltirish uchun ketgan qadoq toshlar og’irligi urug’larning hajmiy og’irligini ko’rsaladi.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 10gr/l dan oshmasligi kerak.





4-Rasm. Urug’lar tabiiy og’irligini aniqlaydigan purka.
1 – voronkali tsilindr; 2 – to’ldirish tsilindri; 3 – tushadigan yuk;
4 – o’lchagich; 5 – tarozi shtativi; 6 – taroz osmasi; 7 – tarozi shayini;
8 –tarozi pallasi; 9 – g’ilof; 10 – purka uyasi; 11 – pichoq

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling